< Return to Video

Kelajak taymlapsi: Vaqtning oxiriga sayohat (4K)

  • 0:00 - 0:05
    Oʻzbekcha subtitrlar: Javohir Xolibekov
  • 0:06 - 0:10
    Har bir narsaning, hatto zulmat va sukunatning
    ham o‘z mo‘jizasi bor...
  • 0:10 - 0:14
    Har bir narsaning, hatto zulmat va sukunatning
    ham o‘z mo‘jizasi bor...
    HELEN KELLER
  • 0:15 - 0:18
    Kelajak qanday bo‘ladi?
  • 0:19 - 0:22
    Koinot qanday yakun topadi?
  • 0:23 - 0:26
    Ehtimol, biz hech qachon aniq bilolmasmiz.
  • 0:26 - 0:30
    Biroq, ilm-fan kelajakda nimalar sodir bo‘lishi mumkinligi
    haqida ajoyib tasavvurga ega bo‘la boshladi.
  • 0:31 - 0:34
    Keling, barchasi yakun topgunga qadar sayohat qilamiz.
  • 0:35 - 0:39
    Biz har 5 soniyada tezligimizni ikki baravar oshirib,
    vaqt bo‘ylab ilgarilab boramiz.
  • 0:39 - 0:45
    Kelajak haqidagi tasavvurlarimiz, shubhasiz yangi dalillar
    topilgani sari rivojlanib boradi. Ammo bir narsa aniq:
  • 0:45 - 0:46
    Koinot endigina boshlandi.
  • 0:47 - 0:49
    [Antropotsen davri]
  • 0:49 - 0:51
    Golosen davri tugadi.
  • 0:52 - 0:54
    Bizning hozir...
  • 0:54 - 0:56
    va yaqin yillarda qiladigan ishlarimiz...
  • 0:56 - 1:02
    kelgusi ming yilliklarga chuqur ta’sir ko‘rsatadi.
  • 1:04 - 1:08
    Zamonaviy insonlar hozirgacha bilgan yagona sharoitlar...
  • 1:09 - 1:10
    oʻzgarmoqda.
  • 1:10 - 1:12
    Juda tez oʻzgarmoqda.
  • 1:13 - 1:18
    Bu sayyorada hech narsa o‘zgarmasdan qolmaydi.
    Hamma narsa oʻzgaradi.
  • 1:18 - 1:24
    Yer ana shunday sakrashlardan birini amalga oshirmoqda
    va bu sakrashlarning narigi tomonida nima kutayotganini
    hech kim bilmaydi.
  • 1:24 - 1:26
    Yer doimo sakrab turadi.
  • 1:27 - 1:33
    [ ]
  • 1:33 - 1:35
    Bu sayyorada hamma narsa harakatda!
  • 1:35 - 1:39
    Hech narsa to‘xtab turmaydi!
  • 1:40 - 1:43
    [ ]
  • 1:43 - 1:47
    [ ]
  • 1:47 - 1:51
    [ ]
  • 1:51 - 1:54
    [ ]
  • 1:54 - 1:57
    [ ]
  • 1:57 - 2:06
    [ ]
  • 2:06 - 2:08
    [ ]
  • 2:08 - 2:14
    [ ]
  • 2:14 - 2:18
    [ ]
  • 2:18 - 2:22
    [ ]
  • 2:22 - 2:30
    [ ]
  • 2:30 - 2:33
    [ ]
  • 2:33 - 2:38
    [ ]
  • 2:38 - 2:42
    [ ]
  • 2:42 - 2:45
    [ ]
  • 2:45 - 2:51
    [ ]
  • 2:51 - 2:58
    [ ]
  • 2:59 - 3:01
    Quyoshning yoqilg‘isi tugay boshlaganda,
  • 3:01 - 3:04
    u shunchaki so‘nib yo‘q bo‘lib ketmaydi.
  • 3:06 - 3:08
    Uning yadrosi qulashi natijasida...
  • 3:08 - 3:13
    hosil bo‘lgan qo‘shimcha issiqlik
    tashqi qatlamlarini kengaytiradi.
  • 3:13 - 3:14
    [ ]
  • 3:14 - 3:17
    [ ]
  • 3:17 - 3:19
    [ ]
  • 3:19 - 3:21
    [ ]
  • 3:21 - 3:22
    [ ]
  • 3:22 - 3:24
    Quyosh endi o‘ldi.
  • 3:25 - 3:30
    Uning qoldiqlari chuqur fazoning muzlash
    haroratida asta-sekin sovib boradi.
  • 3:40 - 3:44
    Quyoshning taqdiri barcha yulduzlarniki bilan bir xil.
  • 3:44 - 3:52
    Bir kun kelib, barcha yulduzlar muqarrar so‘nadi
    va koinot abadiy zulmatga gʻarq boʻladi.
  • 3:54 - 3:58
    Oxir-oqibat barcha yulduzlarning yoqilg‘isi tugaydi.
  • 3:58 - 4:00
    Koinotning harorati pasayadi.
  • 4:01 - 4:06
    Yulduzlar, birin-ketin tungi osmondan gʻoyib boʻladi.
  • 4:08 - 4:10
    Bundan keyin, yangi yulduzlar...
  • 4:10 - 4:11
    paydo boʻlmaydi.
  • 4:13 - 4:17
    Shunday qilib, koinot portlash bilan emas,
  • 4:17 - 4:18
    balki bir sokinlik bilan yakun topadi.
  • 4:21 - 4:23
    Olov bilan emas,
  • 4:24 - 4:25
    balki muz bilan.
  • 4:29 - 4:38
    So‘nggi quyoshning so‘nishi bilan, yulduzlar davri
    ham oʻz nihoyasiga yetadi.
  • 4:40 - 4:48
    Koinot o‘lik yulduzlarning qoldiqlari bilan qoplangan,
    ulkan kosmik qabristonga aylanadi.
  • 4:50 - 4:57
    Quyoshimiz, oq mittiga - issiq, zich va
    kichraygan yulduz qoldig‘iga aylanadi.
  • 5:02 - 5:04
    Yoqilg‘isi tugagan oq mitti,
  • 5:04 - 5:11
    so‘ngan o‘choqdan qolgan oxirgi
    issiqlik tufayli zaif porlaydi.
  • 5:16 - 5:18
    Yerning hozirgi o‘rnidan qaraganda,
  • 5:18 - 5:24
    u faqatgina tiniq kechada to‘lin oy beradigan
    yorug‘lik miqdorinigina chiqaradi.
  • 5:29 - 5:32
    Oq mitti yulduzlarning zaif porlashi...
  • 5:32 - 5:41
    o‘lik yulduzlar va qora tuynuklar bilan to‘la qorong‘i
    va bo‘m-bo‘sh fazoda yagona umid nuri boʻlib qoladi.
  • 5:51 - 5:57
    Qandaydir ma’noda bu arvohlar olamiga o‘xshaydi -
    bizni kelajakda kutib oladigan narsalar o‘lik yulduzlardir.
  • 6:06 - 6:08
    Vaqt o‘tishi bilan gravitatsiya
  • 6:08 - 6:13
    o‘lik yulduzlar va sayyoralarni o‘z galaktikalaridan
    chiqarib, ularni muzlagan bo‘shliqqa uloqtiradi.
  • 6:18 - 6:24
    Tasodifan, ba’zi qo‘ng‘ir mittilar to‘qnashib,
    utilmagan yangi yulduzlarni hosil qiladi.
  • 6:28 - 6:33
    To‘qnashuvchi neytron yulduzlar o‘ta yorqin
    supernova bilan zulmatni yoritib o‘tadi.
  • 6:51 - 6:55
    Omon qolgan har qanday hayot shakllari...
  • 6:55 - 6:58
    qarigan Oq mittilar atrofida panoh topishi mumkin.
  • 7:06 - 7:12
    Ammo vaqt o‘tishi bilan hatto Oq mittilar
    ham so‘nib, yo‘q bo‘lib ketadi.
  • 7:13 - 7:18
    Qora mitti - bu oxirgi Oq mitti yulduzlarning yakuniy taqdiri bo‘ladi.
  • 7:18 - 7:24
    Ular shunchalik sovuq bo‘lib qoladiki,
    deyarli hech qanday issiqlik yoki yorug‘lik chiqarmay qo‘yadi.
  • 7:28 - 7:33
    Qora mittilar degeneratsiyaga uchragan moddadan iborat bo‘lib,
  • 7:34 - 7:37
    qorayib borayotgan va yemirilayotgan sharlarga o‘xshaydi.
  • 7:38 - 7:42
    Yulduzlarning kuli bo‘lgan bu jismlarning tarkibiy
    atomlari shunchalik kuchli siqilganki...
  • 7:42 - 7:46
    Qora mittilar bizning Quyoshimizdan million marta zichroqdir.
  • 7:54 - 7:57
    Yulduzlar bu bosqichga yetib kelishi
    shunchalik uzoq vaqt talab qiladiki,
  • 7:58 - 8:02
    biz hozirda koinotda qora mittilar mavjud
    emas deb hisoblaymiz.
  • 8:11 - 8:13
    Galaktikasidan qochib chiqolmagan har qanday materia,
  • 8:13 - 8:17
    markazdagi o‘ta massiv qora tuynuk tomonidan yutib yuboriladi.
  • 8:17 - 8:20
    [ ]
  • 8:26 - 8:31
    Uzoq vaqt uyquda bo‘lgan qora tuynuklar birdan shon-shuhrat alangasida porlaydi.
  • 8:49 - 8:51
    [ ]
  • 8:52 - 8:59
    Qora tuynuklarning aylanma energiyasi har qanday g‘aroyib kelajak
    tamaddunlari uchun oxirgi ishonchli energiya manbai bo‘lib qoladi.
  • 9:05 - 9:10
    Bizning hayot sur’atimiz hozirda mavjud
    bo‘lgan energiyaga asoslanadi.
  • 9:11 - 9:14
    Siz biznikidan juda farq qilivchi sur’atda rivojlanadigan...
  • 9:14 - 9:20
    va shu sababli tasavvur qilganingizdan ancha uzoqroqqa
    cho‘ziladigan tirik, ongli tizimlarni ko‘z oldingizga
    keltirib ko‘rishingiz mumkin
  • 9:21 - 9:28
    Agar har 10 trillion yilda bir fikr paydo bo‘ladigan tirik tizim
    mavjud bo‘lsa, bu oddiy hol deb qabul qilinishi mumkin.
  • 9:31 - 9:33
    Hatto bizning hayotimiz yoʻqolib ketsa ham,
  • 9:33 - 9:35
    uzoq kelajakda ongli hayotning yana qisqa muddatga...
  • 9:35 - 9:40
    paydo bo‘lishiga imkon beradigan
    o‘zgarish sodir bo‘lishi mumkin.
  • 9:40 - 9:43
    Shunday qilib, vaqt oralig‘ida qandaydir...
  • 9:44 - 9:48
    aql-idrok orollari paydo bo‘lishi mumkin.
  • 9:54 - 9:56
    [ ]
  • 9:56 - 10:04
    Koinotning kengayishi tezlashgani sayin, u materiyani
    yorug‘lik tezligidan ko‘ra tezroq tarqata boshlaydi.
  • 10:05 - 10:13
    Bu vaqtga kelib, galaktikalar va yulduzlar shunday uzoqlashadiki,
    ularning yorug‘ligini endi payqab boʻlmay qoladi.
  • 10:14 - 10:22
    Koinotning sirlari abadiy qulflangan.
  • 10:25 - 10:33
    Hozirgi nazariyalarga ko‘ra, atomlar o‘zi-o‘zidan
    parchalanishni boshlaydi, bu esa koinotda qolgan barcha
    materiani yo‘q boʻlishiga olib keladi.
  • 10:34 - 10:40
    Atom materiyasining asosiy qurilish bloklaridan
    biri bo‘lgan, bizni tashkil etuvchi proton...
  • 10:40 - 10:42
    o‘z-o‘zidan parchalanib ketishi mumkin.
  • 10:44 - 10:47
    Qora tuynukning tortishish kuchidan qochib
    qutula olgan har qanday materia,
  • 10:47 - 10:52
    oxir-oqibat, uning protonlari parchalanishi
    bilan yo‘q bo‘lib ketadi.
  • 10:58 - 11:02
    Proton parchalanishi hali isbotlanmagan bo‘lib,
  • 11:02 - 11:07
    yangi kashfiyotlar tufayli kelajak haqidagi bu bob
    butunlay boshqacha ko‘rinish olishi mumkin.
  • 11:18 - 11:20
    Koinotdagi eng so‘nggi materia - qora mittilar...
  • 11:20 - 11:26
    vaqt o‘tishi bilan bug‘lanib,
  • 11:26 - 11:34
    radiatsiya ko‘rinishida bo‘shliqqa tarqalib ketadi
    va ortida mutlaqo hech narsa qoldirmaydi.
  • 11:35 - 11:38
    [Qora tuynuk davri]
  • 11:42 - 11:44
    Qora mittilar yo‘q boʻlib ketgach...
  • 11:44 - 11:48
    materianing bironta atomi ham qolmaydi.
  • 11:52 - 11:55
    Bir zamonlar boy bo‘lgan koinotimizdan...
  • 11:55 - 11:59
    faqat yorug‘lik zarralari va qora tuynuklar qoladi.
  • 12:07 - 12:10
    Qora tuynuk davri boshlandi.
  • 12:12 - 12:18
    Na sayyoralar, na yulduzlar, na hayot davom
    etishi uchun yulduz qoldiqlari bor.
  • 12:20 - 12:27
    Shunga qaramay, hozir ham vaqt juda tez o‘tmoqda.
  • 12:28 - 12:32
    Inson umri miqyosida qaraganda, koinot go‘yo
    endigina ona qornidan chiqqan chaqaloqdek.
  • 12:36 - 12:43
    Sovuq, qorong‘i va bo‘m-bo‘sh - koinot umrining
    koʻp qismini ana shunday holatda o‘tkazadi.
  • 12:47 - 12:52
    Koinotimiz hayotga porlab turish uchun
    faqat qisqa bir lahza beradi -
  • 12:52 - 12:57
    bu olovli tug‘ilishi va muzli o‘limidan xavfsiz
    bo‘lgan, vaqt oraligʻidagi boshpanadir.
  • 12:57 - 13:04
    Vaqt o‘qi koinotning o‘smirlik davrida hayot uchun
    imkon yaratadigan yorqin "darchani"ni hosil qiladi.
  • 13:08 - 13:11
    Ammo bu "imkoniyat darchasi" uzoq vaqt ochiq turmaydi.
  • 13:15 - 13:17
    Koinotning umri nuqtai nazaridan,
  • 13:17 - 13:24
    uning boshlanishidan so‘nggi qora tuynukning
    bug‘lanishigacha o‘lchanganda,
  • 13:24 - 13:27
    biz bilgan hayot atiga...
  • 13:27 - 13:29
    0.000
  • 13:29 - 13:30
    0.000000000000
  • 13:30 - 13:30
    0.000000000000000000000
  • 13:30 - 13:31
    0.000000000000000000000000000000
  • 13:31 - 13:31
    0.000000000000000000000000000000000000000
  • 13:31 - 13:32
    0.000000000000000000000000000000000000000000000000
  • 13:32 - 13:32
    0.000000000000000000000000000000000000000000000000000000000
  • 13:32 - 13:33
    0.000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000
  • 13:33 - 13:34
    0.00000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000
  • 13:34 - 13:35
    0.00000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000
  • 13:35 - 13:38
    0.00000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000000001 fozilik davrdagina mavjud bo‘lishi mumkin.
  • 13:45 - 13:48
    Qora tuynuklar koinotning asosiy tarkibiy qismiga aylanadi.
  • 13:53 - 13:58
    Galaktika markazida supermassiv qora tuynuk bo‘lib,
    uning atrofida kichikroq qora tuynuklar aylanadi.
  • 14:02 - 14:07
    Qora tuynuklar bilan to‘lib-toshgan zombi
    galaktikalar rivojlanishda davom etadi.
  • 14:10 - 14:12
    Ular bir-birini yutib, kattalashib borishadi...
  • 14:12 - 14:15
    ehtimol ular ham suppermassiv qora tuynuklarga
    tushib yanada kattalashishi mumkin.
  • 14:15 - 14:18
    Koinot hamon hayajonli va o‘zgaruvchan joy bo‘lib qolaveradi.
  • 14:18 - 14:20
    Faqat biz endi ming yoki million yillar haqida emas,
  • 14:20 - 14:25
    balki trillion yillar haqida gapirmoqdamiz.
  • 14:30 - 14:32
    Ushbu uzoq davrlarda...
  • 14:32 - 14:36
    qora tuynuklarning birlashuvi asosiy voqeaga aylanadi.
  • 14:38 - 14:46
    Ba’zilari ulkan o‘lchamlarga yetib,
    ehtimol quyoshimiz massasidan trillion marta ko‘proq
    bo‘lgan massaga ega bo‘ladi.
  • 14:49 - 14:56
    Ular birlashganda, butun koinot bo‘ylab kuchli tortishish
    to‘lqinlari tarqalib, aks sado beradi.
  • 14:56 - 15:01
    Qora tuynuklar xuddi barabanni bolg‘a bilan urganday,
    fazo-vaqtni tebratishi mumkin.
  • 15:09 - 15:12
    Ular juda o‘ziga xos qo‘shiqqa ega.
  • 15:18 - 15:21
    Birgalikda uzoq umr kechirgan ikkita
    qora tuynukni tasavvur qiling.
  • 15:22 - 15:25
    Umrlarining oxirida ular bir-birining atrofida aylanib,
  • 15:25 - 15:29
    soniyaning bir qismida minglab kilometr
    masofani bosib o‘tishadi.
  • 15:32 - 15:37
    Shunday qilib, ular o‘z ortlarida fazoning jarangini,
  • 15:37 - 15:39
    ya’ni fazo-vaqtdagi haqiqiy to‘lqinni qoldirib ketadilar.
  • 15:53 - 15:59
    Bu qora tuynuklar koinotga zarba berganida,
    fazo siqiladi va cho‘ziladi.
  • 16:03 - 16:08
    Bu gravitatsion to‘lqinlar bo‘lib, aslida
    koinotning "jaranglash tovushlaridir".
  • 16:08 - 16:16
    Ular qora tuynuklardan yorug‘lik tezligida tarqalib,
    so‘nib boradi va bitta sokin qora tuynukka birlashadi.
  • 16:21 - 16:23
    Agar siz yetarlicha yaqin turganingizda edi...
  • 16:23 - 16:28
    qulog‘ingiz fazoning siqilishi va kengayishiga mos tebranardi,
  • 16:28 - 16:30
    siz haqiqatan ham bu tovushni eshitgan bo‘lardingiz.
  • 16:39 - 16:43
    Yengil qora tuynukning juda og‘ir qora tuynuk
    tomon tushishini tasavvur qiling.
  • 16:43 - 16:45
    Siz eshitayotgan tovush...
  • 16:45 - 16:50
    har safar yaqinlashganda yengil qora tuynukning
    fazoga urilishidan hosil bo‘ladi.
  • 16:58 - 17:02
    U tushgan sari tezlashib, ovozi ham balandlashib boradi.
  • 17:23 - 17:26
    Olimlar ilgari qora tuynuklarni abadiy deb hisoblardilar,
  • 17:26 - 17:28
    ammo ular ham bir kun yo‘q bo‘lib ketadi.
  • 17:29 - 17:33
    Endi biz tasavvur qilib bo‘lmaydigan
    darajada uzoq kelajak haqida...
  • 17:33 - 17:35
    kvadrilion yillar davomidagi vaqt mashtablarini gaplashyapmiz.
  • 17:36 - 17:41
    Bu vaqt miqyosida hatto qora tuynuklar
    ham bug‘lanishni boshlaydi.
  • 17:43 - 17:46
    [Hoking radiatsiyasi]
  • 17:52 - 17:55
    Kvant mexanikasiga ko‘ra,
  • 17:55 - 17:59
    fazo doimo juft-juft bo‘lib paydo bo‘ladigan, bir-biridan ajraladigan,
  • 17:59 - 18:04
    qayta birlashadigan va o‘zaro yo‘q boʻladigan...
  • 18:04 - 18:08
    virtual zarralar va antizarrachalar bilan to‘lgan.
  • 18:13 - 18:16
    Qora tuynuk mavjud bo‘lganda,
  • 18:16 - 18:21
    virtual zarrachalar juftligining bir
    a’zosi tuynukka tushishi mumkin,
  • 18:21 - 18:26
    natijada boshqa a’zo yo‘q bo‘lib
    ketish uchun sherigisiz qoladi.
  • 18:27 - 18:29
    Qolgan zarracha...
  • 18:29 - 18:33
    qora tuynukdan tarqalayotgan radiatsiyaga oʻxshaydi.
  • 18:37 - 18:38
    Shunday qilib,
  • 18:39 - 18:41
    qora tuynuklar abadiy emas.
  • 18:43 - 18:47
    Ular tobora tezlashayotgan sur’atda bug‘lanib,
  • 18:47 - 18:51
    oxir-oqibat ulkan portlash bilan yo‘q bo‘lib ketadi.
  • 18:58 - 18:59
    Kvant mexanikasi...
  • 18:59 - 19:05
    zarrachalar va nurlanishga eng so‘nggi qamoqxona...
  • 19:05 - 19:07
    Qora tuynukdan qochib
    chiqish imkonini beradigan
  • 19:07 - 19:13
    Qora tuynuklar bug‘lanib yo‘qola boshlaydi, bu jarayon
    koinotdagi so‘nggi yirik tuzilmalarni oʻchirib tashlaydi.
  • 19:14 - 19:19
    Ular o‘layotganda qorong‘ilikni birin-ketin yoritishadi.
  • 20:00 - 20:03
    Qora tuynuklar asta-sekin yo‘q
    bo‘lib borayotgan bir paytda,
  • 20:03 - 20:10
    koinot biz hali tushunib yetmagan sirli kuch
    ta’sirida kengayishda davom etadi.
  • 20:12 - 20:18
    Bu inson bilimining chegarasi - kashfiyot va yangiliklar
    uchun boy imkoniyatlarga to‘la bo‘lgan sarhaddir.
  • 20:18 - 20:20
    Faylasuflar va shoirlar...
  • 20:20 - 20:23
    Dunyo olov bilan tugarmikin yoki muz bilan?"
    degan savolni o‘rtaga tashlaganlar.
  • 20:23 - 20:26
    Endi biz javob bera olamiz.
  • 20:28 - 20:32
    So‘nggi dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki,
  • 20:32 - 20:35
    sekinlashish o‘rniga, aksincha nazoratdan
    chiqib, tezlashib bormoqda.
  • 20:35 - 20:39
    Bizning fikrimizcha,
  • 20:39 - 20:42
    Koinot bundan trillionlab-trillionlab yillar keyin
    muz bilan yoʻq boʻlib ketadi.
  • 20:45 - 20:48
    Bo‘sh fazoning o‘zida ham energiyaga mavjud.
  • 20:48 - 20:50
    Fazoning har bir cm³ da...
  • 20:50 - 20:54
    yerda biror narsa bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zarralar,
    modda, nurlanish mavjudligidan qat’i nazar,
  • 20:54 - 20:57
    hatto bo‘shliqning o‘zida ham energiya mavjud.
  • 21:01 - 21:05
    Eynshteynning ta’kidlashicha, bu
    energiya koinotga turtki beradi.
  • 21:07 - 21:10
    Koinotni tezlashtiruvchi g‘alati narsa nima o‘zi?
  • 21:11 - 21:13
    Biz uni "Qorong‘u energiya" deb ataymiz.
  • 21:15 - 21:18
    Bu narsa koinotning asosiy qismidir.
  • 21:18 - 21:24
    Koinotning materiya-energiya tarkibining deyarli to‘rtdan uch qismi shu qorong‘u energiyadan iborat,
  • 21:24 - 21:26
    ammo biz uning nima ekanligini bilmaymiz.
  • 21:30 - 21:32
    Koinot kengayishi davomida,
  • 21:32 - 21:36
    qora energiya moddadan yoki radiatsiyadam
    farqli ravishda siyraklashmaydi.
  • 21:37 - 21:42
    Buni koinotning kelajakdagi taqdiri uchun
    hal qiluvchi ahamiyati bor.
  • 21:44 - 21:46
    Xo‘sh, koinotning kelajagi qanday bo‘ladi?
  • 21:48 - 21:51
    Agar qorong‘u energiya hukmron kuch bo‘lib qolsa,
  • 21:52 - 21:55
    Borliq abadiy kengayishda damov etadi.
  • 22:00 - 22:04
    Tezroq va tezroq va tezroq vaqt oʻtgani sari...
  • 22:04 - 22:06
    koinot ham kengayib boraveradi.
  • 22:08 - 22:11
    Koinot energiyasining 70 foizi...
  • 22:11 - 22:13
    bo‘sh fazoda joylashgan,
  • 22:13 - 22:16
    biz buning sababini tushunmayabmiz.
  • 22:18 - 22:20
    Lekin biz nima bo‘lishini bilamiz.
  • 22:21 - 22:24
    Agar bu energiya saqlanib qolsa...
  • 22:24 - 22:27
    Borliq sovuq, qorong‘i va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi.
  • 22:30 - 22:32
    Kelajak shunday bo‘lishi mumkin.
  • 22:33 - 22:37
    Qorong‘u energiyaning mohiyatini hali tushunmaganimiz
    sababli, buni aniq bilmaymiz.
  • 22:37 - 22:40
    Biz buni bilmagunimizcha, kelajakni bila olmaymiz,
  • 22:40 - 22:42
    hatto o‘z kelib chiqishimizni ham tushunmaymiz.
  • 22:42 - 22:45
    Shuning uchun ham biz bu mavzuni o‘rganishni va
    uning mohiyatini anglashni istaymiz.
  • 22:47 - 22:49
    Qorong‘u energiyaning haqiqiy tabiatini aniqlash...
  • 22:49 - 22:54
    kelajak haqidagi tasavvurimizni tubdan
    o‘zgartirib yuborishi mumkin.
  • 22:56 - 22:59
    Agar u vaqt oʻtishi bilan sekin-asta kuchsizlansa,
  • 22:59 - 23:03
    koinot tortishish kuchi taʼsirida siqila boshlashi mumkin - 'big crunch'
  • 23:04 - 23:10
    Aksincha, agar u kuchaysa, koinotni chok-chokidan yirtib yuborishi mumkin - 'big rip'
  • 23:12 - 23:17
    Fiziklar bizning koinotimizdan tashqarida, har biri
    o‘ziga xos fizika qonunlariga ega bo‘lgan koʻplab...
  • 23:17 - 23:22
    boshqa koinotlar mavjud bo‘lishi mumkinligini
    tobora ko‘proq gumon qilmoqdalar.
  • 23:25 - 23:33
    Ba’zilari hayot uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin.
    Bazilari esa o‘z-o‘zidan qulab tushishi yoki parchalanib ketishi mumkin.
  • 23:35 - 23:42
    Boshqalari esa biz tasavvur qilganimizdan
    ham gʻaroyibroq bo‘lishi mumkin.
  • 23:46 - 23:53
    Bu jumboqning yangi qismlari qayerdadir topilishini kutib turibdi.
  • 23:53 - 23:58
    Koinot tobora sovuqroq va tobora bo‘shroq
    bo‘lib borishi bashorat qilinayotganga o‘xshaydi.
  • 24:03 - 24:05
    Albatta, biz o‘zimizga shunday savol berishimiz lozim:
  • 24:05 - 24:08
    Bu yakun yangi bir boshlanishga yo‘l ochmasmikin?
  • 24:11 - 24:15
    Shunday g‘oyalar mavjudki, ularning nazarida
    bizning koinotimizning tugashi,
  • 24:15 - 24:17
    qaysidir ma’noda yangi bir koinotning
    boshlanishiga olib kelishi mumkin.
  • 24:23 - 24:25
    Ba’zilar entropiya hamma narsani yo‘q qilishidan oldin...
  • 24:25 - 24:30
    koinotdan qochishning bir usuli bo‘lishi
    mumkin, deb taxmin qilishadi.
  • 24:32 - 24:35
    Biz simulyatsiya qilingan virtual olamlarni...
  • 24:35 - 24:39
    yoki yetarli energiya mavjud bo‘lsa, o‘zimiznikiga
    o‘xshash boshqa olamni yaratishimiz mumkin.
  • 24:43 - 24:46
    Biz matematik hisob-kitoblarni va tenglamalarni oʻrganib chiqdik.
  • 24:46 - 24:51
    Ular shuni ko‘rsatdiki, agar sizda bir nuqtada juda katta miqdordagi energiyani to‘play oladigan...
  • 24:51 - 24:53
    oladigan atom parchalagich bo‘lsa,
  • 24:53 - 24:56
    ehtimol, siz - chaqaloq koinotga o‘tish yoʻlagini...
  • 24:56 - 24:57
    ochishingiz mumkin.
  • 25:03 - 25:06
    Barcha mavjud narsalarning o‘limi bilan yuzlashganda,
  • 25:06 - 25:11
    ehtimol, bu ularning yagona qutulish imkoniyatidir.
  • 25:12 - 25:15
    Bu, shuningdek, juda qiziqarli bir imkoniyatni,
  • 25:15 - 25:17
    albatta sof taxmin bo‘lsa-da, keltirib chiqaradi:
  • 25:17 - 25:21
    ehtimol, aqlli hayot mavjud bo‘lgan har qanday
    koinot yangi koinotlarni yaratadi,
  • 25:21 - 25:25
    "Najot kemalari"ni bunyod etadi...
  • 25:25 - 25:26
    va bola-koinotlarning ko‘payishiga olib keladi.
  • 25:30 - 25:35
    Shunday qilib, multiolam ichida koinotlar orasida
    evolyutsiya sodir bo‘lishi mumkin.
  • 25:35 - 25:37
    Bunda eng moslashganlarning omon qolishi ehtimoldan yiroq emas.
  • 25:39 - 25:44
    Shu sababli, ongli hayot mavjud bo‘lmagan koinotlar
    "bepusht" hisoblanadi, ya’ni ularning avlodlari yo‘q.
  • 25:44 - 25:48
    Ammo mo‘tadil haroratga va biznikiga o‘xshash
    yulduzlarga ega bo‘lgan koinotlar...
  • 25:48 - 25:53
    sivilizatsiyalarni yaratishi mumkin. Bu sivilizatsiyalar
    esa yangi kichik koinotlarni ochib, ularning ko‘payishiga
    sabab bo‘lishi mumkin.
  • 25:59 - 26:02
    Agar koinotdan qochishning iloji bo‘lmasa,
  • 26:02 - 26:04
    entropiya davom etib,
  • 26:04 - 26:07
    oxirgi qolgan o‘ta ulkan qora tuynuklarni
    ham yo‘q qilib yuboradi.
  • 26:09 - 26:17
    Oxirgisi portlab sonayotganda, u koinotni
    so‘nggi bor o‘z nuri bilan yoritadi
  • 27:25 - 27:28
    Tasavvur qilib bo‘lmaydigan uzoq vaqt o‘tgach,
  • 27:28 - 27:31
    hatto qora tuynuklar ham bug‘lanib ketadi...
  • 27:31 - 27:36
    va koinot faqat fotonlar dengiziga aylanadi.
  • 27:36 - 27:42
    Bu fotonlar koinotning kengayishi tufayli asta-sekin sovib,
  • 27:42 - 27:44
    harorati mutlaq nolga tenglashadi.
  • 27:57 - 28:03
    Eng so‘nggi yulduzlarning oxirgi zarrachalari
    ham butunlay yo‘q bo‘lib ketgach...
  • 28:04 - 28:07
    va barcha narsalar bir xil haroratga erishgach,
  • 28:07 - 28:09
    koinot hikoyasi...
  • 28:09 - 28:12
    nihoyat tugaydi.
  • 28:12 - 28:15
    VAQT MA’NOSIZ BO‘LIB QOLADI
  • 28:15 - 28:17
    Koinot o‘z hayotida ilk bor...
  • 28:17 - 28:21
    doimiy va o‘zgarmas bo‘ladi.
  • 28:21 - 28:24
    Entropiya nihoyat o‘sishdan to‘xtaydi,
  • 28:24 - 28:28
    chunki olam endi bundan ortiq tartibsizlana olmaydi.
  • 28:29 - 28:30
    Hech narsa sodir bo‘lmaydi...
  • 28:30 - 28:34
    va bu abadiy davom etadi.
  • 28:37 - 28:42
    Har bir narsaning, hatto zulmat va
    sukunatning ham o‘z mo‘jizasi bor...
  • 28:42 - 28:46
    va men qanday holatda bo‘lishimdan qatʼiy nazar,
    undan qanoatlanishni o‘rganaman.
    HELEN KELLER
  • 28:48 - 28:53
    Melodysheep tomonidan yaratilgan
    Oʻzbekcha subtitrlar:@javohirart
  • 28:53 - 29:00
    Oʻzbekcha subtitrlar: @javohirart
Title:
Kelajak taymlapsi: Vaqtning oxiriga sayohat (4K)
Description:

more » « less
Video Language:
English
Duration:
29:21

Uzbek subtitles

Revisions Compare revisions