Prokrastinatsiya ustasining ongida | Tim Urban
-
0:13 - 0:14Universitetda men
-
0:15 - 0:17davlat boshqaruvini o'rgandim.
-
0:17 - 0:19Shuning uchun menga ko'p yozma ishlar berishardi.
-
0:19 - 0:21Oddiy talabalar buni bajarishda
-
0:21 - 0:24ishni quyidagidek taqsimlashadi.
-
0:24 - 0:25Demak, tushundingiz...
-
0:25 - 0:27Oz-ozdan boshlaysiz,
-
0:27 - 0:29Birinchi hafta
-
0:29 - 0:31xuddi shunday hajmda yozasiz.
-
0:31 - 0:32Keyin ishni yanada tezlashtirib,
-
0:32 - 0:35so'ngida o'z vaqtida topshirish uchun.
-
0:35 - 0:36(Kulgu)
-
0:36 - 0:38Men ham doim shunday qilishni xohlaganman.
-
0:38 - 0:39Shunday rejalashtirganman.
-
0:39 - 0:42Shunday ham bo'lganki, men deyarli ishni boshlardimu
-
0:42 - 0:44keyin hammasi birdan o'z-o'zidan buzilib ketardi.
-
0:44 - 0:46Keyin mana bunday holat yuzaga kelardi.
-
0:46 - 0:49(Kulgu)
-
0:49 - 0:51Doim shunaqa bo'laverardi.
-
0:52 - 0:56Keyin esa 90 betlik diplom ishini yozish vaqti keldi.
-
0:56 - 0:58g'oyasi bo'yicha unga bir yil ajratilardi.
-
0:58 - 1:01Biroq diplom ishi uchun bu yondashuvim ish bermaydi deya fikrlay boshladim.
-
1:01 - 1:03Bu juda katta proyekt.
-
1:03 - 1:04Hammasini rejalashtirib,
-
1:04 - 1:07quyidagicha ish tutishga qaror qildim.
-
1:08 - 1:09Bu mening bir yillik rejam.
-
1:09 - 1:11Behazil, boshlayman, dedim o'zimga.
-
1:11 - 1:14O'rtasiga yaqin tempni oshiraman,
-
1:14 - 1:16oxirroqda esa yanada tezlashaman.
-
1:16 - 1:18Shunday zinapoya kelib chiqdi.
-
1:18 - 1:20Zinama-zina ko'tarilish - oddiy!
-
1:20 - 1:22Juda oson, to'g'rimi?
-
1:23 - 1:25Lekin keyin qiziq narsa yuz berdi.
-
1:25 - 1:26Dastlabki oylar
-
1:27 - 1:28kelishdi va ketishdi,
-
1:28 - 1:30men xatto boshlaganim ham yo'q.
-
1:30 - 1:31Shuning uchun yangi reja paydo bo'ldi.
-
1:31 - 1:33Aniqroq.
-
1:33 - 1:34Keyin esa...
-
1:34 - 1:36(Kulgu)
-
1:36 - 1:39Ketidan o'rtadagi oylar ham o'tib ketdi.
-
1:39 - 1:41Men esa yozishni boshlamadim ham.
-
1:41 - 1:43Shunday jarayon...
-
1:44 - 1:46Keyin esa ikki oy bir oyga aylandi,
-
1:46 - 1:48keyin ikki haftaga.
-
1:48 - 1:49Bir kuni uyg'onsam,
-
1:50 - 1:52topshirish kunigacha uch kun qolgan.
-
1:54 - 1:55Menda birorta so'z ham yozilmagan.
-
1:55 - 1:58Shuning uchun men yagona yo'lni tanladim:
-
1:58 - 2:0090 ta betni 72 soatda yozdim.
-
2:00 - 2:02Bittamas, ikkita to'liq tunni uyqusiz o'tkazib.
-
2:02 - 2:05Inson uchun ikkita ketma-ket uyqusiz tun juda zarar.
-
2:06 - 2:08Butun kampus bo'ylab yugurib bordim,
-
2:08 - 2:10sekinlashtirilgan kadrdagidek.
-
2:10 - 2:12Oxirgi soniyalarda topshirishga ulgurdim.
-
2:12 - 2:14Endi hammasini qutuldim deb o'ylagan edim.
-
2:14 - 2:16Lekin bir hafta o'tib qo'ng'iroq chalindi,
-
2:16 - 2:17universitetdan qo'ng'iroq qilishdi.
-
2:18 - 2:19So'rashdi: "Tim Urban?"
-
2:19 - 2:21Javob berdim: "Xa".
-
2:21 - 2:23Ular: "Siz bilan diplom ishingizni muhokama qilishimiz kerak".
-
2:23 - 2:25"Yaxshi", - dedim.
-
2:25 - 2:27Ular davom etishdi:
-
2:27 - 2:29"Bu xotiramizdagi eng zo'r diplom ishi".
-
2:29 - 2:31(Kulgu)
-
2:32 - 2:35(Qarsaklar)
-
2:37 - 2:38Afsuski, unaqa bo'lmadi.
-
2:38 - 2:40(Kulgu)
-
2:40 - 2:43Diplom ishi juda-juda yomon edi.
-
2:43 - 2:45(Kulgu)
-
2:45 - 2:49Men faqat bu lahzadan rohatlangim keldi, men haqda
-
2:50 - 2:51"Barakalla, qoyil! Yashavor!" deganlaringizda.
-
2:51 - 2:53(Kulgu)
-
2:53 - 2:54Yo'q, diplom ishi foydasiz edi.
-
2:55 - 2:59Mana, hozir esa men yozuvchi va blogerman.
-
2:59 - 3:01Mening blogim Wait But Why deb nomlanadi.
-
3:01 - 3:04Ikki yil oldin men prokrastinatsiya haqida yozishga qaror qildim.
-
3:04 - 3:08Mening harakatlarim atrofimdagi prokrastinator bo'lmaganlarni doim o'ylantirardi.
-
3:08 - 3:11Va men butun dunyoga shu narsani sibotlagim keldiki,
-
3:11 - 3:13prokrastinatorlarning miyasida nimalar kechadi,
-
3:13 - 3:15nega biz bunaqamiz.
-
3:15 - 3:16Menda shunday teoriya bor edi,
-
3:16 - 3:18prokrastinatorning miyasi aslida
-
3:18 - 3:21boshqalarnikiga qaraganda farq qiladi deb o'ylardim.
-
3:22 - 3:24Buni tekshirish uchun men MRTga bordim.
-
3:24 - 3:26U yerda meni va sinalgan, prokrastinator bo'lmagan
-
3:26 - 3:29insonni miyasini skanerlashdi.
-
3:29 - 3:30Taqqoslash uchun.
-
3:31 - 3:33Men sizlarga ko'rsatish uchun natijalarni olib keldim.
-
3:33 - 3:35Yaxshilab qarang: farqni ko'ra olasizmi.
-
3:35 - 3:38Bilaman, sizlarni bunga o'rgatishmagan,
-
3:38 - 3:41buni ko'ra olish osonmas - shundayam harakat qilib ko'ring.
-
3:41 - 3:43Bu prokrastinator bo'lmagan insonning miyasi.
-
3:44 - 3:46(Kulgu) [Ratsional inson]
-
3:46 - 3:47Mana bu esa...
-
3:48 - 3:50mening miyam.
-
3:50 - 3:53(Kulgu)
[Lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun] -
3:56 - 3:57Farq katta.
-
3:58 - 4:00Undayam, bundayam ratsional inson bor.
-
4:00 - 4:02Lekin prokrastinatorning miyasida
-
4:02 - 4:05lahzali zavqlanishni talab qiluvchi maymun ham yashaydi.
-
4:05 - 4:07Prokrastinator uchun bu qanday yakun topadi?
-
4:07 - 4:10Quyidagi holat yuz bermagunicha hammasi yaxshi.
-
4:10 - 4:12[Ishlashning ayni vaqti.]
[Yo'q!] -
4:12 - 4:15Ratsional inson ratsional qarorlar chiqaradi.
-
4:15 - 4:17Unumli ishlash...
-
4:17 - 4:19Lekin maymunchaga bu reja yoqmaydi.
-
4:19 - 4:21U shturvalni o'z qo'liga oladi
-
4:21 - 4:24va shunday deydi: "Yaxshisi, Vikipediyani o'qiymiz,
-
4:24 - 4:26Nensi Kerrigan va Tonya Harding o'rtasidagi mojaro haqida,
-
4:26 - 4:28negadir birdan ular esimga tushib qoldi".
-
4:28 - 4:29(Kulgu)
-
4:29 - 4:30Keyin...
-
4:30 - 4:32(Kulgu)
-
4:32 - 4:34Keyin biz muzlatgich yoniga boramiz,
-
4:34 - 4:36xuddi oxirgi 10 daqiqa ichida u yerda nimadir o'zgargandek.
-
4:37 - 4:39Keyin esa bizni YouTube girdobiga tortib ketadi:
-
4:39 - 4:42Richard Faynmanning magnitlar haqidagi suhbatidan boshlaymiz,
-
4:42 - 4:45va katta yo'l bosib o'tilgach bu jarayonni
-
4:45 - 4:47Jastin Biberning onasi ishtirokidagi intervyu bilan yakunlaymiz.
-
4:47 - 4:49(Kulgu)
-
4:49 - 4:51Bu juda katta vaqt oladi.
-
4:51 - 4:55Shuning uchun ishlashga vaqt ajratish bizda deyarli o'xshamaydi.
-
4:55 - 4:56Meni kechir...
-
4:56 - 4:57(Xo'rsinadi)
-
4:58 - 5:02Xo'sh, aslida nima yuz beradi?
-
5:03 - 5:06Maymuncha - rulni boshqarish uchun
-
5:06 - 5:07yaxshi kandidat emas.
-
5:07 - 5:09U hozirgi vaqt bilan yashaydi.
-
5:09 - 5:12U o'tmishni eslamaydi va kelajakni bilmaydi.
-
5:12 - 5:14Uni faqat ikkita narsa qiziqtiradi:
-
5:14 - 5:16hammasi oddiy va quvnoq bo'lishi kerak.
-
5:16 - 5:19Hayvonot olamida bu zo'r ishlaydi.
-
5:19 - 5:21Agar siz it bo'lsangiz,
-
5:21 - 5:24butun umringizni faqat quvnash bilan o'tkazsangiz,
-
5:24 - 5:25siz juda muvaffaqiyatli itsiz!
-
5:25 - 5:27(Kulgu)
-
5:27 - 5:29Maymuncha uchun
-
5:30 - 5:32insonlar ham xuddi shunday jonivor.
-
5:32 - 5:37Uning fikricha siz yaxshigina uxlab olishingiz, ovqatlanib olishingiz va ko'payishingiz kerak.
-
5:37 - 5:39Bu albatta g'orda yashash davrida ish berardi.
-
5:39 - 5:42Xali payqamagan bo'lsangiz — biz endi g'orlarda yashamaymiz.
-
5:42 - 5:46Biz bu rivojlangan sivilizatsiyamiz, maymunchaning esa bundan umuman habari yo'q.
-
5:46 - 5:48Shuning uchun, miyamizda yana bir personaj bor:
-
5:48 - 5:51ratsional insoncha.
-
5:51 - 5:54Boshqa jonivorlar qila olmaydigan ishlarni bajara oladigan,
-
5:54 - 5:56kelajakni tasavvur qila oladigan,
-
5:56 - 5:57to'liq kartinani ko'ra oladigan,
-
5:57 - 5:59uzoq rejalar tuza oladigan,
-
5:59 - 6:01va bularni nazorat qilishni xoxlaydigan ratsional inson.
-
6:02 - 6:04U xoxlaydiki, biz aynan hozir ma'no
-
6:04 - 6:07anglatadigan ishni bajarishimizni. Hozir.
-
6:07 - 6:08Albatta ba'zan oson, yoqimli
-
6:08 - 6:10bo'lgan ishlarni qilishda ham ma'no bor.
-
6:10 - 6:12Masalan, ovqatlanish yoki uxlash,
-
6:12 - 6:14yoki o'zingizga loyiq holda dam olish.
-
6:14 - 6:16Shuning uchun ba'zan maqsadlar
-
6:16 - 6:18tutashishadi: ba'zan maymuncha va
-
6:18 - 6:20ratsional insonning maqsadi bir xil bo'ladi.
-
6:20 - 6:24Lekin ba'zida qiyin va o'zimizga yoqmaydigan ishlar
-
6:24 - 6:26bizga ko'proq foydalidir.
-
6:26 - 6:27Va aynan shunda konflikt yuzaga keladi.
-
6:28 - 6:29Prokrastinator uchun
-
6:29 - 6:32bu konflikt doim bir xil yakun topadi:
-
6:32 - 6:36u ko'p vaqtni to'q sariq zonada sarflaydi.
-
6:36 - 6:40U yerda hammasi oson, zavqli, va ratsionallik doirasidan tashqarida.
-
6:40 - 6:42Men buni Yovuz o'yin maydonchasi deb atayman.
-
6:42 - 6:44(Kulgu)
-
6:44 - 6:47Yovuz o'yin maydonchasi.
-
6:47 - 6:50Barcha prokrastinatorlarga juda yaxshi tanish.
-
6:51 - 6:53U yerda barcha o'yin-kulgu aynan
-
6:53 - 6:56o'yin-kulguni vaqti emas, bandlik yuqori bo'lgan paytda bo'ladi.
-
6:56 - 6:58Yovuz o'yin maydonchaning o'yin-kulgusi
-
6:58 - 7:01aslida hech qanday o'yin-kulgu emas,
-
7:01 - 7:04siz o'zingizda aybdorlik hissi, qo'rquv va o'zingizga bo'lgan nafratni his qilasiz.
-
7:04 - 7:06Barchasi prokrastinatorning ajoyib yo'ldoshlari.
-
7:07 - 7:10Maymuncha shturvalda turgan bir paytda asosiy savol:
-
7:10 - 7:14prokrastinator qanday qilib o'zini ko'k zonaga o'tkazishi kerak?
-
7:14 - 7:17U yerda unchalik yoqimli emas, lekin eng muhim ishlar ham o'sha yerda amalga oshadi.
-
7:17 - 7:22Aslida, prokrastinatorlarda qutqaruvchi-farishta bor ekan,
-
7:22 - 7:25u doim orqamizdan kuzatadi,
-
7:25 - 7:27eng qiyin paytda paydo bo'ladi
-
7:27 - 7:29— uning ismi Vahimali Mahluq.
-
7:29 - 7:32(Kulgu)
-
7:34 - 7:39Bu mahluq ko'pincha uyquda yotadi,
-
7:39 - 7:43lekin berilgan vaqt tugayotganda birdan uyg'onib ketadi, yoki sizni
-
7:43 - 7:45ommaviy sharmandalik kutayotgan bo'lsa.
-
7:45 - 7:48Ishdagi muvaffaqiyatsizlik yoki boshqa oqibatlar.
-
7:48 - 7:52Shunisi muhimki, Mahluq - bu maymuncha juda qattiq qo'rqadigan yagona jonzotdir.
-
7:52 - 7:57Oxirgi paytlarda menda u bilan juda ko'p narsa bog'liq.
-
7:57 - 8:00Chunki, 6 oy oldin meni
-
8:00 - 8:02TED da nutq qilish uchun taklif qilishdi.
-
8:02 - 8:04(Kulgu)
-
8:07 - 8:09Albatta men rozi bo'ldim.
-
8:09 - 8:13Doim orqaga, o'tmishimga qarab, TED da qanday gapirganimni eslashni xohlar edim.
-
8:13 - 8:17(Kulgu)
[Bir paytlar men TED da nutq qilganman.] -
8:17 - 8:21(Qarsaklar)
-
8:24 - 8:26Lekin shunday bir quvonchli lahzada
-
8:26 - 8:29ratsional insonni bir narsa xavotirga solar edi.
-
8:30 - 8:32U shunday derdi: "Biz nimaga rozi bo'lganimizni tushunayapmizmi?
-
8:32 - 8:35Ertaga nima bo'lishini bilamizmi?
-
8:35 - 8:38Hozir o'tirib shuning ustida bosh qotirishimiz kerak".
-
8:38 - 8:41Maymuncha esa: "Butunlay qo'shilaman, hozircha esa Google Earthni ochamiz,
-
8:41 - 8:44Hindistonning janubini 60 metr balandlikdan kuzatamiz,
-
8:44 - 8:48va to shimoligacha borguncha yarim soat sarflaymiz,
-
8:48 - 8:50axir Hindistonni yaxshi o'rganishimiz kerakku".
-
8:50 - 8:54(Kulgu)
-
8:55 - 8:57O'sha kuni biz aynan shu ish bilan shug'ullandik.
-
8:57 - 8:59(Kulgu)
-
9:01 - 9:04Olti oy 4 oyga aylandi, keyin 2, keyin bir — TED tashkilotchilari
-
9:05 - 9:08nutq qiluvchilarning ro'yxatini e'lon qilishdi.
-
9:08 - 9:10Men saytga kirdim va o'zimni suratimni ko'rdim,
-
9:10 - 9:12menga shunday qarayotgandi.
-
9:12 - 9:13Topingchi, keyin kim uyg'ondi?
-
9:13 - 9:16(Kulgu)
-
9:17 - 9:20Vahimali Mahluq esidan og'ayotgandek edi,
-
9:20 - 9:23bir sekund o'tgach shunday tartibsizlik boshlandi.
-
9:23 - 9:25(Kulgu)
-
9:28 - 9:31Maymuncha, eslataman, mahluqdan o'lgudek qo'rqadi.
-
9:31 - 9:32Tezda palmaga chiqadi.
-
9:32 - 9:33Nihoyat
-
9:33 - 9:36Ratsional inson shturvalni o'z qo'liga oladi,
-
9:36 - 9:37va men ishlashni boshlayman.
-
9:37 - 9:40Vahimali Mahluqning paydo bo'lishi
-
9:40 - 9:43prokrastinatorlarning barcha ahmoqliklarini izohlaydi.
-
9:43 - 9:46Masalan, menga o'xshash kimdir ishga kirishishni
-
9:46 - 9:49ikki haftaga orqaga suradi,
-
9:49 - 9:52keyin esa qandaydir mo'jiza unda ishga chanqoqlik uyg'otadi.
-
9:52 - 9:55Va u tuni bilan uxlamasdan sakkizta bet yozadi.
-
9:56 - 9:59Bu uchta personalj haqidagi butun voqelik —
-
9:59 - 10:01prokrastinatorning ishlash sxemasidir.
-
10:02 - 10:06Unchalik yoqimli emas, lekin bu ishlaydi.
-
10:06 - 10:10Mana o'z blogimda ikki yil oldin nima haqida yozishga harakat qilgandim.
-
10:10 - 10:13Bu ishni qilganimdan keyin esa sharhlar meni hayron qoldirdi.
-
10:13 - 10:15Mingga yaqin xabar oldim.
-
10:15 - 10:18Dunyo bo'ylab turli xil insonlardan,
-
10:18 - 10:19har xil kasb egalari:
-
10:19 - 10:22hamshira, bankir, rassom, muhandis,
-
10:22 - 10:25va juda ko'pchilik aspirantlardan.
-
10:25 - 10:27(Kulgu)
-
10:27 - 10:29Va ularning hammasi bir gap aytishardi:
-
10:29 - 10:31"Menda ham shunday muammo".
-
10:31 - 10:35Lekin meni hayron qoldirgani postning yengilligi va
-
10:35 - 10:37bu xabarlarning jiddiyligi orasidagi farq.
-
10:37 - 10:40Odamlar tushkun kayfiyatda edi,
-
10:40 - 10:43prokrastinatsiyaning ularni hayotiga ta'siri,
-
10:43 - 10:45maymunchaning qilgan ishlaridan.
-
10:47 - 10:50Men o'ylanib qoldim:
-
10:50 - 10:53agar prokrastinatorlarning sxemasi ish bersa, muammo nimada?
-
10:53 - 10:56Nimaga bu insonlar shunchalik tushkun kayfiyatda?
-
10:56 - 10:59Aslida, prokrastinatsiyaning ikkita turi bor ekan.
-
11:00 - 11:03Bugun keltirgan hamma misollarim, gapirganlarimda
-
11:03 - 11:04aniq bir muddat mavjud.
-
11:04 - 11:05Muddat qo'yilganda esa
-
11:05 - 11:08prokrastinatsiyaning ta'siri vaqt bilan chegaralangan —
-
11:08 - 11:10Vahimali Mahluqqa rahmat.
-
11:10 - 11:12Lekin prokrastinatsiyaning boshqa turi ham bor,
-
11:12 - 11:15hech qanday muddat bo'lmaganda.
-
11:15 - 11:18Karyerangizni qurishni xohlaysiz, shaxsiy ishingizni ochishni,
-
11:18 - 11:20ijod qilish yoki biznes boshlashni,
-
11:20 - 11:23ularda muddat yo'q, chunki siz o'zingiz ishlashni boshlamaguningizcha,
-
11:24 - 11:26ishingiz iziga tushib ketmaguncha
-
11:26 - 11:27hech narsa yuz bermaydi.
-
11:27 - 11:31Karyeradan tashqari aniq bir muddati bo'lmagan
-
11:31 - 11:32yana boshqa muhim narsalar ko'p.
-
11:32 - 11:35Masalan, ota-onangizni ko'rishga borish, sport bilan shug'ullanish,
-
11:35 - 11:37munosabatlarni mustahkamlash
-
11:37 - 11:40yoki ularni yakunlash, bu sizni holdan toydirgan bo'lsa.
-
11:40 - 11:45Agar prokrastinator uchun muhim vazifalarni bajarishning yagona yechimi —
-
11:45 - 11:47mahluqning yordami bo'lsa, bu katta muammo.
-
11:47 - 11:49Chunki, muddatsiz holatlarda
-
11:49 - 11:51hech qanday mahluq yordamga kelmaydi.
-
11:51 - 11:53U uyg'onmaydi.
-
11:53 - 11:55Bu holatda prokrastinatsiya umuman chegaralanmaydi,
-
11:55 - 11:57hammasi orqaga surilib boraveradi.
-
11:58 - 12:01Aynan shunday uzoq muddatli prokrastinatsiyaga
-
12:01 - 12:04kamdan-kam holatlarda e'tibor beriladi va kam muhokama qilinadi.
-
12:04 - 12:07Yakuniy muddati bo'lgan prokrastinatsiya ko'proq qiziq ko'rinadi.
-
12:07 - 12:10Muddatsiz prokrastinatsiya tinch va sezilmas azobdir.
-
12:11 - 12:12U uzoq muddatli azoblar
-
12:12 - 12:16va afsuslar o'chog'iga aylanishi mumkin.
-
12:17 - 12:19Menimcha, aynan shu sabab ushbu insonlar menga yozishgan.
-
12:19 - 12:22Shu sabab ular shunchalik tushkunlikda edi.
-
12:22 - 12:25Ularning muammosi shoshilinch va majburiy vazifalar emas,
-
12:25 - 12:27muammo — hayoti qanday o'tib ketayotganini kuzatishga
-
12:27 - 12:28majbur qilayotgan
-
12:28 - 12:30davomiy prokrastinatsiya.
-
12:31 - 12:34Ular orzularini amalga oshira olmaganidan emas,
-
12:34 - 12:37ularga erishishga harakat qilishni boshlay olmaganlaridan tushkunlikda.
-
12:37 - 12:41Bu xabarlarni o'qib, men birdan shuni tushundim:
-
12:42 - 12:46aslida prokrastinator emas insonni o'zi yo'q.
-
12:46 - 12:49Xa, hammangiz prokrastinatorsizlar deb hisoblayman.
-
12:50 - 12:52Balki unchalik beparvomasdirsizlar,
-
12:52 - 12:53ko'pchiligimizga o'xshab,
-
12:53 - 12:55(Kulgu)
-
12:55 - 12:58ko'pchiligingiz esa muddatlarga jiddiy yondashasizlar.
-
12:58 - 13:01Lekin bilingki, maymunchaning eng makkor xiylasi
-
13:01 - 13:02muddat bo'lmaganda amalga oshadi.
-
13:03 - 13:05So'ngida yana bir narsa ko'rsatmoqchiman.
-
13:05 - 13:08Men buni hayot kalendari deb atayman.
-
13:08 - 13:13Bunda 90-yillik hayot aks etgan va har bir hafta uchun bittadan kvadrat.
-
13:13 - 13:15Kvadatlar unchalik ko'p emas,
-
13:15 - 13:18uni ham ko'pchilik qismini sarflashga ulgurgansiz.
-
13:19 - 13:24Bu kalendarga yaxshilab nazar solishimiz kerak.
-
13:25 - 13:28Aslida nimalarni ortga surayotganimizni o'ylashimiz kerak.
-
13:28 - 13:31Bu narsa har birimizni hayotimizda yuz beradi.
-
13:33 - 13:36Lahzali zavqni talab qiladigan maymuncha haqida o'ylang.
-
13:37 - 13:40Bu vazifa hammamiz uchun.
-
13:41 - 13:43Kvadratlarning unchalik ko'p emasligi uchun ham
-
13:43 - 13:45aynan bugundan boshlashimiz kerak.
-
13:45 - 13:48Balki... bugunmasdir...
-
13:48 - 13:50(Kulgu)
-
13:50 - 13:51O'zingiz tushunasiz.
-
13:52 - 13:53Qachondir keyin.
-
13:53 - 13:54Rahmat.
- Title:
- Prokrastinatsiya ustasining ongida | Tim Urban
- Speaker:
- Tim Urban
- Description:
-
more » « less
Tim Urban ishlarni ortga surish befoyda ekanini tushunar edi, lekin bu odatdan xolos bo'la olmas edi. Urban ushbu quvnoq nutqida bizga YouTube bo'ylab sayohat, Vikipedia tuzog'i kabilarni misol keltirib, aslida biz qanday qilib vaqtimiz tugamagunicha hech ish qilmasligimiz va bu qanday oqibatlarga olib kelishi haqida gapiradi.
TED yangiliklarini Twitter'da kuzatib boring: http://www.twitter.com/tednews
TED Facebook'da: https://www.facebook.com/TEDKanalga a'zo bo'ling: http://www.youtube.com/user/TEDtalksDirector
- Video Language:
- English
- Duration:
- 14:04
|
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | Tim Urban | |
|
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | Tim Urban | |
|
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | Tim Urban | |
|
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Inside the mind of a master procrastinator | Tim Urban |
