Return to Video

Yangi tillarini o'rganish uchun 4 ta sabab

  • 0:01 - 0:03
    Hozir men gapirayotgan til,
  • 0:03 - 0:08
    baxtgami yoki aksincha, vaqt sayin
  • 0:08 - 0:10
    asosiy dunyo tiliga aylanmoqda.
  • 0:10 - 0:11
    Keling buni tan olamiz:
  • 0:11 - 0:13
    butun internet bu tilda,
  • 0:13 - 0:15
    bu tilda moliyachilar gaplashishadi,
  • 0:15 - 0:18
    aviadispetcherlar,
  • 0:18 - 0:18
    unda mashhur qo'shiqlar kuylashadi,
  • 0:19 - 0:20
    diplomatlar muloqot qiladi...
  • 0:20 - 0:22
    Ingliz tili hamma joyda.
  • 0:22 - 0:26
    Hozirda ko'plab insonlar shimoliy
    xitoychada gapirishadi.
  • 0:26 - 0:29
    Lekin shunda ham xitoyliklar ingliz tilini
  • 0:29 - 0:32
    ingliz tilida gapiruvchilar xitoychani
    o'rgangandan-da ko'proq o'rganishadi.
  • 0:32 - 0:33
    Bilishimcha,
  • 0:33 - 0:37
    hozir Xitoyda ta'lim faqat ingliz tilida
    olib boriladigan
  • 0:37 - 0:40
    o'nlab universitetlar bor.
  • 0:40 - 0:41
    Ingliz tili dunyoni egallamoqda.
  • 0:42 - 0:43
    Qo'shimcha qilib aytganda,
  • 0:43 - 0:45
    tahmin qilinishicha, asr so'ngigacha
  • 0:46 - 0:49
    hozirda mavjud deyarli barcha tillar —
  • 0:49 - 0:50
    ular hozirda 6 000 ta —
  • 0:50 - 0:52
    foydalanilmay qo'yiladi,
  • 0:52 - 0:55
    shulardan bir necha yuztasi qoladi.
  • 0:55 - 0:57
    So'ngida,
  • 0:57 - 1:02
    biz hozir tezkor nutq tarjimasini nafaqat
    amalga oshirsa bo'ladigan,
  • 1:02 - 1:05
    balki, yildan-yilga yaxshilanib borayotgan
    davrda yashayapmiz.
  • 1:05 - 1:08
    Men sizga sabablarni keltirib o'taman.
  • 1:08 - 1:11
    Biz yashayotgan paytda borgan sari
  • 1:11 - 1:13
    "biz nega boshqa tillarni o'rganishimiz
    kerak?
  • 1:14 - 1:17
    Agar ular qaysidir xalqniki bo'lsa, ingliz
    tilidan boshqasi bizga kerakmi?"
  • 1:17 - 1:21
    kabi savollar beriladigan vaqtga
    yaqinlashmoqdamiz.
  • 1:21 - 1:24
    Borgan sari hamma bir tilda gaplasha
    boshlayotgan bir vaqtda,
  • 1:24 - 1:30
    nega kuch sarflab boshqa tilni
    o'rganishimiz kerak?
  • 1:31 - 1:32
    O'ylashimcha, bunga sabab ko'p.
  • 1:32 - 1:35
    Lekin oldin bir narsaga e'tiborimizni
    qarataylik,
  • 1:35 - 1:38
    menimcha siz buni bilsangiz ham kerak,
  • 1:38 - 1:42
    lekin bu ma'lumotda ham bir hiyla bor:
  • 1:42 - 1:44
    bu har xil tillarning leksikoni va
  • 1:44 - 1:47
    grammatikasi insonning fikrlash
    shaklini va yo'nalishini
  • 1:47 - 1:51
    o'zgartira olishga qodirligi, va hattoki,
    o'ziga xos bir
  • 1:51 - 1:55
    astral holatidan chiqishga yordam
    bera olishi
  • 1:55 - 1:56
    haqidagi ma'lumot.
  • 1:56 - 2:00
    Bu quvonarli ma'lumot,
  • 2:00 - 2:02
    lekin unda bir muammo bor.
  • 2:02 - 2:05
    Bu ma'lumotni inkor etolmaymiz.
  • 2:05 - 2:09
    Masalan, fransuz va ispan tillarida
  • 2:09 - 2:13
    "stol" so'zi negadir jenskoy rodda:
  • 2:13 - 2:17
    "la table", "la mesa".
    Buni faqat qabul qilish kerak.
  • 2:17 - 2:19
    Aniqlanishicha,
  • 2:19 - 2:21
    agar bu tillarda gapiruvchilardan
  • 2:21 - 2:24
    ularning fikricha, stol gapira olganida,
    qanday ovozda
  • 2:24 - 2:28
    gapirishi mumkinligi borasidagi savolga
    ko'pchilikning
  • 2:28 - 2:32
    javoblariga ko'ra, fransuzlar va
    ispanlar aytadiki,
  • 2:32 - 2:33
    stol ayol ovozida, baland tonda
  • 2:34 - 2:38
    gapirgan bo'lar edi. Shu sabab,
  • 2:38 - 2:42
    agar siz fransuz yoki ispan bo'lsangiz,
    qaysidir ma'noda stol siz uchun —
  • 2:42 - 2:46
    stol siz uchun —qiz bola, ingliz
    bo'lganingizda esa aksincha bo'lar edi.
  • 2:46 - 2:48
    Kimga bu kabi ma'lumotlar yoqmaydi?
  • 2:48 - 2:50
    Shunday xulosa hosil bo'ladiki, agar siz
  • 2:50 - 2:55
    bu tillardan birida muloqot qilsangiz,
    siz dunyoni boshqacha ko'rasiz.
  • 2:55 - 2:56
    Lekin ehtiyot bo'lish kerak,
  • 2:56 - 3:00
    chunki, o'ylab ko'ring, agar kimdir bizni
    o'rganishni boshlasa,
  • 3:00 - 3:03
    ingliz tilida go'daklikdan
    gapiruvchilarni:
  • 3:03 - 3:07
    inglizlar dunyoni qanday ko'radi?
  • 3:07 - 3:09
    Keling, misol uchun ingliz tili ona tilisi
    bo'lgan insonni olsak.
  • 3:10 - 3:13
    Hozir siz Bononi ko'ryapsiz.
  • 3:13 - 3:14
    U inglizcha gapiradi.
  • 3:14 - 3:17
    Uning qandaydir o'z dunyoqarashi bor.
  • 3:17 - 3:21
    Ekranda Donald Tramp.
  • 3:21 - 3:22
    Unda ham o'ziga yarasha.
  • 3:22 - 3:24
    U ham inglizcha gapiradi.
  • 3:24 - 3:25
    (Kulgu)
  • 3:28 - 3:31
    Mana miss Kardashyan,
  • 3:31 - 3:33
    u ham shu tilda gapiradi.
  • 3:33 - 3:36
    Xo'sh, bu yerda uchta ingliz tilida
    muloqot qiluvchi inson.
  • 3:36 - 3:39
    Ular dunyoni qanday ko'radi?
    Bu ularni qanday farqlaydi?
  • 3:39 - 3:44
    Ingliz tilidagi qanday dunyoqarash
    ularni birlashtiradi?
  • 3:44 - 3:46
    Bu o'ziga xos muammoli g'oya.
  • 3:46 - 3:51
    Ko'pchilik shunday xulosaga kelmoqdaki,
    til fikrlarni shakllantiradi,
  • 3:51 - 3:58
    lekin bu nozik va tushunarsiz psixologik
    aspektlarda namoyon bo'ladi.
  • 3:58 - 4:02
    Bu chet tili sizga boshqacha dunyoqarash
    taqdim etadi degani emas.
  • 4:03 - 4:05
    Shunday ekan,
  • 4:05 - 4:07
    o'zi nega tillarni o'rganishimiz kerak?
  • 4:07 - 4:10
    Agar bu sizning fikrlashingizni
    o'zgartirmasa,
  • 4:10 - 4:12
    unda bunga qanday sabablar bor?
  • 4:12 - 4:13
    Ular bir nechta.
  • 4:14 - 4:19
    Birinchidan, siz qandaydir madaniyatni
    o'rganmoqchi,
  • 4:19 - 4:22
    o'zlashtirmoqchi bo'lsangiz, uning bir
    qismi bo'lishni istasangiz,
  • 4:22 - 4:26
    til bunda rol o'ynaydimi yo'qmi,
  • 4:26 - 4:28
    jamiyatni o'rganish uchun,
  • 4:28 - 4:30
    siz qaysidir bir darajada
  • 4:30 - 4:32
    o'sha tildan foydalanishingizga,
  • 4:32 - 4:36
    unda muloqot qilishingizga to'g'ri keladi.
  • 4:36 - 4:37
    Boshqa yo'li yo'q.
  • 4:37 - 4:40
    Qiziq bir misol bor.
  • 4:40 - 4:44
    Men hozir sal tushunarsiz gapiraman,
    lekin siz mazmunini tushunishingiz kerak.
  • 4:44 - 4:48
    Kanadalik rejissyor Deni Arkan tomonidan
    suratga olingan bitta film bor.
  • 4:48 - 4:51
    Ingliz tilida uning ismi "Dennis Arcand"
    deb yoziladi,
  • 4:51 - 4:52
    agar qidirishni xohlasangiz.
  • 4:52 - 4:55
    U "Monreallik Iso" deb nomlanadigan
    film suratga olgan.
  • 4:55 - 4:57
    Undagi ko'pchilik qahramonlar —
  • 4:57 - 5:02
    chaqqon, tez, kulgili, qizg'in,
    fransuzcha gapiruvchi, qiziqarli
  • 5:02 - 5:04
    franko-kanadaliklar edi.
  • 5:04 - 5:06
    Yakuniga oz qolganda,
    bitta sahna bor, unda ular
  • 5:06 - 5:10
    do'stini hamma inglizcha gapiradigan
    shifoxonaga oborishlari kerak bo'ladi.
  • 5:10 - 5:12
    U yerda ular shu tilde
    gapirishlari kerak bo'ladi.
  • 5:12 - 5:15
    Ular shunday qilishadi ham,
    lekin bu ularning ona tili emas.
  • 5:15 - 5:17
    Odatda ular unda gapirmaslikni
    ma'qul ko'rishadi.
  • 5:17 - 5:18
    Va ular sekin gapirishadi,
  • 5:18 - 5:20
    aksent bilan, oddiy so'zlar orqali.
  • 5:20 - 5:23
    Hamma yoqtiradigan qahramonlar endi birdan
  • 5:23 - 5:27
    o'zlarining oddiy, kulrang soyalariga
    aylanishadi.
  • 5:27 - 5:29
    Jamiyatga sho'ng'ish va
  • 5:29 - 5:33
    insonlarni bunday xira oyna orqali
    tushunishga harakat qilish —
  • 5:33 - 5:36
    ularni chindan tushuna olmaslikka
    olib keladi.
  • 5:36 - 5:39
    Agar bor-yo'g'i bir necha yuzta til
    qoladigan bo'lsa,
  • 5:39 - 5:40
    ularni o'rganish uchun birinchi
    sabab:
  • 5:40 - 5:44
    ularning har biri — alohida chipta,
  • 5:44 - 5:46
    u sizga biror bir tilda gapiruvchi
    jamiyatning bir qismi
  • 5:46 - 5:49
    bo'lishga yo'l ochadi, chunki u chinakam
    kod vazifasini bajaradi.
  • 5:49 - 5:51
    Bu birinchi sabab.
  • 5:51 - 5:53
    Ikkinchi sabab:
  • 5:53 - 5:56
    isbotlanganki, agar siz ikki xil tilda
    gapirsangiz,
  • 5:56 - 5:59
    demensiya kasalligiga chalinish
    ehtimoli sizda ancha kam,
  • 5:59 - 6:02
    va menimcha, siz bir vaqtning o'zida
    nechta vazifani uddalay olasiz.
  • 6:03 - 6:06
    Bu bolalikdan aniq bo'la boshlaydi,
  • 6:06 - 6:08
    va siz endi tushunasiz,
  • 6:08 - 6:12
    farzandlaringizni qachonda til o'rganishga
    yuborishingizni.
  • 6:12 - 6:15
    Bilingvizm sog'liq uchun foydali.
  • 6:15 - 6:17
    Uchinchi sabab:
  • 6:17 - 6:20
    chet tillari — judayam qiziq.
  • 6:20 - 6:23
    Bizga tushintirishlaridan ko'p marta
    qiziqarliroq.
  • 6:23 - 6:26
    Masalan, arab tilida "kataba" — "u yozdi",
  • 6:26 - 6:29
    "yaktubu" — "u yozayapti".
  • 6:29 - 6:32
    "Uktub" — "yozing", buyruq so'z.
  • 6:32 - 6:34
    Bu soz'larda qanday umumiylik bor?
  • 6:34 - 6:36
    Hammasida bir xil undoshlar,
  • 6:36 - 6:40
    va ular so'zning markazida, xuddi
    ustundek.
  • 6:40 - 6:41
    Ular joyida qoladi,
  • 6:41 - 6:44
    unlilar esa ular atrofida raqsga
    tushmoqda.
  • 6:44 - 6:48
    Kimga bu so'zlar orqali til o'rganish
    yoqmaydi?
  • 6:48 - 6:49
    Ivritda ham shunday,
  • 6:49 - 6:53
    Efiopiya davlat tili — amxarchada ham.
  • 6:53 - 6:54
    Bu juda qiziqarli.
  • 6:54 - 6:58
    Yana har tilda har xil so'z
    joylashuvi bor.
  • 6:58 - 7:00
    So'zlarni boshqa tartibda qo'yib
    gapirishni
  • 7:00 - 7:04
    o'rganish, bu xuddi chap tarafga
    harakatlanadigan mamlakatda mashina
  • 7:04 - 7:05
    haydashdek gap,
  • 7:05 - 7:09
    yoki ko'zga gamamelis ekstraktli
    suyuqlikni tomizgandan keyin paydo
  • 7:09 - 7:11
    bo'ladigan hissiyotga
    o'xshaydi.
  • 7:11 - 7:12
    Chet tili sizni shunday bir boshqacha
    tuyg'ularni his
  • 7:13 - 7:14
    qilishga majbur qila oladi.
  • 7:14 - 7:15
    Masalan,
  • 7:15 - 7:17
    "Shlyapa kiygan mushukning qaytishi" —
  • 7:17 - 7:19
    ko'pchiligimiz sevib o'qigan, va yana
    takror o'qiydigan kitob,
  • 7:19 - 7:20
    xuddi "Mobi Dik" kabi.
  • 7:20 - 7:25
    U yerda shunday so'zlar bor: "Bilasanmi,
    uni qayerdan topib oldim?
  • 7:26 - 7:28
    U nimagadir yuvinishga kirib ketdi.
    Vannada o'tirib pirog yerdi.
  • 7:28 - 7:29
    Xa. U qila oldi."
  • 7:29 - 7:32
    Agar siz buni xitoycha variantini
    o'qisangiz,
  • 7:32 - 7:33
    quyidagini eslab qoling:
  • 7:33 - 7:35
    "Uni qayerdan topganimni topa olasanmi?
  • 7:35 - 7:37
    U chala yeyilgan tortda yuvinayotgan edi.
  • 7:37 - 7:39
    Shubhasiz, tortni u ishtaha bilan
    yeyayotgandi!"
  • 7:39 - 7:40
    Bu menga yoqadi.
  • 7:40 - 7:45
    Tasavvur qiling, til o'rganish bilan
    yillab shug'ullana olasiz.
  • 7:45 - 7:49
    Siz qachondir kxmer tilini o'rganganmisiz?
  • 7:49 - 7:52
    Men ham yo'q. Lekin agar o'rganganimda
    edi,
  • 7:52 - 7:57
    men og'zimda 13 ta undosh harfni emas,
  • 7:57 - 7:58
    ingliz tilida bo'lganidek,
  • 7:58 - 8:01
    balki kambodjaliklar tilida jaranglaydigan
  • 8:01 - 8:05
    30 ta undosh harfni his qilgan bo'lardim,
  • 8:05 - 8:07
    xuddi arilarga o'xshab.
  • 8:07 - 8:10
    Mana sizga nima bera oladi chet tillari.
  • 8:10 - 8:12
    Undan tashqari,
  • 8:12 - 8:16
    hozirda chet tillarini o'rganish har
    qachongidan-da oson.
  • 8:16 - 8:18
    Oldinlari darslarga borish kerak bo'lardi,
  • 8:18 - 8:20
    u yerda qandaydir bir o'qituvchi
    o'tirardi,
  • 8:20 - 8:22
    zo'r o'qituvchi, — lekin u yerda
  • 8:22 - 8:24
    u ma'lum bir paytda bo'lardi va uning
    oldiga
  • 8:24 - 8:26
    aynan shu payt borish kerak bo'lardi.
  • 8:26 - 8:27
    Darslar esa unchalik tez bo'lavermasdi.
  • 8:27 - 8:29
    Siz darslarga qatnashishga majbur edingiz.
  • 8:29 - 8:32
    Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, sizga
    plastinka asqotardi.
  • 8:32 - 8:33
    Men buning ustasi edim.
  • 8:33 - 8:36
    Plastinkalar, kassetalar, xattoki CD-disc
    deb ataluvchi
  • 8:36 - 8:37
    eskicha bir uskuna,
  • 8:37 - 8:40
    unda ma'lumotlar chegaralangan edi.
  • 8:40 - 8:42
    Ulardan tashqari, kitoblar bor edi —
    foydasiz kitoblar.
  • 8:42 - 8:44
    Hammasi shunday edi.
  • 8:44 - 8:47
    Bugun esa bir joyga o'rnashib olib,
  • 8:47 - 8:49
    masalan, mehmonxona polida,
  • 8:49 - 8:50
    burbon ichgan holda,
  • 8:51 - 8:53
    mustaqil ravishda xohlagan bir tilni
    o'rganish mumkin,
  • 8:53 - 8:56
    Rosetta Stone kabi ajoyib dasturlar
    yordamida.
  • 8:56 - 8:59
    Yana men Glossika deb nomlanadigan bitta
    kursni maslahat beraman.
  • 8:59 - 9:01
    Istalgan bir vaqtda,
  • 9:01 - 9:03
    xohlaganingizcha o'rganishingiz mumkin.
    Siz ertalablari chet
  • 9:03 - 9:06
    tillariga bog'liq
    bo'lgan nimadir bilan o'zingizni hursand
  • 9:06 - 9:07
    qilishingiz mumkin,
  • 9:07 - 9:09
    bu sizga qobiliyatingizni yanada
    oshirishga yordam beradi.
  • 9:09 - 9:11
    Men har kuni ertalab "Dilbert"
    komikslarini o'qiyman,
  • 9:11 - 9:13
    har xil tillarda.
  • 9:13 - 9:15
    20 yil oldin buning iloji yo'q edi.
  • 9:15 - 9:18
    Til o'rganish materiallarining
  • 9:18 - 9:20
    hammasi cho'ntagimizga sig'ishi,
  • 9:20 - 9:21
    ya'ni telefonimizga,
  • 9:21 - 9:25
    xattoki rivojlangan insonlar uchun ham
    fantastikadek ko'rinardi.
  • 9:26 - 9:28
    Shuning uchun ham men sizlarga
  • 9:28 - 9:32
    tillarni o'rganishingizni maslahat
    beraman, chunki buning uchun
  • 9:32 - 9:36
    hozirgidek imkoniyatlar hech
    qachon bo'lmagan.
  • 9:36 - 9:37
    Bu judayam qiziqarli.
  • 9:37 - 9:39
    Bu balki fikrlashingizni o'rgartirmas,
  • 9:39 - 9:42
    lekin bu sizni hayratlantirishi aniq.
  • 9:42 - 9:43
    Katta rahmat.
  • 9:43 - 9:45
    (Qarsaklar)
Title:
Yangi tillarini o'rganish uchun 4 ta sabab
Speaker:
Jon MakVorter
Description:

Ingliz tili juda tez sur'atlarda dunyo tiliga aylanmoqda, va tarjima texnologiyalari ham yildan-yilga yanada yaxshilanib boryapti. Xo'sh, shunday bir paytda nega chet tilini o'rganishimiz zarur? Jon MakVorter, lingvist va Kolumbiya universiteti o'qituvchisi, chet tillarini o'rganish foydasiga 4 sabab keltiradi.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
10:01
Aviva Nassimi approved Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Parvina Khujaeva accepted Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Parvina Khujaeva edited Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Parvina Khujaeva edited Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for 4 reasons to learn a new language

Uzbek subtitles

Revisions