Oziq-ovqat yetkazib beradigan do'stona, avtonom robot
-
0:01 - 0:03Oziq ovqat yetkazib berish,
-
0:03 - 0:06Bu yangi avlodni ochlikdan qutqaradi.
-
0:07 - 0:08Hisob-kitobim bo'yicha,
-
0:08 - 0:12Amerikaliklar restoranlarga 20 milliondan
ortiq yetkazib berish uchun buyurtma -
0:12 - 0:14berishadi har kuni .
-
0:14 - 0:17Bu buyurtmalarning yarmidan ko'pi,
yaqin masofadan beriladi. -
0:17 - 0:21Ammo 9/10 tasi avtoulovda yetkaziladi.
-
0:22 - 0:24Shunday qiliib,
-
0:24 - 0:262 funtlik burritoni
-
0:26 - 0:282 tonnalik avtoulovda yetkazayapmiz
-
0:28 - 0:30kuniga 20 million marta.
-
0:30 - 0:32Sizga burritoni olib borayotgan narsa
-
0:32 - 0:35aslida 2 tonnalik
-
0:35 - 0:36issiq o'rindiqli metaldir.
-
0:36 - 0:38Tan olaylik.
-
0:38 - 0:40Bizga avtoulovlarga bog'lanib qolganmiz.
-
0:40 - 0:42Bilasizmi,
-
0:42 - 0:45har bir avtoulov uchun,
to'rtta bo'sh joy bo'lishini? -
0:45 - 0:47Ba'zi shahar markazlarida,
-
0:47 - 0:50ko'chmas mulkning yarmidan ko'pi
avtoulovlar uchun ajratilgan. -
0:50 - 0:53Shaharlarimizni avtoulovlar
uchun qurganmiz. -
0:53 - 0:56Chunki biz avtoulovni 2 mil uchun ham,
-
0:56 - 0:58200 mil uchun ham ishlatamiz.
-
0:58 - 1:00Yolg'iz holda, yoki oila bilan.
-
1:01 - 1:06Biz qahva yoki qahva stolini olish uchun
ham bir xil avtoulovdan foydalanamiz. -
1:06 - 1:09Agar shu ko'cha va avtoturargohlardan
qutulsak, -
1:09 - 1:10ko'proq uy-joy hamda,
-
1:10 - 1:12ijtimoiy joy va parklar qura olamiz.
-
1:13 - 1:14Lekin uni bajarish uchun,
-
1:14 - 1:18dastlab, avtoulovdan foydalanish
tartibini qayta ko'rib chiqishimiz kerak. -
1:18 - 1:19Kelajak shaharlarida,
-
1:19 - 1:23bir necha mahalladan o'tish uchun,
skuter yoki velosiped ishlatiladi. -
1:23 - 1:26Agar shoshsangiz,
yo'lovchi droni sizni olib boradi. -
1:26 - 1:30Agar oziq-ovqat kerak bo'lsa,
avtoulov haydashga hojat bo'lmaydi -- -
1:30 - 1:32uning o'zi sizga keladi.
-
1:32 - 1:36Yana 20 million restoran
buyurtmalariga qaytsak, -
1:36 - 1:39agar shu buyurtmalardan yo'llarimizni
ozod qilsak, -
1:39 - 1:41biz avtoulovlarga bo'lgan
-
1:41 - 1:45AQSH ning o'zidagi 1.5 millionlik
ehtiyojdan qutalamiz. -
1:45 - 1:48Bu San Fransiskoning ikki baravariga teng.
-
1:48 - 1:52Endi, shu kabi holatni Dehli kabi
shaharlarda tasavvur qilsak, -
1:52 - 1:55yoki, men tug'ilgan joy - Tehronda.
-
1:55 - 1:58U yerda avtoulov tutunidan,
har yili minglab odamlar o'lishadi. -
1:59 - 2:03Ho'sh, qanday qilib bu yetkazib
berishlarni kamaytirish mumkin? -
2:05 - 2:06Bu savolga
-
2:06 - 2:10men va jamoam oxirgi uch yil davomida
javob qidiramiz. -
2:10 - 2:13Uning yechimi esa, aslida
kelajak shahrining -
2:13 - 2:15turar-joylaridan biridir,
-
2:16 - 2:20Biz o'zini boshqaradigan, kichik
robotlarni yaratib kelmoqdamiz. -
2:20 - 2:23Ular hiyobon va piyodalar yo'laklarida
harakatlanadi, -
2:23 - 2:25yurish tezligida
-
2:25 - 2:28va ishonchli yuk yetkazib berish
qobiliyatiga ega. -
2:28 - 2:31Robotlar haqida yana ma'lumot
berishimdan oldin, -
2:31 - 2:33bir hayoliy tajriba qilib ko'ramiz.
-
2:34 - 2:38Hayolingizda minglab robotlari bor
shaharni tasavvur qiling. -
2:39 - 2:40Shuni o'yladingizmi?
-
2:41 - 2:45Ko'pchilik shu Gollivud distopiyasini
ko'z oldiga keltiradi. -
2:45 - 2:50Lekin bizning vazifamiz odamlar uchun
bo'lgan osoyishta kelajakni yaratishdir. -
2:50 - 2:53O'zga sayyoraliklar o'rniga,
-
2:53 - 2:57biz tanish bo'lgan
robotlar bilan shug'ullanamiz. -
2:57 - 3:00Jamiyatimizga taalluqli bo'lgan
robotlar bilan. -
3:01 - 3:03Lekin biz ozgina ajablantirmoqchi bo'ldik,
-
3:03 - 3:06Qandaydir kutilmagan ajoyib narsa.
-
3:06 - 3:07O'ylab ko'ring.
-
3:07 - 3:08Siz ko'cha bo'ylab yuryapsiz
-
3:09 - 3:11va birinchi bor robotni ko'rib qoldingiz
-
3:11 - 3:13va shu vaqtda o'ylab qolasiz,
-
3:13 - 3:16bu kelajak sizga kerakmi yoki yo'q.
-
3:17 - 3:20Ko'pchilik odamlar bu voqe'likdan
qo'rqishadi. -
3:20 - 3:22Biz ularni ko'zini ochishimiz kerak.
-
3:22 - 3:25Biz ularni hayrat va
zavqlantirishimiz darkor, -
3:25 - 3:28bir ko'rishdayoq ularni ajablantirib,
g'olib bo'lish uchun. -
3:28 - 3:29Mana biz nimani reja qildik.
-
3:29 - 3:32Bu tanish, lekin ajablanarli.
-
3:33 - 3:34Bu shunchaki xarid qilish aravachasidir.
-
3:35 - 3:38Lekin u huddi biz minionlar va vall-i ni
chatishtirgandek ko'rinadi. -
3:39 - 3:42San-Fransisko yoki Los-Anjelesda
yashasangiz, -
3:42 - 3:45bulardan biri allaqachon oziq-ovqat
yetazib bermoqda. -
3:45 - 3:48Ko'chalarimizga robotlarni
chiqarishimiz bilan, -
3:48 - 3:50judayam qiziqarli
muammolarga duch keldik: -
3:50 - 3:53Robotlar yo'llarni qanday
kesib o'tishi kerak? -
3:54 - 3:59Ular ko'rish/harakalanishi muammoli
odamlar bilan qanday aloqa qiladi? -
4:00 - 4:04Shunda biz robotlarimizga
odamlar bilan aloqa qilishni -
4:04 - 4:06o'rgatishimiz kerakligini angladik.
-
4:07 - 4:10Trotuarda har xil
odamlarni uchratish mumkin. -
4:10 - 4:13Shu bois, yangi til
yaratishimiz zarur edi, -
4:13 - 4:15qandaydir umumiy til,
-
4:15 - 4:18odamlar va robotlar bir-birlarini
tushunishi uchun -
4:18 - 4:19shu zahoti.
-
4:19 - 4:22Chunki, hech kim qo'llanmani
o'qib o'tirmaydi. -
4:24 - 4:27Biz ko'zdan boshladik,
chunki ular universaldir. -
4:27 - 4:29Ko'z robotni qayerga ketayotganini
-
4:29 - 4:32yoki sarosimaga tushganini ko'rsatadi.
-
4:32 - 4:34Shuningdek, ko'z robotni odamiyroq qiladi.
-
4:35 - 4:37Biz tovushlardan ham foydalandik.
-
4:37 - 4:40Masalan, biz yugurish ovozini yaratdik
-
4:40 - 4:41orada to'xtashlari bilan,
-
4:41 - 4:45ko'rishida buzilishi bor odamlar
robotlarni payqashi uchun -
4:45 - 4:47Doppler effektini ishlatgan holda.
-
4:47 - 4:50Lekin bularni bari yetmas ekan.
-
4:50 - 4:51Chorrahalarda,
-
4:51 - 4:53Avtoulov robot oldidan
chiqib qolmoqda. -
4:53 - 4:56Ba'zida haydochilar chalg'ib qolmoqda,
-
4:56 - 5:00chunki robotlar kesib o'tishdan
oldin ko'p turib qoladi. -
5:01 - 5:03Hatto oddiy odamlar ham
adashib ketmoqda. -
5:04 - 5:07Ba'zan ular robotni qaysi tarafidan
o'tishni bilmay qolmoqda. -
5:07 - 5:11Chunki robotlar ko'plab
kichik o'zgarishlar qiladi -
5:11 - 5:12harakati davomida.
-
5:12 - 5:14Lekin bu bir yangi g'oyani
yuzaga keltirdi. -
5:15 - 5:19Harakatlardan umumiy til
yaratsak nima bo'ladi? -
5:19 - 5:21Chorrahalarda,
-
5:21 - 5:24kesib o'tishidan oldin,
oldinga ohista yurishi bilan, -
5:24 - 5:27haydovchilarga endi uni gali
ekaniini ko'rsatish uchun. -
5:28 - 5:30Agar nogironlar aravachasini
ko'rsa, -
5:30 - 5:34robotlar chetga chiqib turish bilan
-
5:34 - 5:36harakatlanmasligini ko'rsatish uchun.
-
5:38 - 5:39Ba'zilar buni eslashi mumkin.
-
5:39 - 5:452015-yil Kanada tadqiqotchilari AQSH
bo'ylab robotni avtostop bilan sayohatga -
5:46 - 5:47chiqarishdi.
U uzoqqa bormadi. -
5:47 - 5:51Qarangki, robotlar ham ijtimoiy
ko'nikmalarni ishlatar ekan. -
5:51 - 5:53Ular bilan aloqa qilishlari mumkin ekan.
-
5:54 - 5:59Karnegie Mellon tadqiqotchilariga ko'ra,
o'yinchoq robotlar o'zini o'lganga solishi -
5:59 - 6:02tufayli odamlar ranjishadi,
uni buzib qo'ydim deb. -
6:02 - 6:04Ammo yetkazish robotlari
o'yinchoq emas, -
6:05 - 6:07ular kichik emas,
ular jamoat joyida bo'lishadi. -
6:07 - 6:10Yetkazib berish xizmati robotlarini
-
6:10 - 6:12odamlardan himoya qilish uchun,
-
6:12 - 6:14robotlarning munosabati bo'lishi kerak.
-
6:15 - 6:17Bu o'zini o'likka solishni teskarisi.
-
6:18 - 6:19Bu holatda,
-
6:19 - 6:22robotlar vaziyatni tushunishi kerak
-
6:22 - 6:24odamlardan o'zini olish uchun.
-
6:25 - 6:26Bir maslahat:
-
6:26 - 6:29agar siz robot bo'lsangiz
va yosh bolalarni ko'rsangiz, -
6:29 - 6:31eng yaqin katta kishiga qarab yuguring.
-
6:31 - 6:35Chunki, ba'zi bolalar robotlarga tegishni
juda yaxshi ko'rar ekan. -
6:35 - 6:38Distopiyadan tashqari,
-
6:38 - 6:41Gollivud bizga haqiqatdan ham zo'r
robotlarni ko'rsatdi, -
6:41 - 6:44buyrug'imizni bajaradigan,
yoki bizga sherik bo'ladigan. -
6:44 - 6:47Shu paytgacha, faqat ovqat
yetkazmasiga e'tibor berdik. -
6:47 - 6:49Lekin kelajakda,
-
6:49 - 6:51bu robotlar ko'p ish qila oladi.
-
6:51 - 6:55Ular ortiqcha ovqatni yig'ishi
va boshpanadagilarga olib borishi mumkin. -
6:56 - 7:00Chunki biz Amerikada,
30 foiz oziq-ovqatni isrof qilamiz. -
7:00 - 7:03Bu paytda 10 foiz aholimiz
oziq-ovqat taqchilligiga uchraydi. -
7:03 - 7:05Robotlar yechimning bir
bo'lagi bo'ladi. -
7:06 - 7:10Yuzlab robotlar shahar uzra
harakatlanishsa, -
7:10 - 7:14ular zarur paytda dori-darmon
yetkazishi mumkin. -
7:14 - 7:18Yaqindagi kimdadir, allergiyasi
-
7:18 - 7:19yoki astmasi tutib qolsa.
-
7:19 - 7:22Bu robotlar 1-2 daqiqada joyida bo'ladi,
-
7:22 - 7:24hammadan ko'ra tez.
-
7:24 - 7:25Pandemiya davrida esa,
-
7:26 - 7:28robotlar infrastrukturamizning
muhim bo'lagi bo'ladi. -
7:28 - 7:30Ular jamiyatimizning
-
7:30 - 7:33muhim ehtiyojlarini
qondirishi mumkin, -
7:33 - 7:35hattoki favqulodda holatlarda ham.
-
7:35 - 7:38Oxirgi fikrimni aytsam.
-
7:38 - 7:44Bugun narsalar A dan B joyga
inson ko'magisiz borolmaydi. -
7:44 - 7:47Chunki bizning dunyomiz ancha murakkabdir.
-
7:48 - 7:52Lekin yangi sensorlar va sun'iy ong
uni o'zgartira oladi. -
7:52 - 7:55Texnologiya huddi chaqaloqqa o'xshaydi.
-
7:55 - 7:59Avval narsalarni o'rganadi
va so'zlarni tushinishni boshlaydi. -
7:59 - 8:02Ba'zan kichik suhbatga kirishishi
ham mumkin. -
8:02 - 8:04Lekin u hali yurishni o'rganmadi.
-
8:05 - 8:07Hozir biz texnologiyaga
-
8:08 - 8:10uch o'lchovli dunyoda yurishni
o'rgatyapmiz, -
8:10 - 8:11bizning ko'magimizsiz.
-
8:13 - 8:15Biz bu yangi eraga qadam bosmoqdamiz.
-
8:15 - 8:19U yerda jonsiz buyumlar
erkin harakatlana oladi. -
8:20 - 8:22Ularni ko'rganimizda esa,
-
8:22 - 8:24o'zga sayyoralikka qaraganday
qaramasligimiz kerak. -
8:24 - 8:29Mening kelajakka qarashim shuki,
narsalar jonlanganda -
8:29 - 8:31ular buni zavq bilan qiladi.
-
8:31 - 8:34"Terminator" kabi emas,
-
8:34 - 8:36balki "O'yinchoqlar tarixi" dek.
-
8:36 - 8:37Rahmat.
- Title:
- Oziq-ovqat yetkazib beradigan do'stona, avtonom robot
- Speaker:
- Ali Kashani
- Description:
-
Sizning navbatdagi burritongizni yetkazib beradigan robot bilan tanishing. Ali Kashani bizga Postmeitning avtonom oziq-ovqat yetkazib beradigan roboti bilan tanishtiradi va dunyo shaharlarida bu robotning qanday qilib uglerod chiqindilarini kamaytirishga va bo'sh joy yaratishi uchun yordam berishini tushuntirib beradi. Bu robotning band troutuarlarda sizga oziq-ovqatni (va boshqa narsalar) quvonch bilan olib kelishidagi murakkab ijtimoiy holatlari uchun qanday qilib maxsus loyihalashtirilganligini o'rganing.
- Video Language:
- English
- Team:
- closed TED
- Project:
- TEDTalks
- Duration:
- 08:51
Nazarbek Nazarov approved Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Nazarbek Nazarov accepted Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food | ||
Shokhnur Akhmedov edited Uzbek subtitles for A friendly, autonomous robot that delivers your food |