Return to Video

Biz nega "OK" deymiz?

  • 0:00 - 0:04
    Biz hamma joyda eshitishimiz mumkin bo'lgan ikki harfli so'z bor.
  • 0:04 - 0:05
    OK.
  • 0:05 - 0:07
    Okey.
  • 0:07 - 0:09
    OK, sen OK'misan Enni?
  • 0:09 - 0:11
    OK OK OK, OK honimlar...
  • 0:11 - 0:14
    OK dunyodagi eng tushunarli so'z bo'lsa kerak.
  • 0:14 - 0:15
    OK!
  • 0:15 - 0:16
    OK.
  • 0:16 - 0:20
    Bizning o'zaro muloqotimiz va texnologiyalarimiz bilan muloqot qanday kechishi - muhimdir.
  • 0:20 - 0:23
    Aleksa, mehmonxonadagi chiroqni o'chir.
  • 0:23 - 0:24
    OK.
  • 0:25 - 0:27
    Siz katta ehtimol bilan bu so'zni har kuni ishlatasiz, hatto buni o'zingiz sezmasangiz ham.
  • 0:27 - 0:30
    Lekin OK aslida nimani anglatadi?
  • 0:30 - 0:32
    Va u qanday paydo bo'lgan?
  • 0:33 - 0:33
    Hm.
  • 0:33 - 0:34
    OK.
  • 0:34 - 0:35
    Okey, unda.
  • 0:35 - 0:37
    OK, rahmat sizga.
  • 0:37 - 0:43
    OK so'zi aslida 1830-yillarda paydo bo'lgan noto'g'ri qisqartirilgan so'zlar bilan bog'liq.
  • 0:43 - 0:47
    Bostondagi qisqartirishlarni "yaxshi tushunadigan" yosh "intellektuallar"
  • 0:47 - 0:55
    KC, yoki “knuff ced”, KY -“know yuse,” va OW ya'ni “oll wright" so'zlari bilan kodlarni tushunadiganlarni hayron qoldirishgan.
  • 0:55 - 0:56
    Haha.
  • 0:56 - 1:04
    Lekin omadli o'zgarishlar tufayli "oll korrect" ya'ni OK abbreviaturasi boshqalariga nisbatan ancha baland ko'tarildi.
  • 1:04 - 1:08
    1800-yillarning boshlarida "oll correct" biron bir narsani tasdiqlovchi asosiy ibora bo'lib, shunday ma'lumot berar edi:
  • 1:08 - 1:09
    "hammasi joyida".
  • 1:09 - 1:16
    Uning qisqartirilgan "ukasi" 1839-yil 23-martda birinchi marta nashrda tilga olingan.
  • 1:16 - 1:18
    'Boston Morning Post'da.
  • 1:18 - 1:23
    Keyinchalik bu "hazil so'z"ni ommaga keng tarqalguncha, butun mamlakat bo'ylab,
  • 1:23 - 1:27
    boshqa nashriyotlar bosib chiqara boshlashdi.
  • 1:27 - 1:32
    Urfga aylanayotgan 'OK' - asli Nyu-York shtati, Kinderxuk shahridan bo'lgan AQSH prezidentini ham qiziqtirib,
  • 1:32 - 1:36
    u 1840-yilgi qayta saylovda ushbu laqabni olishga qaror qildi.
  • 1:36 - 1:41
    Van Byurenning tarafdorlari OK Klublar tashqil qilishdi va ularning shiori juda tushunarli edi:
  • 1:41 - 1:44
    "Old Kinderhook bu 'oll korrect' demakdir".
  • 1:44 - 1:48
    Bu kampaniya juda keng tarqaldi va nashrlarda yetarlicha yoqimsiz ko'rinishga ulgurdi.
  • 1:48 - 1:51
    Chunki uning raqobatchilari bu abbreviaturani “Orful Konspiracy” tariqasida
  • 1:51 - 1:54
    yoki “Orful Katastrophe” ko'rinishida talqin qilishdi.
  • 1:55 - 1:56
    Xex!
  • 1:56 - 2:00
    Oxiri, Van Byurenning aqlli tahallusi ham uning prezidentligini saqlab qola olmadi.
  • 2:00 - 2:02
    Lekin bu OK uchun g'alaba edi.
  • 2:02 - 2:07
    1840-yilgi bu prezidentlik saylovi 'OK'ni amerikaliklar tiliga mixlab qo'ydi.
  • 2:07 - 2:11
    Bu kabi qisqartmalar o'sha payt urfdan qolgan bo'lsa-da, bitta ixtiro - telegrafdan keng foydalanish
  • 2:11 - 2:16
    uni oddiy sleng (so'zlashuv tili) dan rasmiy tilga o'tishida asosiy vazifani bajardi.
  • 2:18 - 2:20
    Agar biz ko'prikni tushirsak, elektr toki exolotga qarab oqadi.
  • 2:20 - 2:24
    Qarama-qarshi tomonda tok eletromagnitga ta'sir o'tkazadi, va u armaturani o'ziga tortadi.
  • 2:24 - 2:28
    Armatura vintni bosadi va xabar yuboradi.
  • 2:28 - 2:32
    Telegraf 1844-yilda debyut qiladi, OK dan besh yilgina keyin.
  • 2:32 - 2:38
    U o'zida alifbo harflarini ifodalovchi nuqta va tire belgilari kombinatsiyalaridan iborat bo'lgan
  • 2:38 - 2:42
    qisqa xabarlarni elektr impulsi orqali yuborar edi.
  • 2:42 - 2:43
    Bu OK'ning porlash davri edi.
  • 2:43 - 2:48
    Bu ikkita harfni terish juda oson edi va ularni adashtirib yuborish qiyin edi.
  • 2:48 - 2:52
    U tezda standart tasdiqlash va rozilik belgisiga aylandi, va ayniqsa bir joyda keng qo'llanildi:
  • 2:52 - 2:55
    AQSH temir yo'l operatorlari orasida.
  • 2:55 - 3:00
    1865-yilning telegraf qo'llanmasida hatto shunday yozilgan:
  • 3:00 - 3:04
    "Axborot qabul qiluvchi 'OK' ni yubormaguncha, hech bir axborot yetib borgan hisoblanmaydi"
  • 3:04 - 3:06
    OK endi jiddiy ishga aylandi.
  • 3:06 - 3:10
    Lekin bu ikkita harfni saqlab qolgan yana boshqa sabab bor,
  • 3:10 - 3:11
    bu uning soddaligi emas.
  • 3:11 - 3:13
    Gap OK'ning qanday ko'rinishda ekanligida.
  • 3:13 - 3:17
    Yoki K harfining ko'rinishi, uning qanday talaffuz qilinishida.
  • 3:17 - 3:21
    Aslida ingliz tilida K harfi qatnashadigan so'zlar kam,
  • 3:21 - 3:23
    va u alifboda 22-o'rinda turadi.
  • 3:23 - 3:27
    Bu noyoblik ba'zi so'zlarda 'C'larni chetga surib o'rniga 'K'larni qo'llashda undadi,
  • 3:27 - 3:32
    masalan, e'tiborni tortish uchun 'K' uchun 'Kraze', yoki 'Katch' so'zini qo'llashgan.
  • 3:32 - 3:37
    Asosiy g'oya shunday ediki, reklamalarda bunday o'zgarishlar ancha e'tiborni tortardi,
  • 3:37 - 3:40
    'Klearflax Linen Rugs' yoki 'Kook-Rite Stove' kabi so'zlar bunga misoldir.
  • 3:40 - 3:45
    Va bu vizual strategiya hozirgacha qo'llaniladi: buni hozirda 'Krispy-Kreme' va 'Kool-Aid'
  • 3:45 - 3:47
    kabi logotiplarda ko'rishimiz mumkin.
  • 3:47 - 3:50
    K harfi ularni esda qolarli qiladi.
  • 3:50 - 3:55
    1890-yillarda OK ning ilk Bostoncha ma'nosidan ancha yiroqlashganda gazetalar uning kelib chiqishi
  • 3:55 - 4:00
    borasida ancha izlanishdi, miflar to'qishdi, insonlar esa
  • 4:00 - 4:01
    ishonishdi.
  • 4:01 - 4:05
    Ulardan biri shunday deydi: 'Choctaw'chada 'okeh' so'zi "huddi shunday" degan ma'noni bergan.
  • 4:05 - 4:08
    Choctaw bizga OK so'zini berdi...
  • 4:08 - 4:12
    OK'ning kelib chiqishi aniq emasdi, lekin endi bu ahamiyatsiz edi, chunki bu so'z
  • 4:12 - 4:14
    tilimizga o'rnashib bo'lgan edi.
  • 4:14 - 4:17
    Bugungi kunda biz uni "neytral tasdiq" belgisi sizfatida ishlatamiz.
  • 4:17 - 4:18
    OK, unda.
  • 4:18 - 4:20
    Okey unda.
  • 4:20 - 4:21
    O'zingizni sevishni o'rganing.
  • 4:21 - 4:22
    OK.
  • 4:22 - 4:23
    OK.
  • 4:23 - 4:24
    Shu joyda to'xta!
  • 4:24 - 4:25
    OK!
  • 4:25 - 4:27
    Men nima deyishni bilmayman.
  • 4:27 - 4:29
    OK degin.
  • 4:31 - 4:31
    OK
  • 4:31 - 4:33
    Unda bu hal bo'ldi.
  • 4:33 - 4:38
    Allan Metkalf OK'ning batafsil tarixini yozgan va u shunday tushuntiradi:
  • 4:38 - 4:42
    "baxolashlarsiz tasdiqlaydi", ya'ni, u hech qanday his anglatmaydi, u axborotni tan oladi
  • 4:42 - 4:43
    va qabul qiladi.
  • 4:43 - 4:46
    Agar siz "uyga uy yetib oldim OK" desangiz, bu sizni xatarsiz yetib olganingizni anglatadi.
  • 4:46 - 4:50
    Agar siz "ovqat - OK" desangiz, bu uning qoniqarli ekanini bildiradi.
  • 4:50 - 4:52
    Va OK rejalar o'zgarganini tasdiqlaydi.
  • 4:52 - 4:56
    Bu hatto refleksga aylangan, biz uni kunda nechta marta qo'llashimizni ham
  • 4:56 - 4:56
    bilmaymiz.
  • 4:56 - 5:02
    Shuning uchun bo'lsa kerak, inson Oyga ilk qadam qo'yganida aytilgan birinchi so'z ham "OK" edi.
  • 5:10 - 5:14
    1830-yillarning oddiy hazili uchun bu yomon emas.
  • 5:14 - 5:16
    Yaxshi, birodarlar, buni kesib oling.
Title:
Biz nega "OK" deymiz?
Description:

Qanday qilib 1830-yillarning eng ahmoqona hazili keyinchalik dunyoda eng ko'p uchraydigan so'zga ylangan?

Bizning kanalimizga a'zo bo'ling: http://goo.gl/0bsAjO

"OK" so'zi sayyoramizdagi eng keng tarqalgan so'z hisoblanadi. Biz bu so'zni o'zaro muloqot uchun, va keyinchalik texnologiyalar bilan muloqot uchun ishlatamiz. Lekin bu aslida 1830-yillarda til bilan shug'ulanila boshlaganda, anirog'i so'zlar noto'g'ri qisqartirila boshlaganda paydo bo'lgan.

Bostondagi yosh intellektuallar "knuff ced" uchun "KC", "oll wright" uchun "OW" va "Know Yuse" uchun "KY" kabi bir necha qisqartmalar o'ylab topishgan. Lekin 1840-yilda "Old Kinderhook" ya'ni "OK"ni Martin Van Burdenning prezident sifatida qayta saylanish kampaniyasida nutq dasturiga tushib qolganligi tufayli bu abbreviatura yashab qoldi.

Keyinchalik, "OK"ning ilk telegraf operatorlari tomonidan keng qo'llanilishi uni mashhur qildi va bugungi kunda biz qo'llaydigan ma'nosiga, ya'ni neytral-pozitiv ma'lumot so'z sifatida qo'llanilishga olib keldi.

Vox.com - shovqin-suronni bir chetga surib, aslida voqealar rivoji qanday kechayotganini tushunishga yordam beruvchi yangiliklar saytidir. http://www.vox.com.

Bizning to'liq videomizni tomosha qiling: http://goo.gl/IZONyE
Bizni Facebook'da kuzating: http://goo.gl/U2g06o
Yoki Twitter'da: http://goo.gl/XFrZ5H

more » « less
Video Language:
English
Duration:
05:22
Nazarbek Nazarov edited Uzbek subtitles for Why we say “OK”

Uzbek subtitles

Revisions