Return to Video

Insonlar sizni tinglashlari uchun qanday gapirish lozim

  • 0:02 - 0:04
    Inson ovozi:
  • 0:04 - 0:06
    barchamiz foydalanadigan vosita.
  • 0:07 - 0:09
    Balki dunyodagi eng kuchli tovushdir.
  • 0:09 - 0:12
    U urushni boshlashi, yoki
    “Men seni sevaman” deyishi mumkin.
  • 0:12 - 0:14
    Ko’pchilikda shunday tajriba bo'lganki
  • 0:14 - 0:16
    siz gapirasiz, lekin sizni tinglashmaydi.
  • 0:16 - 0:17
    Nega bunday?
  • 0:17 - 0:21
    Qanday qilib dunyoni o’zgartira oladigan,
    nutq kuchiga ega bo’lishimiz mumkin?
  • 0:21 - 0:23
    Menda bir taklif bor:
  • 0:23 - 0:26
    Xalos bo’lishimiz kerak bo’lgan
    bir qator odatlarimiz bor.
  • 0:26 - 0:29
    Sizning e’tiborngiz uchun, men muloqotda
    7 asosiy gunohlarni to’pladim.
  • 0:29 - 0:32
    Men bu ro’yxat to’liq demoqchi emasman,
  • 0:32 - 0:37
    lekin bularning 7 tasi, barchamizda
    uchraydigan odatlardir.
  • 0:37 - 0:39
    Birinchisi – g’iybatchilik.
  • 0:40 - 0:42
    Kimningdir orqasidan gapirish.
  • 0:43 - 0:45
    Juda yomon odat va hammaga ma’lumki,
  • 0:45 - 0:49
    yonimizda g’iybat qilganlar, 5 daqiqadan
    so’ng, biz haqimizda g’iybat qilishadi.
  • 0:50 - 0:51
    Ikkinchisi – hukm qilish.
  • 0:52 - 0:54
    Suhbatda bunday qilishni
    yoqtiradiganlarni bilamiz,
  • 0:54 - 0:56
    va bunday kishilarni tinglash qiyin,
  • 0:56 - 1:00
    chunki ular bizni ham shu paytning
    o'zida hukm qilishlari mumkin.
  • 1:00 - 1:02
    Uchinchisi – salbiylik. Unga
  • 1:02 - 1:04
    osongina yengilish mumkin.
  • 1:04 - 1:07
    Onam so’nggi yillarida juda
    salbiy bo’lib qolgan edilar, ularni
  • 1:07 - 1:08
    tinglash qiyin bo’lgan edi.
  • 1:08 - 1:11
    Bir kuni men ularga :
    “Bugun 1-oktabr” – dedim.
  • 1:11 - 1:13
    Ular esa: “Bilaman, bu daxshatli emasmi?”.
  • 1:13 - 1:15
    (Kulgi)
  • 1:15 - 1:18
    Kimdir salbiy bo’lsa,
    uni tinglash juda qiyin.
  • 1:18 - 1:19
    (Kulgi)
  • 1:19 - 1:21
    Salbiylikning yana bir shakli – nolish.
  • 1:21 - 1:26
    Bu Buyuk Britaniyaning milliy san’atidir.
  • 1:26 - 1:27
    Bizning milliy sportimiz.
  • 1:27 - 1:30
    Biz ob-havodan, sportdan, politikadan,
    hullas barcha narsadan nolimiz.
  • 1:30 - 1:33
    Lekin nolish – virus falokati kabidir.
  • 1:33 - 1:35
    U dunyoda nur va yorug'lik tarqatmaydi.
  • 1:36 - 1:38
    Bahona qidirish.
  • 1:38 - 1:39
    Bunga duch kelgandirsiz.
  • 1:39 - 1:41
    Ba’zan biz ham bahona izlaymiz.
  • 1:41 - 1:43
    Ba’zilar boshqalarni
    ayblash bilan har doim ovora.
  • 1:43 - 1:46
    Ular aybni kimga bo’sayam tashashadi
  • 1:46 - 1:48
    va ma’sulyatni o’z
    bo’ynilariga olishmaydi.
  • 1:48 - 1:51
    Kimnidir bunday xatti harakatlarini
    qabul qilish qiyin.
  • 1:51 - 1:53
    Yettitadan oltinchisi bu –
  • 1:53 - 1:56
    bo’rttirmoq, mubolag’a.
  • 1:56 - 1:59
    Ba’zan bu bizning leksikamizni
    kambag’allashtiradi.
  • 1:59 - 2:02
    Masalan, agarda men rostdan ham
    zo’r narsani ko’rsam,
  • 2:02 - 2:03
    men uni qanday baholayman?
  • 2:03 - 2:06
    (Kulgi)
  • 2:06 - 2:09
    keyin esa, bu mubolag’a yolg’onga
    aylanadi, mutloq yolg’on bo’ladi,
  • 2:09 - 2:12
    yolg’on gapiradiganlarni esa
    eshitishni hech kim istamaydi.
  • 2:12 - 2:15
    Va nihoyat – dogmatism.
  • 2:16 - 2:19
    Fakt va fikrlarni bir-birlari
    bilan aralashtirish.
  • 2:19 - 2:21
    Qachonki bunday narsa sodir bo'lganda,
  • 2:21 - 2:23
    bekorga vaqt ketgan bo'ladi.
  • 2:23 - 2:26
    Boshqalarning fikrini sizga gapirishadi,
    huddi haqiqatdek.
  • 2:26 - 2:29
    Buni tinglash qiyin.
  • 2:29 - 2:32
    Mana ular, muloqotning
    eng asosiy 7 ta gunohi.
  • 2:32 - 2:34
    Biz ulardan qutilishimiz lozim
    deb hisoblayman.
  • 2:34 - 2:37
    Lekin, bularni yengish uchun
    konstruktiv yo’l bormi?
  • 2:37 - 2:38
    Ha bor.
  • 2:38 - 2:44
    Men sizlarga 4 asosiy poydevorni
    taklif qilmoqchiman,
  • 2:44 - 2:46
    ularga tayanib, sizning ovozingiz kuchli
  • 2:46 - 2:50
    va dunyoni o’zgartira oladigan bo’ladi.
  • 2:50 - 2:52
    Ularning to’rtasi bitta so’zni
    hosil qilishadi.
  • 2:53 - 2:56
    Bu HAIL (Do'l) so’zi (matnda SHHS)
    va u juda ajoyib ma’noga ega.
  • 2:56 - 2:58
    Men osmondan boshga tushadigan narsalar
  • 2:58 - 3:00
    haqida etmoqchi emasman.
  • 3:00 - 3:01
    Men: “hursand salomlashish”
  • 3:01 - 3:03
    haqida gapiryapman,
  • 3:03 - 3:05
    shu 4 bandni bajarsak,
    so'zlarimizni albatta
  • 3:05 - 3:07
    to'gri qabul qilishadi.
  • 3:07 - 3:08
    Demak,harflarning ma’nosi nima?
  • 3:08 - 3:10
    Ko’ramiz, payqa olasizmi.
  • 3:10 - 3:13
    S – samimiylik,
  • 3:13 - 3:16
    rostgo’y, to’g’ri so’z va
    tushunarli bo’lish degani.
  • 3:16 - 3:20
    H – haqiqiylik. Haqiqiy bo’lish.
  • 3:20 - 3:23
    Mening do’stim buni insonning
    haqiqiy timsoli deb tariflagan,
  • 3:24 - 3:25
    menimcha, bu juda qiziqdir.
  • 3:25 - 3:28
    H – halollik. So’zda turish,
  • 3:28 - 3:30
    etgan narsalarni qilish,
  • 3:30 - 3:32
    ishonchli odam bo’lish.
  • 3:32 - 3:34
    Va S – sevgi.
  • 3:35 - 3:37
    Men romantik sevgi haqida emas,
  • 3:37 - 3:41
    balki insonlar 2 sabablarga ko’ra
    yaxshilik tilash haqida aytamoqdaman.
  • 3:41 - 3:44
    Birinchidan, men mutloq halollik,
    bizga kerak emas, deb ishonaman.
  • 3:44 - 3:47
    Masalan: “Voybo, bugun
    ko’rinishlaring juda yomon ku!”
  • 3:47 - 3:50
    Balki, bunday deyish zarur emas.
  • 3:50 - 3:53
    Lekin sevgi bilan muvozanatlangan
    haqiqat – ajoyib narsa.
  • 3:53 - 3:56
    Agar chindan ham insonlarga
    yaxshilik tilasak,
  • 3:56 - 3:59
    bir vaqtning o’zida ularni hukm
    ham qilish juda qiyin.
  • 3:59 - 4:03
    Menimcha, ularni bir vaqta qilish
    mumkin ham emas.
  • 4:03 - 4:05
    Demak, SHHS.
  • 4:05 - 4:07
    Demak, bu bizda chiqqan so’zlar.
  • 4:07 - 4:09
    Bir qo’shiqda aytilganidek:
    bu sening so’zlaring
  • 4:09 - 4:11
    va so’zlash yo’ling hamdir.
  • 4:11 - 4:12
    Sizda ajoyib vositalar to’plami bor.
  • 4:12 - 4:14
    Ushbu vositalarning o’zi ajoyibdir.
  • 4:14 - 4:18
    Shunday bo’lsa ham, ulardan
    juda kam insonlar foydalanadi.
  • 4:18 - 4:20
    Endi esa keling, vositalarning orasidan
  • 4:20 - 4:22
    bir nechtasini topamiz,
  • 4:22 - 4:24
    balki siz ularni keyinchalik ishlatasiz
  • 4:24 - 4:26
    va ular nutqingizni kuchaytira oladi.
  • 4:26 - 4:28
    Misol uchun, ovoz registrlari.
  • 4:28 - 4:32
    Faltset, ehtimol,
    ko’p hollarda zarur emas,
  • 4:32 - 4:34
    shuning uchun pastroq registrni tanlaymiz.
  • 4:34 - 4:36
    Men sahna nutqi mutaxassislariga
  • 4:36 - 4:38
    texnik taraflarni tushuntirmayman.
  • 4:38 - 4:40
    Biroq, ovozni ko’chirish mumkin.
  • 4:40 - 4:43
    Men shunday burun yordamida
    baland gapirsam farqni sezasilar.
  • 4:43 - 4:44
    Ko’pchilik gapirgandek,
  • 4:44 - 4:47
    men ham shunday bo’g’izga
    tushib gapirsam bo’ladi.
  • 4:47 - 4:49
    Agar so’zlarga og'irlik bermoqchi
  • 4:49 - 4:51
    bo’lsangiz, ko’krakka tushib
    gapirish zarur bo’ladi.
  • 4:51 - 4:53
    Farqni sezyapsimi?
  • 4:53 - 4:57
    Biz past ovozli siyosatchilarga
    ovoz beramiz, bu haqiqat.
  • 4:57 - 5:00
    Chunki, biz uchun ovozning chuqurligi,
  • 5:00 - 5:02
    kuch va obro’ bilan bog’liqdir.
  • 5:02 - 5:04
    Bu ovoz registrlari haqida.
  • 5:04 - 5:05
    Keyingi o’rinda esa – tembr,
  • 5:06 - 5:07
    ovozingizni his qilish yo’li.
  • 5:07 - 5:09
    Tadqiqotlar ta’kidlashicha,
  • 5:09 - 5:12
    biz to’kis, yumshoq va issiq
    shokolad kabi muloyim
  • 5:12 - 5:14
    ovozlarni afzal ko’ramiz.
  • 5:15 - 5:18
    Agar sizning ovozingiz unday bo’lmasa,
    hafa bo’lmang, chunki
  • 5:18 - 5:19
    ovozni tarbiyalash mumkin.
  • 5:19 - 5:21
    Borib shug’ullaning.
  • 5:21 - 5:22
    Juda ajoyib ishlar qilishingiz mumkin,
  • 5:22 - 5:25
    nafas olish, gavda va ovoz tembrini
    mashqlar bilan
  • 5:25 - 5:27
    ovozingizni zo'r o’zgartirishingiz mumkin.
  • 5:27 - 5:29
    Keyin prosodiya, ya’ni, so’z urg’usi.
  • 5:29 - 5:31
    Bu urg’u, ohang va
    intonatsiyaning birikmasi,
  • 5:31 - 5:33
    ular bilan, biz gapning
    mazmunini uzatamiz.
  • 5:33 - 5:36
    Bu suhbatga ma’no beruvchi
    birinchi narsadir.
  • 5:36 - 5:40
    Bitta notada gapiruvchi
    insonlarni tinglash juda qiyin,
  • 5:40 - 5:43
    chunki ularda prosodiya elementi yo’q.
  • 5:43 - 5:46
    Shu sababga ko’ra “zerikarli”
    va “monotonniy”
  • 5:46 - 5:48
    so’zlari paydo bo’lgan.
  • 5:48 - 5:52
    Hozirda qaytarilish prosodiyasi
    mashhur bo’lib qolgan,
  • 5:52 - 5:54
    unda barcha gaplar
    tasdiq shaklida kelsa ham,
  • 5:54 - 5:57
    savol ohangi bilan yakunlanadi.
  • 5:57 - 5:59
    (Kulgi)
  • 5:59 - 6:01
    Va buni cheksiz qaytaraversak,
  • 6:01 - 6:04
    menimcha, intonatsiya yordamidagi
    aloqa qobilyati kamayadi,
  • 6:04 - 6:06
    Shuning uchun, bu odatni
  • 6:06 - 6:08
    to’xtatishga harakat qilish kerak.
  • 6:09 - 6:10
    Temp.
  • 6:10 - 6:13
    Men hayajonlanib, juda
    tez-tez gapirishim mumkin,
  • 6:13 - 6:17
    yoki bir narsani ajratish uchun,
    gapirish tempimni sekinlashtiraman.
  • 6:17 - 6:20
    Va nihoyat, bizning eski
    do’stimiz – sukunat.
  • 6:23 - 6:26
    Suhbatda ozgina sukunat saqlash
    yomon emas, to’g’rimi?
  • 6:27 - 6:29
    Uni “Hm” yoki "M" so’zi bilan
    to’ldirish zarur emas.
  • 6:30 - 6:31
    U foydali bo’la oladi.
  • 6:32 - 6:34
    Temp bilan bir qatorda
    ovoz yuqoriligi turadi.
  • 6:34 - 6:37
    Hayajonlanishni faqat uning
    yordamida ko’rsatish mumkin.
  • 6:37 - 6:38
    Kalitlarimni qayerda qoldirding?
  • 6:38 - 6:40
    (Balandroq) Kalitlarimni
    qayerda qoldirding?
  • 6:40 - 6:44
    Bu ikki xil gapirishda
    har xil ma’no bordir.
  • 6:44 - 6:46
    Va nihoyat, ovozning balandligi.
  • 6:46 - 6:50
    (Baqirib) Balandlikning turlari bilan
    ishqiboz bo’lib qolish mumkin.
  • 6:50 - 6:52
    Kimnidir qo’rqitib yuborgan bo’lsam, uzur.
  • 6:52 - 6:56
    Yoki ovozimni pasaytirib, e’tiboringizni
    o’zimga tortishim mumkin.
  • 6:57 - 6:59
    Ba’zi insonlar
    to’xtovsiz gapirishadi.
  • 6:59 - 7:00
    Bunday qilmang.
  • 7:00 - 7:02
    Buni “sodkasting” deyishadi.
  • 7:02 - 7:03
    (Kulgi)
  • 7:03 - 7:08
    Atrofdagi insonlarga uyalmasdan va beparvo
    gapingizni majburan yuklashdir.
  • 7:08 - 7:09
    Bu yaxshi emas.
  • 7:09 - 7:12
    Va albatta, muhim masalani
    aytmoqchi bo’lganingizda,
  • 7:12 - 7:14
    bularning barchasi juda muhim bo’ladi.
  • 7:14 - 7:18
    Balki, tinglovchilarga sahnadan
    turib gapirayotganingizda.
  • 7:18 - 7:20
    Yoki o’ylanishni taklif qilganingizda,
  • 7:20 - 7:23
    yoki maoshni ko’tarishni
    so’rayotganingizda.
  • 7:23 - 7:25
    Nima bo’lishidan qat’iy nazar,
  • 7:25 - 7:28
    bu muhim bo’lsa, siz bu vositalarga
    va “ovozimizning ishlovchi dvigateliga”
  • 7:28 - 7:30
    qarashingiz albatta kerak.
  • 7:31 - 7:34
    Va hech qaysi dvigatel oldindan
    qizdirilmasa, yaxshi ishlamaydi.
  • 7:34 - 7:35
    Ovozingizni qizdiring.
  • 7:35 - 7:38
    Buni qanday qilish kerakligini
    ko’rsataman.
  • 7:38 - 7:41
    Bir lahzaga barchangiz tura olasizmi?
  • 7:41 - 7:42
    Men sizlarga 6 ta ovoz
  • 7:42 - 7:47
    uchun mashqlarni ko’rsataman, men sahnaga
    chiqishdan oldin, ulardan foydalanaman.
  • 7:47 - 7:50
    Barcha muhim bo’lgan suhbatlardan
    oldin shunday qiling.
  • 7:50 - 7:53
    Avvalo, qo’llar yuqoriga,
    chuqur nafas olib:
  • 7:53 - 7:56
    “A-a-a-a” – mana shunday.
  • 7:56 - 7:57
    Yana bir marta:
  • 7:57 - 8:00
    “A-a-a-a”. Juda yaxshi.
  • 8:00 - 8:02
    Endi lablarni qizdiramiz.
  • 8:02 - 8:04
    Endi: “ba”, “ba”, “ba”, “ba”,
  • 8:04 - 8:07
    “ba”, “ba”, “ba”, “ba”. Zo’r.
  • 8:07 - 8:11
    Endi esa: “Brr-r-r-r”
  • 8:11 - 8:12
    – huddi yoshligimizdagidek.
  • 8:12 - 8:15
    “Brr-r-r-r”. Endi lablaringiz jonlandi.
  • 8:15 - 8:17
    Endi tilga o'tib, uni o’tkir:
  • 8:17 - 8:21
    “la”, “la”, “la”, “la”,
    “la”, “la”, “la”, “la”.
  • 8:21 - 8:23
    Barakalla. Juda yaxshi qilyapsizlar.
  • 8:23 - 8:26
    Endi gulduraydigan “r” – “R-r-r-r-r”.
  • 8:26 - 8:28
    Huddi, tilingizda shampan vinosi bordek.
  • 8:28 - 8:30
    Nihoyat, juda muhim joyga keldik.
  • 8:30 - 8:32
    Mutaxassislar uni "sirena" deyishadi.
  • 8:32 - 8:35
    Boshida “Vi” bilan boshlanib,
    “ou” bilan davom etadi.
  • 8:35 - 8:37
    “Vi” baland, “ou” esa past.
  • 8:37 - 8:43
    Chiqishda: “vi-i-i-i-ou-u-u-u”,
    “vi-i-i-i-ou-u-u-u”.
  • 8:43 - 8:45
    Barakalla. O’zingizni olqishlang.
  • 8:45 - 8:46
    O’tiring. Rahmat.
  • 8:46 - 8:48
    (Qarsaklar)
  • 8:48 - 8:50
    Sahnaga chiqishdan oldin
    shu mashqlarni qiling.
  • 8:50 - 8:53
    Keling, yakun yasab, bugungi
    mavzuga aniqlik kiritamiz.
  • 8:53 - 8:55
    Bu juda muhim.
  • 8:55 - 8:57
    Vaziyat quyidagichadir:
  • 8:57 - 8:59
    biz fikrimizni aniq va lo'nda
  • 8:59 - 9:01
    tushuntira olmaymiz.
  • 9:01 - 9:04
    yomon akustikali joyda bizni
    unchalik tinglashmaydi.
  • 9:04 - 9:07
    Bu haqda men bir necha bor aytgan edim.
  • 9:07 - 9:08
    Agar maqsadimizga
  • 9:08 - 9:10
    hizmat qiluvchi vaziyatlarda,
  • 9:10 - 9:12
    odamlar bilan gaplashganda
  • 9:12 - 9:16
    aniq ifodalarni ishlatsak edi, dunyo
    naqadar o’zgarib ketgan bo’lardi?
  • 9:16 - 9:19
    Kengroq qilib aytadigan bo’lsak,
  • 9:19 - 9:20
    borduyu, har bir tovushni
  • 9:20 - 9:22
    anglagan holda ishlatsak va
  • 9:22 - 9:24
    suhbat joyini shu maqsadga loyiq va
  • 9:24 - 9:26
    qulay qilganimizda edi, unda dunyo
  • 9:26 - 9:28
    naqadar o’zgargan bo’lardi?
  • 9:28 - 9:31
    Bunday dunyoda har bir tovush ajoyib
    tarzda jaranglagan bo’lardi,
  • 9:31 - 9:35
    bunday dunyoda aniq tushunish tabiiy
    holga aylangan bo’lib qolardi.
  • 9:35 - 9:37
    Bu mening butun dunyoga yoyilishga
    arziydigan fikrimdir.
  • 9:37 - 9:38
    Rahmat.
  • 9:38 - 9:40
    (Qarsaklar)
Title:
Insonlar sizni tinglashlari uchun qanday gapirish lozim
Speaker:
Julian Treasure
Description:

Qachondir sizda shunday bo'lganmi, siz gapiryapsiz, lekin hech kim sizni eshitmayapti? Mana yordam uchun Julian Treasure. Ushbu fodali bo'lgan nutqda, ovoz nutqi mutaxassisi, sizga qanday qilib kuchli so'zlashuv qobilyatiga ega bo'lishni ko'rsatadi - ba'zi bir foydali ovoz mashqlaridan boshlab, to kuchli gapirish yo'llarigacha. Dunyo chiroyliroq ovozga to'ldirish uchun yordam beradigan nutq.

more » « less
Video Language:
English
Team:
closed TED
Project:
TEDTalks
Duration:
09:58

Uzbek subtitles

Revisions