Bu nimaligini bilasizmi? Shishasimon mavjudotlar bo'lgan joy bor desam nima deysiz? Yoki bizga ko'rinmas bo'lgan hayot shakllari bor desam-chi? Lekin fazogirlar ularni har doim ko'rishadi. Bu ko'rinmas jonzotlar olis ekzosayyoradagi o'zga sayyoraliklar emas. Ular diatomlardir: fotosintetik, bir hujayrali suv o'tlariidir, kislorod ishlab chiqaradigan va urug' bulutlariga sayyoralararo miqyosda yordam beradigan. Ular murakkab, geometrik ekzoskeletlardir -- albatta shishadan bo'lgan. Ularni koinotdan ummon yuzasidagi ranglarning aylanishida ko'rasiz. Ular o'lganida esa, ularning shisha uylari ummon tubiga cho'kadi, havodan uglerodni olib pastga olib ketadi va ummondagi uglerod ajratilmalarining sezilarli qismini tashkil qiladi. Biz o'zga sayyorada yashaymiz. Bu Yer sayyorasida xilma-hil sirli hayot mavjud va ko'pchiligi dunyo chekkasida yashaydi, ko'z oldimizda yoki ongimizda. O'sha chekkalardan biri Antarktika. Odatda, Antarktika haqida o'ylasak, hosilsiz va hayotsiz joyni tasavvur qilamiz... Bir qancha pingvinlarni aytmasak. Lekin Antarktika qutbdagi hayot vohasi sifatida ma'lum bo'lish kerak o'ta ajabtovur, sanoqsiz jonzotlar makoni bo'lgan. Xo'sh, nega biz ularni so'nggi tabiat xujjatli filmlarida ko'rmadik? Chunki ular qor va muz ostiga yashirinishgan, bizga ko'rinmaydigan holda. Ular mikrobdir: muzliklar ichida yashaydigan mitti o'simlik va mavjudotlardir, muz ostidagi va muz osti hovuzlarida suzib yuruvchi. Ular jozibadorligi bo'yicha megafaunadan kam joyi yo'q biz ko'rib yurgan tabiat hujjatli filmlaridagi. Ammo qanday qilib odamlarni ko'rinmas narsalarga ishontirish mumkin? Men yaqinda Antarktikada 5 haftalik expeditsiyada bo'ldim mikroblar miqyosida yovvoyi tabiat rejissyori bo'lish uchun. 185 funtli uskunalar bilan, harbiy samalyotga chiqdim va mikroskoplarni u yerga olib bordim bu mikroskopik ekstremofillarni suratga olish va o'rganish uchun va kam o'rganilgan ekotizimni yaxshiroq tushinish uchun biz yashaydigan sayyoradagi. Bu ko'rinmas jonzotlarni suratga olish uchun, Ularning makonini ko'rishim kerak edi -- Ya'ni muzni ostiga tushishim kerak edi. Har yili dengiz muzlari Antarktika hajmidan ikki barovarga ko'payadi. 9 fut qalinlikdagi muz ostiga qiyo boqish uchun, dengiz muziga kiritilgan uzun, metal quvurga tushdim hayotga to'lib-toshgan ekotizimga guvoh bo'lish uchun, dengiz tubi va yarqiragan muzlik shiftini o'rtasida turgan holda. Mana bu tashqaridan qanday ko'rinadi. Bu shunchaki sehrli edi. Ba'zi mavjudotlar urug' qisqichbaqasi kabi g'aroyib edi va yana ko'plab chiroyli geometrik diatomlar ham. Keyin men tepaga chiqdim Quruq Vodiysida tunash uchun bir necha hafta davomida. Antarktikaning 98 foizi muz bilan qoplangan Quruq Vodiysi Antarktikaning eng katta hududidir. Faqat u yerda Antarktikaning qandayligini ko'rish mumkin. Bu yerda bakteriyalardan namuna oldim, muz ostidagi hovuzdan temir oksidi otilib chiqadigan tabiat hodisasi, ushbu joy o'n yil oldinham hayotsiz deb hisoblangan, Men muzlikka chiqdim uning ichini teshish uchun, yashayotgan sanoqsiz, qattiq tanali mavjudotlarni kashf qildim muzning ichki qatlamlariga tushganimda. Kriokonit tuynuglari kichik to'q rangdagi loydan tashkil topadi muzlikkka tushkanida va tuynuk bo'ylab pastka erishni boshlaydi vad keyin muzlaydi. Shu tarzda loy parchalarini muz ichida saqlab qoladi, huddi kichik oroldagi olamga o'xshab, har biri o'zining noyob ekotizimi bilan. Men topgan ba'zi jonzotlarni tanishingiz mumkin, bu jonzotga o'xshaganlarni -- Ularni yaxshi ko'raman. Ular huddi panjali yopishqoq ayiqchaga o'xshaydi. Suv ayig'i nomi bilan ham ma'lum. Ular o'zining noyob jihati bilan mashhur, keskin sharoitlarda omon qolishga yordam beradigan. Koinot vakuumida ham. Ammo ularni topish uchun koinot yo Antarktikaga borishni hojati yo'q. Ular yer yuzi bo'ylab moxlarda yashaydi Trotuar yoriqlaridan to parklargacha. Siz ehtimol bu son-sanoqsiz ko'rinmas jonzotlar yonidan har kuni o'tib ketarsiz. Boshqasi tanish bo'lishi mumkin ammo notanish bo'lishi ham mumkin bu nematoda kabi. Na ilon, va na chuvalchang. Ular o'ziga xos mavjudotdir. Ular chuvalchang kabi tiklanaolmaydi yoki ilon kabi sudralib yurolmaydi. Lekin ularda og'zini ichida kichkina, o'tkir ignalari bor. Ignalar ov qilishga va uni yutishga yordam beradi. Yer yuzidagi har bir odamga, 57 milliard nematoda to'g'ri keladi. Ba'zi mavjudotlar butunlay notanish bo'lishi mumkin. Lekin o'zlari ajoyib yashashadi. Bu kabi jonzotlarda tojlari aylana og'izga aylanadi ularning ichak tizimi judayam shaffof va lentasimon siyanobakteriyalar petri balig'i bo'ylab ko'p tarqalgan. Ko'pincha biz OAVda ko'radigan narsamiz mikroorganizmlarning elektron mikroskopik rasmlaridir, qo'rqinchli maxluqqa o'xshaydigan. Ularni ko'rmasak, hayoti bizga sirliligicha qoladi, garchi ular biz bilan deyarli yonma-yon yashashsa-da. Ularning kunlik hayoti qanday? Ular qanday qilib atrof-muhit bilan bog'lanadi? Agar siz hayvonot bog'ida pingvinlarni rasmini ko'rsangiz va ularni hech qachon hayotda muz ustida ko'rmasangiz, siz pingvinlarni to'liq tushuna olmaysiz. Mitti jonzotlar harakatini ko'rib, biz ularning hayotini yaxshiroq anglaymiz. Antarktikadagi va tomorqalarimizdagi ko'rinmas hayotni hujjatlashtirmasak, biz qancha mavjudotlar bilan birga yashayotganligimizni bilmaymiz. Bu esa hali ga'royib va ajoyib ona sayyoramizdan o'rganadigan narsamiz ko'pligidan dalolat beradi. . Rahmat.