Return to Video

Dance Party - Warm Up

  • 0:02 - 0:07
    Dusturlash soati | Raqs kechasi: Qizdirish
  • 0:08 - 0:12
    (Miral, Raqqosa va dasturchi, iLuminate asoschisi) - Salom!
  • 0:12 - 0:16
    Mening ismim Miral Kotb. Men raqqosa,
    dasturchi va iLuminate asoschisiman.
  • 0:16 - 0:22
    Kompyuterlar va informatika ijodkorlik
    bilan ko'plab jihatdan bog'liq
  • 0:22 - 0:23
    Rostan ham son-sanoqsiz tarzda! Aytmoqchimanki,
    siz dastur yozishni o'rganishingiz bilan,
  • 0:23 - 0:28
    undagi g'oyalarni hamma narsaga
    qo'llashingiz mumkin bo'ladi.
  • 0:28 - 0:31
    Men buni nurli kiyimlar bilan qilganman.
  • 0:31 - 0:36
    Dastur yozish vositasiga ega bo'lib siz
    juda ko'p narsa qilishingiz mumkin bo'ladi,
  • 0:36 - 0:39
    imkoniyatlar haqiqatan ham cheksiz.
  • 0:39 - 0:44
    Keyingi bir soat ichida siz raqs
    bazmini dasturlash orqali
  • 0:44 - 0:45
    kompyuter fanini o'rganishga kirishasiz.
  • 0:45 - 0:49
    Biz siz uchun xitlar va ajoyib
    raqqoslar jamoasini jamladik.
  • 0:49 - 0:56
    Siz turli xil raqqoslarni tanlash, ularning
    raqs harakatlarini o'zgartirish,
  • 0:56 - 1:00
    ularni musiqaga javob berishlari va ularni
    interaktiv qilish uchun kod bloklaridan foydalanasiz.
  • 1:00 - 1:05
    Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga
    bo'linganligini ko'rishingiz mumkin.
  • 1:05 - 1:07
    Chap tomonda o'yin maydoni joylashgan.
  • 1:07 - 1:10
    Bu yerda sizning raqqoslaringiz paydo bo'ladi.
  • 1:10 - 1:13
    Ushbu o'rta maydon asboblar panelidir.
  • 1:13 - 1:18
    Darslar davomida ushbu maydondan yangi
    kod bloklarini olish mumkin bo'ladi.
  • 1:18 - 1:22
    O'ng tarafdagi bo'sh joy ish maydonidir.
  • 1:22 - 1:28
    Dasturingizni yaratish uchun bloklarni asboblar
    panelidan ish joyiga sudrab joylashingiz mumkin.
  • 1:28 - 1:34
    Har bir qadamdagi ko'rsatmalar ekranning
    yuqori qismida joylashgan bo'ladi.
  • 1:34 - 1:41
    Agar sizga yordam kerak bo'lsa,
    shunchaki ushbu lampochkani bosing.
  • 1:41 - 1:46
    Boshlash uchun, ushbu qizil blok yordamida
    yangi raqqos yarataylik.
  • 1:46 - 1:53
    Birinchidan, uni asboblar panelidan tortib oling va uni
    to'q sariq rangli "sozlash" blokining ostiga joylang.
  • 1:53 - 1:58
    Bu raqqos mushuk va uning ismi
    "my_first_dancer".
  • 1:58 - 2:04
    Bu yerni bosish orqali uning ismini
    xohlagancha o'zgartirishingiz mumkin.
  • 2:04 - 2:10
    Buning yordamida siz raqqos paydo bo'ladigan
    joyni o'zgartirishingiz mumkin.
  • 2:10 - 2:13
    O'yin maydonining tepasida musiqa
    tanlash uchun menyu bor.
  • 2:13 - 2:19
    U yerda ko'plab qo'shiqlar bor, eng sevimlilardan topib zavqlaning.
  • 2:19 - 2:21
    O'yin maydoni ostida ishga tushirish RUN tugmasi joylashgan.
  • 2:21 - 2:26
    Uni bosganingizda, sizning dasturingizdagi raqqoslar o'yin maydonida paydo bo'ladi
  • 2:26 - 2:31
    va musiqa yangraydi.
  • 2:31 - 2:36
    [Musiqa]
  • 2:36 - 2:37
    O'zingiz sinab ko'ring!
  • 2:37 - 2:39
    Agar siz biroz to'xtab qolgan bo'lsangiz, bu muammo emas!
  • 2:39 - 2:44
    Shunchaki harakat qilishni davom eting va, qarabsizki,
  • 2:44 - 2:45
    siz o'z raqs bazmingizni yaratgan bo'lasiz!
  • 2:45 - 2:49
    Xo'sh, nimadan boshlaysiz?
Title:
Dance Party - Warm Up
Description:

more » « less
Video Language:
English
Duration:
02:56

Uzbek subtitles

Revisions Compare revisions