Return to Video

For Loops in the Bee puzzle of Course 4

  • 0:05 - 0:10
    Siz kodingiz takroriy ravishda ishlashi uchun takrorlanuvchi bo‘limdan foydalanganingizda,
    komputer qanday qilib u yetarlicha
  • 0:10 - 0:16
    marta takrorlanayotganini biladi. Bu takrorlanuvchi bo‘lim aslida kodning loop deb nomlanuvchi,
    boshlang‘ich qiymatdan
  • 0:16 - 0:22
    tugovchi qiymatgacha maxsus o‘suvchi bo‘yicha
    sanaydigan murakkabroq qismini yashirayapti.
  • 0:22 - 0:31
    Misol uchun, takrorlanuvchi uch bo‘lim 1 dan 3 gacha bittalab sanaydi.
    Har safar u sanaganda,
  • 0:31 - 0:36
    u loop ichidagi kodni ishlatadi.
    For loop loopning boshida boshlang‘ich qiymatga sozlangan va har safar loop
  • 0:36 - 0:40
    ishlatilganda unga o‘suvchi qiymat qo‘shib boriladigan sanovchi o‘zgaruvchidan foydalangan holda
  • 0:40 - 0:44
    u necha marta ishlatilganini biladi.
  • 0:44 - 0:51
    Sanaydigan o‘zgaruvchining qiymati tugovchi qiymatdan katta
    bo‘lishi bilanoq, loop ishlashdan to‘xtaydi.
  • 0:51 - 0:55
    Takrorlanuvchi bo‘lim o‘rniga haqiqiy for loopdan
    foydalanishning foydasi bu siz sanoq o‘zgaruvchisini ko‘rib turasiz va
  • 0:55 - 1:02
    undan loopingizda foydalanishingiz mumkin.
    Masalan, agar menda gullar to‘plami bo‘lib, birinchisi bitta gul changi,
  • 1:02 - 1:07
    ikkinchisi ikkita gul changi va uchinchisi uchta gul changiga ega bo‘lsa,
    men asalariga
  • 1:07 - 1:12
    har safar gulchangi sonini ayta olaman, masalan,
    birinchi gulda
  • 1:12 - 1:18
    bitta, ikkinchisida ikkita va uchinchisida uchta.
    Bundan tashqari for loopda siz
  • 1:18 - 1:23
    sanoqni birdan boshqa songa ham oshirib tura olasiz.
    Siz ehtimol ikkitadan, to‘rttadan yoki har safar o‘zgaradigan
  • 1:23 - 1:27
    biron juft miqdorda sanashingiz mumkin.
Title:
For Loops in the Bee puzzle of Course 4
Description:

more » « less
Video Language:
English
Team:
Code.org
Project:
CSF '21-'22
Duration:
01:29

Uzbek subtitles

Revisions