Aytarli yutuqlarga erishmagansiz,
oilaviy munosabatlaringiz ham
ko’ngildagidek emas,
istaganingizni xarid qilishga
imkoniyatingiz yo’ q
hayotdan ko’ngli to’lmayotgan insonga bu
kechinmalar tanish.
Hayotdan qoniqmaslik tashqi dunyoga
hasad ko’zida qarashga,
ichki olamingizga
esa nadomat nazari bilan boqishga
majbur qiladi.
Media vositalari, reklama
va ijtimoiy tarmoqlar
orzuyingizdagi kasbdan kamiga erishish
muvaffaqiyatsizlik ekanligini,
boy hissiyotlarni tuyishingiz lozimligini,
husnda tengsiz bo'lishni,
ko’p do’stlar orttirishingiz va haqiqiy
muhabbatingizni topishingiz kerakligini
qolganlar esa bularning bariga erishib
baxtli yashayotganlarini
sizga eslatib eski jarohatingizni
yangilaydi.
O’z ustingizda ishlashga
chaqiradigan maslahatgo’ylar esa
baxtsizligingizga o’zingiz sababchi
ekanligingizni pesh qilishadi.
O'tgan ikki asrdan beri tadqiqotchilar
bu hissiyotni jilovlash yo'llarini
izlashga kirishganlar.
Baxt va hayot mazmunini ilmiy jihatdan
o’rganishni maqsad qilgan pozitiv psixologiya sohasi
va insondagi halovatsizlik hissini yengishga
yeng shimargan konduktiv xulq-atvor
terapiyasiga asos solindi.
Olimlarda nega ayrimlar boshqalardan
ko'ra baxtli yashashadi, degan
degan savollar tug'ildi.
Ular erishgan yutuqlarni o'z
hayotimizga olib
kirishning iloji bormi?
Bugungi videolavha insonning
qanchalik tez do’st orttirishini,
qiyinchiliklarga bardoshlilik
va baxt darajasini yuqori
aniqlikda aytib bera oladigan xislat
halovatsizlik
hissiga qarshi eng yaxshi malham, ya'ni
shukronalik haqida
Shukronalik qulog’ingizga jurnal sahifalari
yuzini band qilgan taniqli insonlar ishlatiladigan
so’zdek jaranglashi mumkin,
ammo biz sizga taqdim etayotgan ma’lumotlar
ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarga asoslangan.
Batafsil ma’lumotlar ushbu videolavha haqidagi ma’lumotlar satrida.