Tayvanda
kalligrafning qizi bo'lib o'smoq,
hayotimdagi eng yorqin xotira
Xitoy iyerogliflarining shakli va
ko'rinishining
naqadar go'zal ekanligini ko'rsatayotgan
oyim edi.
Shu lahzadan boshlab men bu ajoyib tilga
ko'ngil qo'ygan edim.
Lekin chetdagi inson uchun bu til
Buyuk Xitoy devori kabi egallab
bo'lmaydigandek ko'rinadi.
Oxirgi yillarda meni bitta savol
qiziqtirayapti -
agar men bu devorni buza olsam,
boshqalar ham, bu tilning go'zalligini
tushunishni,
ko'rishni xohlovchilar bu ishni osonlik
bilan qila olishlari uchun.
Men Xitoy tilini o'rganishda yangi va
tezkor uslub
hozirda juda kerakli bo'lishini
o'ylab qoldim.
5 yoshimdan men har bir iyeroglifning
har bir chizig'ini,
ketma-ketlikda,
chizishni o'rgana boshladim.
Men yangi iyerogliflarni keyingi 15 yil
davomida har kuni o'rgandim.
Bizda atigi 5 daqiqa bo'lgani uchun,
yaxshisi oddiy va tez usulni qo'llaymiz.
Xitoydaik olim 20 mingta iyeroglifni
tushunadi.
Siz tilni tushuna olishingiz uchun mingta
bilishingiz kerak bo'ladi.
Asosiy 200 ta iyeroglif 40% manbalarni
tushunishingizda yordam beradi, bu sizga
yo'l belgilari, restoran menyulari,
veb-sahifalarning
asosiy mazmunini yoki gazetalarni
tushunishingiz uchun
yetarlidir.
Bugun men 8 ta iyeroglifdan boshlayman,
bu uslub qanday ishlashini ko'rsataman.
Tayyormisiz?
Og'zingizni iloji boricha katta oching,
kvadrat formasiga kirguniga qadar.
Bu og'iz.
Bu sayrga chiqqan odam.
Inson.
Agar olov shaklida insonni tasavvur qilsak,
ikki tarafida qo'llari bilan,
bu xuddi "Yordam bering, yonayapman!" deb
qichqirayotgan ayolga o'xshab qoladi.
Bu belgi olov shaklidan kelib chiqqan,
lekin menga buni boshqacha tasavvur qilish yoqadi.
Bu daraxt.
Daraxt.
Bu tog'.
Quyosh.
Oy.
Eshik belgisi shunday ko'rinishga ega,
yovvoyi g'arb barlarning
eshiklariga o'xshaydi.
Men bu 8 ta iyeroglifni "radikallar"
deb atayman.
Ular xuddi qurilish bloklariga
o'xshaydi, har biridan turli xil
iyerogliflar yasash mumkin.
Odam.
Agar kimdir orqasidan kelayotgan bo'lsa,
bu "ergashmoq", "ketidan yurmoq" degani.
Eski bir maqolda aytilganidek,
"ikkita odam — sherikchilik,
uchta — olomon".
Agar odam qo'llarini har tomonga yoysa,
u: "bu shunday katta edi"
deyayotgan bo'ladi.
Agar odam og'iz ichida bo'lsa — u tuzoqda.
U xuddi kit ichidagi Yunus singari mahbus.
Bitta daraxt — oddiy daraxt.
Ikkita daraxt — bir guruh daraxt.
Uchta daraxt, bu endi o'rmon.
Daraxtni tagiga taxtani qo'yamiz va
fundament kelib chiqadi.
Agar daraxtning yuqoriga og'izni qo'ysak,
"ahmoq" paydo bo'ladi. (Kulgu)
Buni eslab qolish oson,
chunki gapiruvchi daraxt chindan ham
ahmoqona ko'rinadi.
Olov esingizdami?
Ikkita olov birgalikda — juda issiq.
Uchta olov — juda katta olov.
Olovni ikkita eshikni tagiga
joylashtiring — bu yong'in.
Biz uchun quyosh — farovonlik manbai.
Ikkita quyosh — rivojlanayotgan degani.
Uchtasi birgalikda — bu uchqunlar.
Agar quyosh va oyni birlashtirsak —
bu yorug'lik.
Yana bu ertaga, kun va tundan keyin degan
ma'noni ham beradi.
Quyosh ufqdan tepaga ko'tariladi.
Quyosh chiqishi.
Eshik. Taxtani eshikni ichiga
joylashtiring —
bu eshik murvati.
Eshik ichiga "og'iz"ni joylashtiring
— bu savol bermoq degani.
Tuk-tuk. Uyda kimdir bormi?
Bu odam uydan darrov qochib ketadi,
yo'q bo'lib qoladi.
Chapda — "ayol" iyeroglifi.
Ikkita ayol — "bahs" kelib chiqadi.
(Kulgu)
Uchta ayol — ehtiyot bo'ling, bu xiyonat.
Biz deyarli 30 ta iyeroglif o'rgandik.
Dastlabki 8 ta radikallarni qo'llash
usuli orqali
32 ta iyeroglif yasash mumkin.
Keyingi 8 ta iyerogliflar guruhi ham
bizga yana 32 tasini yasashga
yordam beradi.
Shunday oson usul bilan siz
bir necha yuz iyeroglif o'rganishingiz
mumkin —
8 yoshli xitoylik deyarli shuncha
iyeroglif biladi.
Iyerogliflarni o'rganganimizdan so'ng
biz gaplar tuzishni boshlaymiz.
Masalan, tog' va olov bizgalikda —
yonayotgan tog', vulqon ma'nosini beradi.
Biz bilamizki, Yaponiya — kunchiqar
mamlakat.
Bu yerda manba yonida quyosh turibdi,
chunki Yaponiya Xitoyga nisbatan sharqda
joylashgan.
Quyosh va manba — bu Yaponiya.
Agar Yaponiya yonida odamni qo'ysak,
nima kelib chiqadi?
Yapon (yaponiyalik).
Chapdagi iyeroglif — ikkita tog',
ustma-ust joylashgan.
Qadimgi Xitoyda bu surgunni anglatgan,
chunki Xitoy imperatorlari o'zining
siyosiy
dushmanlarini surgun qilib aynan tog'ga
yuborgan.
Hozirgi paytda "surgun"ning ma'nosi
"ketish"ga aylangan.
Sizga qayerga chiqishni ko'rsatayotgan
og'iz,
"chiqish" degani.
Bu slayd menga ushbu chiqishimni
yakunlashimni va
sahnadan ketishimni eslatmoqda. Rahmat.
(Qarsaklar)