Bu dars kartalar bilan shartlar deb nomlanadi. Har kuni siz nimani ko‘rib, eshitishingizga qarab qaror qabul qilasiz. Men bog‘da sayr qilishni xohlayman, ammo birinchi men soyabon olish yoki olmaslik haqida qaror qabul qilishim kerak. Shuning uchun men derazadan tashqariga qarayman. Tashqari bulutli, men soyabon olmoqchiman. Aks holda, men quyoshga qarshi ko‘zoynak olaman. Menimcha, soyabon olganim yaxshiroq. Men nimani ko‘rishim va eshitishim bog‘ga nima olib borishimni belgilaydi. Shartli boyonotlar o‘yinlarda ham ishlatiladi. Bugun biz shartli boyonotlarni karta o‘yini bilan ishlatishni mashq qilib ko‘rmoqchimiz. Bu o‘yinda, men torgan karta do‘stlarim nima qilmoqchi ekanligini aniqlaydi. Agar men yettini tortsam, barcha qarsak chaladi. Aks holda, har bir kishi "avvv." deydi. Keling, buni qilib ko‘ramiz! Bahs boylayman, siz shartli boyonotlar bilan hattoki yanada qiziqroq bo‘ladigan o‘yinlarni tuza olasiz. Urinib ko‘ring! Shartli boyonotlar komputerlarni aqlliroq qilib qo‘yadi. Shartli boyonotni ichiga olgan komputer dasturi foydalanuvchiga qarshi ta’sir ko‘rsata oladi va o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartira oladi. Sevimli video o‘yiningiz haqida o‘ylab ko‘ring. Ba’zi bir harakatlar uchun boshqalar uchun qilganingizdan ko‘ra ko‘proq ishlab topa olasizmi? Bu - komputer shartli boyonotdan foydalanayotganligi tufayli sodir bo‘ladi. Bu - kopmuter qaror qabul qiladigan usul. Nima deysiz, agar siz mo‘ljalga ursangiz, siz 10 ball yig‘asiz. Aks holda, 3 ball yo‘qotasiz. Shartli boyonot qanday ishlashini bilvolganingizda, siz barcha turdagi maroqli o‘yinlarni yarata olasiz.