Stampy: Hayronman, Stacyga nima bo‘ldi? Stacy Uhh, menimcha men to‘g‘ri joydaman. Bu ajoyib! Men o‘zimni Minecraftga qaytib kelgandek his qilayapman. Salom. Ahvolingiz qanaqa? Salom? Eh, bu yerda qanaqadir yerbag‘irlab o‘sgan o‘simlik bor. Siz hech nima qilmaysiz, shundaymi? Katie: Stacy Stacy: Salom, Katie? Katie: Ha! Minecraftga xush kelibsiz. Stacy: Rahmat! Katie: Qani keling, kiring! Stacy: Bu ajoyib. Demak, siz bu yerda har kuni dasturchi sifatida ishlaysiz, to‘g‘rimi? Katie: Ha, bu juda hayajonli. Men Minecraftdagi sotuv ishlari bilan shug‘ullanuvchi jamoada dasturchiman. Stacy: Nechta dasturlash tilini bilasiz? Katie: Ish faoliyatim davomida men o‘n ikkitadan ko‘pi bilan ishlaganman. Stacy: o‘n ikkita? Katie: Ha Stacy: Demak, hozir siz mana bu o‘zini Vakil deb nomlovchi kichkina, yaratilgan bola haqida bilmasligingiz mumkin emas. Katie: Biz Vakildan Steve yoki Alex lavaga qarshi borolmay qolgani kabi ishlarni bajartirishda foydalanamiz. Stacy: Yaxshi, Men qanday qilib kod yozishni o‘rganishni xohlayman, va ular ham kodlashni o‘rganishni xohlashadi, shunday qilib, o‘rganishni boshlayotganda birinchi bo‘lib qilishimiz kerak bo‘lgan ishlardan biri nima? Katie: Xo‘sh, siz birinchi bo‘lib looplardan foydalanishni o‘rganishingiz kerak. Stacy: Yaxshi. Katie: Looplardan qayta-qayta ishlashi uchun komputerga beriladigan buyruqlarni yozishda dasturchilar foydalanishadi. Stacy: Tushundim, menimcha bularning ba’zilari bilan keyingi bosqichlarda tanishamiz, shunday ekan, davom eting va looplar bilan ishlab ko‘ring. Keyingi bosqichda, siz vakilni yo‘l bo‘ylab harakatlantirish uchun loopdan foydalanasiz. Repeat bo‘limni ish joyiga ollib keling va repeat bo‘lim ichida move forward bo‘limni joylashtiring. Bu butun boshli bo‘limlar to‘plamini ish joyiga olib qo‘ymasdan turib, komputerga bir qator kod orqali bir xil narsani ko‘p marotaba qilishi kerakligini aytadi. Repeat bo‘limda biron son berish orqali necha marta qaytarilishini tanlay olasiz. Siz repeat bo‘limga ham burilishlar va ko‘plab buyruqlar qo‘ya olasiz, ammo hozircha takrorlanishdan foydalanib, vakilni bir necha qadam oldinga siljitishni mashq qilib ko‘ring. Esingizda bo‘lsin, agar siz boshqotirmada qimirlay olmay qolsangiz, doimo ko‘k rangdagi reset tugmasini bosa olasiz va qaytadan urinib ko‘rishingiz mumkin Agar siz Katienikiga o‘xshagan biron ajoyib ish qilishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, davom eting va har bir bosqichni tugatganingizda show code tugmasini bosing. Bu sizga Katiega o‘xshagan u Minecraftda haqiqiy dasturlash bilan shug‘illanganda foydalanadigan haqiqiy JavaScript kodini ko‘rsatadi. Nima bo‘lganda ham, katta rahmat! Katie: Ha, Barchaga omad!