Demak, biz shu yerdamiz. Men uydaman, aminmanki, sizlarning ko'pchiligingiz ham uydasiz. Biz hammamiz tushunishni boshladik qanday qilib bir-birimizga bo'lgan aloqalarimiz va biz yashaydigan joylar o'ziga xoslik hissimiz va maqsadimizga qanchalik ta'sir qilishini. Ko'p narsa keskin o'zgardi. Hozirda har qachongidan ko'ra biz bir-birimizdan uzoqmiz. Lekin men sizga aytsam yuragingizdan qo'lingizgacha bo'lgan yo'lni topa olasiz qayta bog'lanish uchun. Bu esa amaliyot orqali bo'ladi, borliqni qabul qilgan holda. Sizga o'y-xayolingizni qayta ishga tushirishga yordam beraman bu yangi reallikni zavq, ishtiyoq, tasavvur va umid bilan qaytadan kashf qilishga. Buning uchun bor yog'i qalam kerak, sizga yo'l ko'rsatish uchun. Boshidan boshlasam, Bolaligim janubiy Londondagi nohiyada o'tgan. Men boshqacha edim. Olti farzandning to'ng'ichi edim, barchalarini qiyofasi haqiqiy inglizcha edi: malla soch, ko'k ko'zlar, juda yoqimli. Buyoqda esa men: yarim nigeriyalik, jigarrang, va jingalak sochli. Agar boshqacha ko'rinsangiz nima bo'ladi? Boshqacha his qilsangiz, ko'plab hollarda, boshqacha o'ylasangiz, atrofdagi hammadan ajralib tursangiz. Qanday qilib qorong'ulik, irqchillik, gomofoblik, yolg'izlikdan chiqib, o'z yo'lingizni topishingiz mumkin? Shu joyida qalam yordamga keladi. Men chizishni boshladim. Ko'rib turganingizdek, menda bu qalam bor va u o'z manzilini biladi. Men esa unga qanday ergashishni juda yaxshi bilaman. Birinchi qilgan ishim, chiziq ortidan ergashdim, va men o'zimni menga ishonmagan ushbu madaniyatdan xalos qildim. Men qalamimga ishondim va u meni Sentral Saint Martinz ga yetakladi, Londondagi ajoyib san'at maktabi. va ayni yoshlik chog'imda bitirdim. Lekin, shuni angladimki men uchun Londonda joy yo'q edi, chunki, xoh ishoning, xoh ishonmang Angliya haligacha sinf tizimi chuqur ildiz otgan mamlakatdir. Ishchi oiladan bo'lgan, yosh, qora tanli, gey rassom ayol sifatida, Menda imkoniyat yo'q edi. Shuning uchun men Londonni tark etib, Yaponiyaga yo'l oldim. U yerda meni qayerdan ekanligimning ahamiyati yo'q edi. Men shunchaki bir "gaijin" edim, u "boshqacha" degan ma'noni bildiradi. Odamlar yaratuvchanlik va hunarni e'zozlaydigan madaniyatga singib ketdim. U yerda odamlar hunarini avlodlar davomida sayqallashtiradi. Bu madaniyat ham joyning, ham vaqtning qadriga yetadi, shuning uchun rassomlar erkinlik bilan ijod qila olishadi. Shu tarzda men bir joyni kashf qildim. Tokioda umuman yomonlik ko'rmadim. ijod qilish uchun g'azab yoki og'riq endi menda yo'q edi. Men o'zimga boshqa joydan ijod qilishga izn berdim va men ushbu ajoyib narsani topdim qog'ozdagi chiziqlardan chiqib ketishni. Men shu narsani topdim va u boshimni yuragimga, qo'limni esa hamma narsaga bog'ladi. Men dunyoni o'zgacha nazar bilan ko'ra boshladim. Men burchaklarda bog'liqlikni topdim va o'zim oldin bilmagan muammolarga yechimlar topdim. bu xuddi shunday dunyoki, uning oq-qorasini shundoq ko'rish mumkin. Shunday ekan, boshqa qo'rquv qolmadi. Mening qalamim huddi fonusdek va ko'plab narsalar hali noma'lum edi, biroq bu qo'rqinchli emasdi. Besh yil Yaponiyada yashab, hunarimni rivojlantirganimdan keyin, Menga endi yangi cho'qqilar kerak edi, Keyin Nyu-Yorkka ketdim, chunki rassom sifatida shunday qilish kerak edi, Dunyoning eng zo'r shahriga ko'chish, shunga imkon berardiki siz o'zingizni butunlay ko'rinmasdek his qilasiz. Mana shu payt men o'zimdan so'ray boshladim, "Sen kimsan o'zi?" Tongda uyg'onib, kunimni boshlashdan oldin, Shu haqida chuqur o'ylardim. Shu hayol bilan chizishni davom ettirdim. Men chiziq ortidan ergashdim va qalamim yo'l boshladi. Qalamni olishga hammaning imkoni bor. Men shunchaki o'zimni bo'sh qo'yardim, barcha o'y-xayol, qo'rquv, xatarlardan halos etib. Yo'limda uchragan har narsa, o'zligimga halaqit beradigan narsalar o'ziga xos erkinlikni his qilishimimga olib keldi. Nyu-Yorkka kelganimda, Men san'at qoidalariga rioya qilishni istamadim. Men o'zimning boshqacha bo'lgan san'atimni davom ettirdim va chizishda davom etdim. Qiziquvchanlik qalamim uchun siyoh bo'ldi va men chuqurroq shug'ullana boshladim. Vaqt o'tib, o'zimga yaxshigina, ishonchli bo'sh joy yaratdim, faqat meniki bo'lgan bo'sh joy. Boshida, bu shunchaki yotoqxonam edi. Ammo o'sha yotoqxonam. "Nyu-York Tayms" da tugadi va kutilmaganda meni taniy boshlashdi o'zim yaratgan dunyo uchun. O'shandan beri, eng atoqli rassomlar bilan hamkorlik qilib, ijod qildim, institutlar bilan ham, Tayms Skverdagi ekranlardan tortib, Nyu-York shahri Baletigacha, rassomchilik seriyalarida qatnashdim. U yerda men bir qator raqqoslar bilan gaplshdim. Ularning so'zlari va hikoyalari asos bo'lib xizmat qildi 30 dan ortiq chizmalar va san'at asarlari uchun, Ular tomosha devorlari, derazalar va pollarni qoplagan edi, Uzoq vaqt davomida, Men o'y-xayol va she'riyat uchun joy yaratishni xohladim. 2019-yilda esa, Menga shunday qilishga imkon berildi, "Trast of Gavernors Ayland" tomonidan. Ular menga mukammal joy berishdi, sobiq harbiy ibodatxona ko'rinishidagi. "May oyi uyi" bilan tanishing. Tashqi tarafdagi rasmlar "Ayland" tarixidan ilhomlanib chizilgan. Siz ichkariga kirib, oyog'ingizni yechasiz va polda labirinit shaklidagi rasmni ko'rasiz, u sizni o'zingizga olib boradi. Bu tinchlanishga bo'lgan chaqiriqdir va shu tarzda siz devorda so'zlarni ko'rinshingiz mumkin. "Donishmand bo'ling." "Kechasi tinch uxlang." "Daraxtlarni asraymiz." "Siz... ." "Siz... ."Biz... . " Bu so'zlar xuddi sizdan chiqayotgandek yoki sizga singib ketayotgandek. Men chizgan chizig'imga til bo'lishiga imkon berdim, xuddi hayot kabi ochilgan tilga o'xshab. Sukunat yuzaga kelganda, Men suhbatdan bog'liqlik izladim, Noqulaylikni yo'qotish uchun, savollar so'ragan holda. Chizish menga o'z qoidalarimni yaratishni o'rgatdi. u meni ko'zimni ochdi, nafaqat bor narsalarni ko'rishni, balki nima bo'laolishini ham va darz ketgan tizimlar bo'lsa, biz yangilarini yaratamiz, ish beradigan va hammaga foydasi tegadiganini, ozchilikdan tanlagandan ko'ra. Chizish menga dunyo bilan qanday aloqa qilishni o'rgatdi va chizgan chiziqlarimni tilidan shuni angladimki, eng muhumi tanilishda emas, balki biz boshqalarga nima bera olishimzda va erkinlik orqali ko'ra olish imkonida. Bu to'g'ridan-to'g'ri ma'nodamas, Chunki ko'z bila ko'rish, ko'rishning bir tomonidir. Aytmoqchi bo'lganim, dunyoni to'laligicha tajribada his qilishdir, yoki, yanada qiyin sinovlar paytida, xuddi biz bugun duch kelgan sinovdagidek. Men Shantell Martinman. Men rasm chizaman va men sizni qalam tutishga chaqiraman. U sizni qayerga yetaklashini ko'ring. (Musiqa)