Agar siz o'z o'yiningizni yaratmoqchi bo'lsangiz, bu, rostan ham, qiyin emas. Buning uchun sizga keragi - faqat dasturlash ba'zi bir asoslari va siz o'z o'yiningizni yasab o'ynay boshlashingiz mumkin. Sevimli video o'yiningiz bormi? Biz Playlab bilan xuddi u kabi o'yinlar yaratish sari bir yo'l olmoqchimiz. Yaxshi o'yinlarda hikoya bo'ladi va har bir hikoya qahramonlarga ega. Qahramonlar gapiradi, harakatlanadi va bir-biri bilan o'zaro amal qiladi. Balki hatto o'yin qoidalari bo'yicha ball yig'ar. Bugun biz bularni o'yin qahramonlari birma-bir qilishni o'rganamiz va keyin noldan boshlab qiziqarli telefonda o'ynalishi mumkin va ulashish mumkin bo'lgan o'yin yaratishni o'rganamiz. Ekraningiz asosiy uch qismga bo'lingan. Chap tomonda o'yin maydoni, unda dastur ish tushadi. Har bir bosqich uchun ko'rsatmalar uning ostida berilgan. Bu o'rtadagi maydon - bu asboblar qutisi va ushbu bloklarning har biri kodning bir qismidir. O'ng tomondagi bo'sh joy "ish maydoni" deb nomlanadi, bu yerda biz dasturimizni yaratamiz. Boshlash uchun bloklaringizni to'q sariq rangdagi "when run" bloki bilan bog'lashingiz kerak bo'ladi. Bir nechta bloklarni sudrab bir-biriga bog'lashingiz mumkin, sariq chiziqni ko'rmaguningizcha - shunda ular birlashib qoladi. Ushbu birinchi jumboqda biz "Say" blokini "Run" blokiga bog'lash va unga biron gapni kiritish yordamida qahramonlarni gapirtiramiz. Bloklarni joylagach, "Run" tugmasini bosib nimani dasturlaganingizni ko'rishingiz mumkin. Dars yakunida siz muloqot qiladigan, ball to'playdigan, narsalar otadigan va bir-birini yo'q qiladigan qahramonlarga ega o'yiningizni yasay oladigan bo'lasiz. Hammasi sizga bog'liq!