Men Aloe Blaccman.
Men xonandaman, qo‘shiq yozaman va tomoshalar ko'rsataman.
Menimcha, kompyuter ilmini o‘rganish juda muhim
chunki, kompyuter ilmi bu kelajak.
Yana o‘ylashimcha, odamlar uchun ularning hayotini mubolag‘asiz nazorat qilayotgan
texnologiyalarni nazorat qila olish juda muhim.
Raqs harakatlarini musiqaga mos qilish uchun
siz events (hodisa) deb nomlanadigan narsadan foydalanishingiz mumkin.
"Event" dasturga biron nima sodir bo‘lishini "listen" - eshitish kuzatishni va shu zahotiyoq
javob qaytarishga imkon beradi.
Masalan, sichqonchani bosish, yo‘nalish tugmasini bosish
yoki ekranda boshqa biror joyni bosish kabi hodisalar bo‘lishi mumkin.
Biz hozir foydalanmoqchi bo‘lgan hodisa qo‘shiqdagi o‘zgarishni kuzatadi.
O‘sha o‘zgarish sizning raqqosingizni yangi raqs tushishga undaydi.
Malakali raqqoslar o‘zlarining raqs harakatlarini qo‘shiqning bitta-bitta urayotgan zarbini sanab mashq qilishadi.
Musiqada, biron o‘lchov zarblarning ma’lum bir soniga ishora qiladi.
Ko‘plab mashhur qo‘shiqlarda, o‘lchov 4 zarb uzunligida bo‘ladi.
Raqqoslarni bo‘sh qo‘yish uchun sizga yashil hodisa
bo‘limi kerak bo‘ladi.
Bu hodisa bo‘limi 4 o‘lchovdan keyinligini aytayapti.
Agar siz safsar "do forever" bo‘limini tanlasangiz, u holda raqqosingiz uchun biron raqsni tanlashingiz mumkin bo‘ladi.
U to‘rt o‘lchamli hodisa bo‘limi ostida bo‘lganligi tufayli,
raqqosingiz ularning raqsi boshlanishidan oldin qo‘shiqning 4 o‘lchamini kutib turishiga to‘g‘ri keladi.
Displeyning yuqorisidagi o‘lcham hisoblagichdan ko‘zingizni uzmang.
Raqs kodini harakatga keltiradigan hodisaga qarang va quloq soling.
Va shu zahotiyoq raqs boshlanishi uchun ishora!