Stacy: Stampy, Lizzy, Preston - men bilan kelganingiz uchun rahmat sizlarga. Men sizga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan narsa mana bu yassitog‘lik ortida. Ishonamanki, u sizga yoqadi! Bir daqiqa kutib turing - so‘qmoqda qanaqadir teshik borku (baqirish) Hamma yaxshimi? Stampy: Eh, men muammoni tushundim. Qarang! Bu so‘qmoqda qanaqadir teshik bor edi. Stacy: Stampy, rostdanmi? Lizzy: Balki uni to‘g‘irlash uchun bo‘limlarni yig‘ishimiz kerakdir. Preston: Keling bitta musobaqa o‘tkazamiz. Eng yuqoriga birinchi bo‘lib qaytgan g‘olib bo‘ladi. Stacy: Yaxshi, sizning hisobingiz bo‘yicha sozlaymiz, boshladik! Yaxshi, men mana bu terracottani yig‘moqchiman. Kutib turing. Bolalar, men qaziy olmayapman! Presten: Men ham. Lizzy: Men ham qaziy olmayapman. Stacy: Yaxshi, bu rostdan ham kutilmagan holat. Stampy, siz qaziy olasizmi? Stampy: Men qaziy olmayman! Stacy: yaxshi, barcha o‘zini qo‘lga olsin. Stampy: O‘yin buzildimi? Stacy: Agar shunaqa bo‘lsa, buni qanday qilib to‘g‘irlaymiz? Lizzy: Bilmayman. Stampy: Kimdir Minecraftda kod yozishni biladimi? (voy) Preston: Bu nima? Stampy: Men oldin bularni birontasini ham ko‘rmaganman. Lizzy Bu shunchalar go‘zalki! Stacy: Uni qo‘lga o‘rgatsa bo‘ladimi? Preston: Xo‘sh, nima bo‘lyapti o‘zi? Rostakam dunyoga qaytish va buni to‘g‘irlash uchun kimdir kerak. Barcha: Bu emas! Stacy: Men emas! Yaxshi, men boraman. Hoy! Eh, yaxshi, hoy, hozir men rostakam dunyodamanmi shunday qilib. Men borib Minecraft idoralarini topishga harakat qilaman. Ammo menga sizning yordamingiz kerak bo‘ladi. Bu videodarsni, qanday kod yozishni o‘rganishni boshlang, va bir nechta bosqichdan keyin men sizlarga yetib olaman, xo‘pmi? Menga omad tilang! Menimcha u bu yo‘lda. Vov! Kaktus! Men yaxshiman! Kod yozish musobaqasi soatini tamomlash uchun siz mana bu vakilni dasturlaydigan kod yozishingiz kerak. Siz yo‘lingizdagi istalgan to‘siqni tozalash uchun o‘sha vakil bilan ishlaysiz, shunday qilib, siz sayohatingiz uchun kerak bo‘ladigan narsalarni tanlab olishingiz mumkin. Faqatgina vakil bo‘limlarni joylashtira oladi va buza oladi va faqatgina siz narsalarni yig‘a olasiz. Ekraningiz uchta asosiy qismga bo‘linadi. Chap tomonda Minecraft. O‘rtadagi maydon bu Vakil tushuna oladigan buyruqlar kiritilgan uskunalar qutisi. Va o‘ngda ish joyi joylashgan. Bu yerda siz Vakilni nazorat qiladigan dasturni qurish uchun kerak buyruqlarni taxlaysiz. Bu vakil yura oladi, burila oladi va zich disklarni harakatga keltira oladi. U yana bo‘limlarni buza oladi va joylashtira oladi. U bo‘limlarni mana bu minecraft zinalari singari joylashtirganida, ularni o‘zidan pastda joylashtiradi. Agar siz nima qilishni unutsangiz, har bir bosqich uchun yuqorida ko‘rsatmalar berilgan. Agar siz yana harakat qilib ko‘rishni xohlasangiz, barcha narsani boshlangan joyiga qaytarish uchun ko‘k rangdagi reset tugmasini bosa olasiz. Va agar siz kodning biron bo‘limini o‘chirishingiz kerak bo‘lsa, uni ish joyingizdan olib, uskunalar qutisiga qo‘ying. Vakilni harakatlantirish uchun runni bosishni unutmang. Yaxshi, davom eting va birinchi bir nechta darajalarni qilib ko‘ring. Omad!