Internet: IP Manzillar va DNS
Salom! Mening ismim Paola, men Microsoftda
dasturiy ta'minot injeneriman.
Keling, Internet qanday ishlashi haqida gaplashamiz.
Men internet tarmoqlarining o'zaro aloqa o'rnatishi
bilan shug'ullanaman, lekin 1970-yillarda
buni amalga oshirish uchun aynan standart usul yo'q edi.
Vint Serf va Bob Kan kommunikatsiya imkonini beradigan
tarmoqlararo ishlaydigan protokolni
ixtiro qilishadi. Ushbu ixtiro tufayli
hozirda biz Internet deb ataydigan narsaga
asos yaratildi. Internet bu tarmoqlarning tarmog'idir.
U dunyo bo'ylab milliardlab qurilmalarni
bog'laydi. Siz noutbuk yoki
telefon orqali Wifiga ulangan bo'lishingiz mumkin,
so'ng Wifi Internet provayderi (yoki
Internet xizmatlari provayderi) ga ulanadi va
sizni dunyo bo'ylab yuzlab qurilmalar orqali
o'zaro bog'langan milliardlab
qurilmalarga ulaydi. Ko'pchilik
chuqur anglamaydigan oddiy narsa shundaki,
Internet haqiqatan ham dizayn falsafasi va
protokollarga asoslangan arxitekturadan iborat.
Protokol - bu agar barcha tomonlar ulardan
foydalanishga rozi bo'lsa, ularga o'zaro uzluksiz aloqa
o'rnatishga imkon beradigan ma'lum qoidalar va standartlar to'plamidir. Internetning dizayn falsafasi tarmoqga yangi
kommunikatsiya texnologiyalarini moslashtirish
va o'zlashtirishga imkon berganligi
sababli jismoniy jihatdan qanday ishlashi unchalik
muhim emas. Chunki yangi texnologiya Internetdan
qandaydir tarzda foydalanish uchun faqat protokollar bilan
ishlashni bilishi kerak. Internetdagi barcha
turli xil qurilmalar takrorlanmas manzilga ega. Internet manzili -
shunchaki telefonning raqamiga o'xshash
yoki biron bir ko'cha manziliga o'xshash raqamlardir,
bu tarmoqdagi har bir kompyuter yoki
qurilmaga xosdir. Bu xuddi
uy va ofis pochta xizmatiga o'xshaydi.
Unga xatni pochta orqali yuboradigan odam kimligini bilishingiz shart emas,
lekin siz uning manzilini qanday qilib to'g'ri yozishni
bilishingiz kerak,
shunda xat pochta tizimi tomonidan kerakli
manzilga yetkazilishi mumkin.
Internetdagi kompyuterlarga murojaat qilish tizimi
Internet-aloqada ishlatiladigan eng muhim protokollardan
biri bo'lib, Internet Protokoli yoki
IP deb nomlanadi. Shuning uchun kompyuterning manzilini
IP-manzili deb ataymiz. Veb-saytga kirishni shunchaki
sizning kompyuteringiz, boshqa kompyuterdan ma'lumot
so'rashidek tushunsa bo'ladi. Sizning kompyuteringiz
boshqa kompyuterning IP-manziliga xabar
va shuningdek, haqiqiy manzilini yuboradi, shunda
boshqa kompyuter qayerga javob yuborishini biladi.
Siz IP-manzilini bilsangiz kerak. Bu shunchaki
raqamlar to'plamidir! Bu raqamlar ierarxiyada
tartiblangan. Uy manzilida
mamlakat, shahar, ko'chalar, va uy raqamlari
bo'lgani kabi, IP-manzilida ham ko'p qismlar mavjud. Barcha raqamlar
ma'lumotlar singari, har biri bit bilan
ifodalanadi. An'anaviy IP-manzillar
32-bit uzunlikda, manzilning har biri qismi uchun 8 bit bo'ladi.
Oldingi raqamlar odatda
qurilmaning mamlakat va mintaqaviy tarmog'ini aniqlaydi. Keyin
quyi tarmoqlar, so'ngra
ma'lum bir qurilmaning manzili keladi. IP manzillashtirishning ushbu
versiyasi IPv4 deb nomlanadi. U 1973-yilda ishlab chiqilgan
va 80-yillarning boshlarida keng tarqalib,
4 milliarddan ortiq unikal manzilli
qurilmalarning Internetga ulanishini ta'minlaydi.
Ammo Interner Vint Serf
kutganidan ham ko'ra ancha mashhur bo'ldi
va 4 milliard noyob
manzillar yetarli bo'lmadi. Hozirda biz ko'p
yillik IPv6 formatiga
o'tishni boshladik, u har bir manzili uchun
128 bitdan foydalanadi va 340 milliarddam ortiq noyob
manzillarni taqdim etadi. Bu xuddi mana bu qumlardan
har bir qum donasining o'z
IP-manziliga ega bo'lishi uchun yetarli deganidir. Aksariyat foydalanuvchilar hech qachon IP manzillarini ko'rishmaydi va ularga ahamiyat berishmaydi.
Domen nom tizimi yoki DNS www.example.com
kabi nomlarni tegishli IP manzillar bilan
bog'laydi. Sizning kompyuteringiz DNS-dan
domen nomlarini qidirishi va IP-manzilini olish uchun foydalanadi,
bu sizning kompyuteringizni Internetdagi manziliga ulash
uchun ishlatadi. Va
quyidagiga o'xshash narsa sodir bo'ladi: (ovoz
1) "Salom, men www.code.org saytiga kirmoqchiman."
(ovoz 2) "Mm.. ha, men ushbu domen uchun IP-manzilini
bilmayman. Hoy siz
code.org? qanday kirishni bilasizmi" (ovoz 3)
"Ha, Men mana bunday kiriladi 174.129.14.120."
(ovoz 2) "Yaxshi, ajoyib, rahmat. Men buni yozib, keyinroq
saqlab qo'yaman.
Men bunga yana muhtoj bo'laman. Hoy mana
siz xohlagan manzil." (ovoz 1) "Ajoyib! Rahmat." Qanday qilib
milliardlab qurilmalar uchun turli xil
veb-saytlarni qidirib
topish tizimini yaratilgan? Bitta DNS-server
barcha qurilmaning so'rovlarini bajara olishining imkoni yo'q.
Javob: DNS serverlari ma'lum ierarxiyada bog'langan
va zonalarga bo'linib
.org, .com, .net, va boshqalar kabi yirik domenlar
uchun javobgarlikni
o'zaro bog'lashadi. Dastlab DNS hukumat va ta'lim
muassasalari uchun ochiq,
ommaviy aloqa protokoli sifatida yaratilgan. Ochiqligi tufayli
DNS kiberhujumlarga qarshi himoyasiz hisoblanadi.
Hujum namunasi DNS ni soxtalashtirilishi.
Haker DNS-serverga ulanishi va noto'g'ri
IP-manzil bilan domen nomiga mos ravishda
o'zgartirishi mumkin. Bu esa odamlarni
yolg'on veb-saytiga o'tkazib yuborishga sharoit beradi.
Agar bu sizda ham sodir bo'lsa, siz ko'p soxta veb-saytlardan
xuddi haqiqiy sayt kabi foydalanayotgningiz uchun
ko'p muammolarga duch kelasiz. Internet har kuni yangilanib,
kattalashib bormoqda. Ammo domen nomlar tizimi va
Internet protokoli qanchalik tez o'smasin,
ularning soni chegaralangan.