Haqiqtdan ham, men bu ikki soatli nutqni yuqori sinf maktab o'quvchilariga gapirganman, endi esa uni qisqartirib, 3 daqiqali nutq qildim. Buning hammasi 7 yil oldin, TED ga ketayotganimda, samoletda, bir kunda boshlandi. Mening yonimda yuqori sinf maktab o'quvchisi o'tirar edi va u juda kambag'al oiladan edi. U hayotida biror yutuqqa erishmoqni xohlardi va mendan bitta soddagina savol so'radi. "Muvaffaqiyatga etaklovchi nima?" deb so'radi u. Men unga yahshi javob bera olmaganim sababli, o'zimni juda yomon his qildim. Hullas, men samoletdan tushib, TED ga keldim. Men o'yladim, ahir men muvaffaqiyatli insonlarga to'la bo'lgan xonaning o'rtasidamanku! Nimaga men ulardan muvaffqiyatga erishishlari uchun nima yordam berganligini so'ramasligim va Va nima uchun bu fikrlarni yosh bolalarga yetkazmasligim kerak? Mana endi, yetti yilu 500 intervyulardan keyin, men sizlarga muvaffaqiyatga nima sabab bo'lishini va TED jamiyatining faollarini harakatga keltiradigan sabablarni aytib bermoqchiman. Birinchi narsa - chanqoqlik. Freeman Thomas aytgan: "Meni chanqoqligim boshqaradi." TED faollari biror ishni muhabbat uchun bajaradi, pul uchun bajarmaydi. Carol Coletta aytgan: "Man o'zim bajaradigan ishni boshqalar bajarishi uchun ularga pul to'lashga ham tayyorman." Qiziqarlisi shuki, agar siz biror ishni muhabbat bilan bajarsangiz, pul baribir keladi. Ishlang! Rupert Murdoch menga aytdi, "Buning hammasi tirishqoqlik sabablidir. Hech narsa osonlik bilan kelmaydi. Lekin men bajargan ishimdan juda ko'p lazzat olaman. U lazzat dedimi? Rupert-a? Ha! TED faollari ishlab rohatlanadilar. Ular tirishqoqlik bilan ishlaydilar. Men anglashimcha ular ishga mukkasidan ketganlar emas. Ular mehnatsevarlar. Yahshi! Aleks Garden aytgan: "Muvaffaqiyatli bo'lish uchun biror ishni tanlab, shu ishda eng zo'r inson bo'ling." Hech narsada sehr yo'q, bu mashq, mashq, mashq. Va bu diqqat - e'tibor. Norman Jewison menga aytdi, "Mening fikrimcha, buning hammasi diqqat-e'tiboringizni bir narsaga qaratish sabablidir " Va Olg'a! David Gallo aytadi, "Olg'a harakat qiling. Jismonan, aqlan, olg'a harakat qiling, olg'a, olg'a." Uyalish va o'zingizga bo'lgan shubhadan chiqib ketishingiz kerak. Goldie Hawn aytadi, "Men har doim o'zimga shubha bilan qarardim. Men yetarli darajada biror ishni bajarishda yahshi emas edim, yetarli darajada aqlli emas edim. Men biror ishni uddalay olaman deb o'ylamas edim." Hozirgi paytda, har doim ham o'zini biror narsaga majburlab undash oson emas, shu sababli onalar yaratilgan. (Kulgi) Frank Gehry - Frank Gehry menga aytdi, "Mening onam meni ishga undar edi." Hizmat qiling! Shervin Nuland aytadi, "Shifokor bo'lib hizmat qilish menga imtiyoz edi" Hozirgi kunda ko'p bolalar menga millioner bo'lishni xohlashlari haqida aytadi. Men ularga aytadigan birinchi narsa, "Ho'p, sizlar o'zinglarga hizmat qila olmaysizlar, sizlar boshqalarga biror qimmatli hizmat ko'rsatishinglar kerak. Chunki, shu yo'l bilan insonlar boy bo'ladilar." G'oyalar. TED ishtirokchisi Bill Gates aytadi, "Menda bir g'oya bor edi - birinchi micro-computer dasturlari kompaniyasini tuzish." Bu juda yahshi g'oya edi deb ayta olaman, G'oyalar o'ylab ijodkorlik qilish uchun hech qanday sehr yo'q, u shunchaki juda oson ishlarni bajarishdir. Shu jumladan, juda ko'p misollar keltiraman. Qat'iyatli bo'l. Joe Kraus aytadi, "Qat'iyatlilik muvaffaqiyatlarimizning birinchi o'rindagi sababidir." Omadsizlikdan chiqish uchun qat'iyatli bo'lishingiz kerak. Arzimas ishlardan qat'iyatlilik bilan chiqishingiz kerak. Bu albatta shuni anglatadiki, "Tanqid, rad etish, ahmoqlik va tazyiq." (Kulgi) Hullas, katta - bu savolga javob oddiydir: 4,000 dollar to'lang va TED ga keling. Yoki bunda muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, sakkizta ishni bajaring, va ishoning menga, bular muvaffaqiyatlikka olib boradigan katta sakkizta narsalardir. TED ishtirokchilari hamma intervyularingiz uchun sizlarga rahmat!