Men 7 yoshligimda, singlimning yoshi endigina 5 edi, 2 qavatli karavotning yuqorisida o’ynar edik. O’sha kunlarda men singlimdan 2 yoshga katta edim, hozir ham ikki yoshga kattaman, lekin o'shanda men istagan narsamni qilishi kerak ekanligini bildirardi, men urush o’ynamoqchi edim. Mana biz yuqorida o’tirar edik. Va mana karavotning bir tomonida, mening o’yinchoq askarlarim va texnik uskunalarim, boshqa tarafda esa, singlimning barcha kichkina otlari, otliqli hujumga tayyor turishibti. O’sha kuni, u yerda nima sodir bo’lgani haqida turli taxminlar bor, lekin, mening singlim hozir bu yerda emas, shunga keling, sizga haqiqatni aytaman. (Kulgi) Rostini aytsam, mening singlim biroz beso’naqay. Men uni siljitmadim, hatto tegmadim ham, lekin bir zumdan so'ng, Emi 2 qavatli karavotdan tushib ketdi va qattiq shovqin bilan polga yiqildi. Men juda qattiq qo’rqib pastga qaradim, u sog’lom ekanligini bilish uchun, va u qattiq og'riq bilan, emaklash holatida polga qo'nganini ko'rdim. Men qo’rqib ketdim, chunki ota-onam menga, biz singlim bilan imkon qadar jim va ehtiyotkor o’ynashni buyurishgan edilar. Gap shundaki, o'zi bir haftagina oldin, men Emining qo'lini sindirib qo'ygan edim... (Kulgi) (Kulgining tugashi) qahramoncha uni, rostakam bo’lmagan snayper o’qidan, itarib yuborgan edim. (Kulgi) U menga hatto rahmat degan edi, men esa bor kuchim bilan harakat qildim u o’qni hatto ko’rmadi ham. Men o’zimni yaxshi tutishga harakat qilar edim. Va men singlimning yuzida alam, og’riq va ajablanishni ko’rdim, u yig’lashga tayyor turgan edi va buni tinch uxlab yotgan ota-onam eshitishlari mumkin edi. Shunda, mening 7 yashar, qo’rqib turgan boshimga kelgan, birinchi narsani qildim. Bolalaringiz bo’lsa, bunday voqealarni ko’p ko’rgandirsiz. Men: “Emi to’xta! Yig’lama. Qanday qo'nganini ko’rdingmi? Hech kim emaklash holatida qo'nmaydi. Emi, menimcha, sen muhr bo’lsang kerak!” (Kulgi) Ha, men aldadim, chunki singlimning eng katta orzusi, bir qo’li singan 5 yashar Emidan – sehri muhr Emiga, aylanib qolish edi. Albatta, bunday tanlov uning boshida, avval yo'q edi ham. Endi esa bechora Emi va uning kichkinagina miyasi, o'zi kutmagan qarama-qarshilikka duch keldi: hozir u kechirgan qattiq va rostakam og’riqni, alam va ajablanishmi, yoki muhrga aylanganidan hursandchilikni tanlashmi? U 2 variantni tanladi. U bizning o’yinimizni tashlab, baqirib ota-onamizni uyg’atishni, men uchun barcha salbiy oqibatlari bilan, o'rniga aksincha, u chiroyli kulib, endi tug’ilgan muhrning nafisligi bilan karavotning tepasiga qaytib chiqdi ... (Kulgi) bitta singan oyoqi bilan. O’sha paytlarda, besh va yetti yasharligimizda, yigirma yil o’tib, ilmiy inqilobning yetakchi fikrini va inson ruhiyatining ko’rinishini butunlay o’zgartirgan g’oyani topganligimizni bilmas edik. Biz ijobiy psixologiyaning asosiy fikrini topdik, shu sababli men bugun shu yerdaman va shu sababli har kuni ertalab uyg’onaman. Men turli kompaniyalar va maktablarning vakillari bilan suhbatlashishni boshladim, ular aytgan birinchi narsa, taqdimotni grafik bilan boshlamang. Endi esa men taqdimotni grafik bilan boshlayman. Grafik zerikarli tuyiladi, lekin u meni mamnun qiladi va har kuni ertalab, dalda beradi. Unda hech qanday ma’no yo’q. Ma’lumotlar to’qilgan. Biz payqadikki – (Kulgi) Men sizlarni sinasam va bu ma’lumotlar tasdiqlansa, jamiyatdagi o’zgarishlarni isbotlashadi va mening ishimni chop etishlari mumkin, Meni qiziqtirayotgan yagona narsa shu. Egri ustidagi g’alati qizil nuqta bor, Bu shu xonada o’tirgan, bir g’alati kishidir – men siz kimligingizni bilaman, sizni ko’rganimga ancha bo'ldi. Bu muammo emas. Bitta nuqta umuman katta rol o’ynamaydi, uni osonlikcha olib tashlash mumkin. Men uni olib tashlashim mumkin, chunki bu o’lchovdagi xato. Bu o’lchovdagi xatoligini bilamiz chunki u mening ma’lumotlarimga zid. (Kulgi) Iqtisodiyot, statistika, biznes va psixolgiya kurslarida, birinchi bo’lib, biz statistikaga tayangan tarzda, g’alati insonlardan qutilishni o’rgatamiz. Qanday qilib xatoni olib tashlab, grafikni saqlab qolishimiz mumkin? Qiziq, "ortacha" inson kuniga nechta Advila dorisidan ichishi kerakligini so'rasam - 2 deb aytishadi. Lekin, men, sizning salohiyatingiz, baxtingiz, yoki unimdorligingiz, yoki ijodingiz darajasiga qiziqsam, biz fan bilan “o’rtacha” shaxsni yaratamiz. Agarda men, “Bola qanchalik tez o’qishni sinfda o’rganishi mumkin?” deb savol bersam, olimlar javobni o'zgartirib: “Qanchalik tez shu sinfdagi “o’rtacha” bola o’qishni o’rganadi?” va butun sinfni 1 ta darajaga tenglashtiramiz. Agar, sizda "o'rtacha" dan past bo'lsangiz, psixologlar juda xursand bo'lishadi, chunki, bu tushkunlikni anglatar edi, yoki ruhiy kasallikni. Unisi ham bunisini ham bo'lsa, undan ham yaxshi. Axir, be’mor psixolog yoniga 1 muammo bilan kelib, ketayotganida, unda 10 muammo ekanligini tushunsa, uning yoniga yana keladi Agar kerak bo’lsa bolalikka ham qaytamiz, axir, maqsadimiz sizni normal holatga keltirishdir. Lekin normal bu o'rtancha emas Ijobiy psixologiya doirasida, biz faqat “o’rtacha” insonlarni o’rgansak faqat o’rtacha darajada qolamiz, deymiz. Baxtli xatolarni o’chirib tashlashning o’rniga, men ataylab shu insonlar uylariga borib, ulardan so'rayman: “Sizlar qanday qilib shunday bo’ldingiz? Qanday qilib sizlarda aql, kuch, musiqiy qobiliyat, ijodkorlik, energetika, stresga bardoshlik, hazil tuyg’usi darajalari baland? Sizlarni o'chirib tashlashning o'rniga, sizlarni o’rganishni xoxlayman. Chunki sizning hikoyalaringiz yordamida, nafaqat o’rtacha darajani oshirishni, balki barcha ofis va maktabdagi o’rtacha darajani ko’tarishni o’rgana olamiz. Men uchun bu grafik juda muhim, chunki, yangiliklarni ko'rsak, ular asosan salbiy ma'lumotlar haqida gapirishadi. Asosan qotillik, poraxo’rlik, va tabiiy ofatlar to'g'risidadir. Mening fikrim juda tezda dunyodagi shunday yaxshilik va yomonlik nisbatiga ko’nikib qoladi. Ya'ni tibbiyot talabalari sindromini yaratish. Ya’ni 1 kursda o'qiyotgan tibbiyot talabasi, turli xil kasalliklar va ularning belgilarini o’qib, ularning barchasini o’zida topadi. (Kulgi) Mening kiyovim Bobo esa, umuman boshqa hikoya. Bobo Emi-muhrga uylangan. Bir kuni u menga telefon qilib - (Kulgi) Yelning tibbiyot universitetidan, va shunday dedi: “Sho’n, menda moxov bor!” (Kulgi) Bu kamdan-kam uchraydigan kasallik, hatto Yelda ham. Lekin uni qanday qilib ovutishni bilmadim, chunki u yaqindagina 1 haftalik menopauzani boshdan kechirdi. (Kulgi) Ya’ni, bizning dunyoqarashimizni atrofimizdagi muhit emas, balki biz uni qaysi aql-sozlashlar yordamida qabul qilishimizga bog’liq. Shu aql-sozlamalarni o’zgartirsak, biz nafaqat baxtliroq, balki ta’lim va biznesda ko’proq muvaffaqiyatga ega bo’lamiz. Men Garvardga ariza jo’natdim. Lekin o’qishga kiraman deb o’ylamagandim. Oilamda pul ham yo’q edi. Lekin 2 haftadan so’ng, men stipendiya yutib olib, u yerga ketdim. Imkonsiz tuyilgan narsa, endi haqiqatga aylandi. Bunday nufuzli universitetda o’qish, qolgan talabalar uchun ham juda fahrli deb o’ylar edim. Guruhda barcha talabalar sendan aqlli bo’lsa ham, u yerda bo’lish, sen uchun katta baxtdir. Lekin faqat bir nechta talabaning baxtli ekanini ko’rdim. 4 yildan so’ng, men o’qishni tugatdim va yana 8 yil davomida, boshqaruvchi iltimosi bilan talabalar bilan yashadim va yo'q, unday bola emasman! (Kulgi) Talabalarning 4 yil o’qishi davomida, men ularga maslahatlar berardim. Ularni kuzatdim va o'rganib chiqib, men shunday hulosaga keldim, o’qishga kirishganlikdan qanchalik hursand bo’lishmasin, 2 haftadan so’ng, ular o'qishga kirib, berilgan shon-sharaf, yoki falsafa, yoki fizika haqida emas, balki faqat raqobat, o’quv yuki, qiyinchilikar, va shikoyatlar haqida o’ylashardi. U yerga kelgach, birinchi kursdagilar ovqatlanish xonasiga bordim, u yerda, mening tug’ilgan shaharim Vako, Texasdan, do’stlarim kutar edi. bu shaharni bilsangiz kerak. Ular meni ko’rgani kelishgan edilar va atrofga qarab, deyishdi: “Bu xona, Xogvartsga o’xshar ekan!” To'g'risi ham o'xshaydi, u – Xogvarts, bu esa– Garvard. Ular buni ko’rgach, menga: “Sho’n, nima uchun baxtni o’rganishga vaqtingni ketkazyapsan? Garvard talabalari baxtsiz bo’lishlari mumkinmi?!” – deyishdi. Agar bu savolni o’ylab qarasa, baxtni o’rganish fanining mohiyatini tushunsa bo’ladi. Chunki, shu savol orqali, baxt darajasi tashqi dunyoga bog’liqligini tushunishimiz mumkin. Aslida esa, agarda men tashqi dunyo to'g'risida gapirsam, bizning baxtimiz uzunligining faqatgina 10%i, tashqi dunyoga bog'liq, qolgan 90% esa, tashqi dunyodan emas, balki hayotda idrok qilishimizga bog’liqdir. Va agarda biz baxt va muvaffaqiyat formulasini o’zgartirsak, atrofimizdagi dunyoni ham o'zgartira olamiz deb tasdiqlayman Kasbiy faoliyatda, muvaffaqiyatning atigi 25%i aql darajasiga bog’liqligini, qolgan 75%i esa optimizimdan, atrofdigalarning qo’llab-quvvatlashidan va stressni tahdid kabi emas, balki chaqiruvdek qabul qilishdanligini bildik. Men Yangi Angliyaning eng nufuzli maktablaridan birining raxbariyati bilan gaplashdim va menga shunday deyishdi: “Biz buni bilamiz. Har yili biz sog’lomlik haftasini o’tkazamiz. Dushanba kuni, o’smirlar depressiyasi haqida gaplashish uchun, dunyoda tanilgan ekspertlar keladi. Seshanbada, zo’ravonliklarni muhokama qilamiz. Chorshanba kuni, me’da buzilishi. Payshanba kuni, giyohvandlik haqida va juma kuni esa, xavfli jinsiy aloqa va baxt o’rasidagi tanlov”. (Kulgi) Men: “Jumada bunday tanlovni hamma qiladi”. (Kulgi) (Qarsaklar) Sizga yoqqanidan hursandman, lekin ular bunga hafa bo’lishdi. Jimjitlik bo’lib qoldi. Men ular: “Men sizning maktabingizda suhbat bilan chiqishga tayyorman, lekin sizda sog’lomlik haftasi o’rniga, kasallik haftasi bo’lib qolyapti. Yaxshi narsalar haqida aytish ham kerak" - dedim. Yo'q kasallik – bu sog’lomlik emas. Sog’lom bo’lish uchun – baxt va muvaffaqiyat formulasini ko’rib chiqishimiz lozim. O’tgan 3 yil mobaynida, iqtisodiyotdagi inqiroz paytida, men 45 mamlakatlarda bo’lib, u yerdagi maktab va kompaniyalarda bo'ldim. Ko’pchilik kompaniya va maktablar quyidagi muvaffaqiyat formulasidan foydalanishadi: Men ko'proq ishlasam, ko'proq foyda topaman. va men muvaffaqiyatliroq bo'lsam, baxli bo'laman. Вeyarli barcha ta’lim va boshqaruv uslublarning poydevori, shuningdek, bizning motivatsiyamizdir. Bu haqiqat yolg’on va uni 2 sababga ko’ra, o’zgartirish lozim: Har safar muvaffaqiyatga erishganingizda, sizda yangi maqsad paydo bo’ladi. Yaxshi baho olib, yanada yaxshiroq baho olishni istaysiz, yaxshi maktabda ta’lim olib, yanada yaxshiroq maktabni istaysiz yaxshi ishda esa, undan ham yaxshiroq ishni xoxlaysiz, yaxshi yavdolarga erishib, yana yaxshilashni istaysiz Agar, agar baxt muvaffaqiyat orqasida bo’lsa, siz hech qachon baxtli bo’lmaysiz. Bizning jamiyat baxtni har doim chetga surib qo’yishadi. Biz shunday o’ylaymiz: “Avval muvaffaqiyatli bo'laman, keyin baxtli bo’laman”. Lekin aslida esa, hammasi teskari. Agarda siz, kimningdir kayfiyatini ko'tara olsangiz, Keyin esa, uning miyasi ijobiy ishlashni boshlaydi, ya'ni, agar baxtli bo’lsangiz, siz yomon, tinch va xavotir holatidan ko’ra yaxshiroq ishlaysiz. Sizning aqliy, ijodi va energiya darajangiz ortib boradi. Bizga namoyon bo’ldiki, kasbdagi barcha ishlar yaxshilanadi. Baxtli inson, yomon, tinch yoki stressda bo’lgan insondan 31%ga yaxshiroq ishlaydi. Savdolar 37% oshadi. Baxtli shifokorlar esa, yomon, tinch yoki xavotir kayfiyatda bo'lgan shifokorlardan 19%ga tezroq va aniqroq ishlashadi. Ya’ni, biz formulani o’zgartira olamiz. Biz hayotimizda har doim baxtli bo’la olsak, biz muvaffaqiyatliroq bo’la olamiz, chunki biz tezroq, aqlliroq va tirishqoq bo’lamiz. Biz shu formulani o’zgartirishimiz kerak va shunda biz nimalarga qodir ekanligimizni bila olamiz. Baxtli bo’lganingizda, miyada dopamin ishlab chiqariladi. Uning 2 vazifasi bor. U nafaqat sizni baxtliroq qiladi, balki miyadagi o’rganish faoliyatini kuchaytiradi, yangi mahoratlarni o’rganish qobilyatingiz kuchayadi. Har doim baxtli bo’lish uchun, biz miyangiz uchun bir qator mashqlar topdik. Kuniga atiga 2 daqiqadan 3 hafta davomida, biz miyangizni qayta jihozlab, uning ishini yanada yaxshiroq va muvaffaqiyatliroq qilishimiz mumkin. Biz bu mashqlarni o'rganishlar davomida har bir kompaniyada sinab ko’rdik, 3 hafta davomida har kuni insonlar, o’zlari shukr qilgan 3 asosiy voqeani qog'ozga belgilashardi. Davrning oxiriga kelib, ularning miyalarida endi esa, dunyoda yomonlikni emas, balki yaxshilikni qidirish odati mustahkamlandi. Har kungi qilgan muvaffaqiyatlarni yozib borish esa, ularni hotirada mustahkamlaydi. Ba'dan tarbiya esa, kayfiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Meditatsiya sizga diqqat etishmaslikni bartaraf etishga yordam beradi, bu muammoni biz o’zimiz yaratdik. Ko'q ishlar qilib. U bizga amaldagi vazifani o’ylashga yordam beradi. O’z-o’zidan paydo bo’lgan yaxshilik juda muhimdir. Har kuni biz o'rganyotgan insonlardan, o’zlarining atrofidagilarga minnatdorchilik so’zlarni yozishni iltimos qilardik. Bu harakatlarni amalga oshirish tana va miyani bir xil tarzda mashq qildirib, baxt va muvaffaqiyatga tegishli bo’lgan yangi formulani ishlab chiqarish, va baxt, nafaqat qisqa bo'lishi, balki ongimizda haqiqiy inqilob qilish mimkin. Katta rahmat. (Qarsaklar)