Targ‘ib qilinmagan mashg‘ulot | Graph Paper Dasturlash Bu dars "Grafik Qog‘oz Dasturlash" deb nomlanadi va bu dars algoritmlar haqida. Bugun biz qanday qilib har biri qo‘lda chizilgan yo‘nalishlar orqali oddiy qora va oq rasmlarni qaytadan yaratishini ko‘rsatadigan dastur yozishni o‘rganmoqchimiz. Biron algoritm bu biron vazifani tamomlash uchun tuzilgan ko‘rsatmalar ro‘yxatidir. Biz kosa yasash uchun bu ko‘rsatmalar to‘plamiga ergashamiz. Agar sizga biron narsani qanday qilishni tushunish uchun kimdir kerak bo‘lsa, algoritmlar bu borada sizga asqotadi. Agar siz biron komputer uchun algoritm yozayotgan bo‘lsangiz, siz uni kichkina qismlarga bo‘lib chiqishingiz kerak. Demak, bu qatorni tugating va keyingisiga o‘ting, keyin undan keyingisiga va siz tugatdingiz. Men ishimda algoritmlardan foydalanaman. Agar men bu bosqichlarning barchasini yozib olsam, men bu qismni yana qaytadan yarata olaman, yoki kimgadir buni qilishni o‘rgata olaman. Shishani pechga qo‘ying, uni birgalikda birlashtiring, kosani yasash uchun ko‘rsatmalarning qolganiga quloq tuting. Algoritmlar nimanidir qilish uchun sizga yo‘l xaritasini beradi.