Burilishlar va burchaklar
Darajalar bilan chizish
Hey, code.org-da burchaklar haqida nima deyish mumkin?
Maktabda men teng tomonli uchburchakni faqat oltmish darajali uchta burchak bilan yasash mumkinligini bilib olganman.
Lekin Code.org-da 120 darajasida burilish qilish kerak bo'lyapti.
Nima uchun bunday?
Maktabda burchaklarni o'lchashda odatda
ichki burchaklar hisoblanadi.
Code.org-da rassomingiz shaklning tashqi tomonidan aylanadi.
Chiziq chizganingizda, agar rassom burilmasa, u 180 daraja chiziqni tortadi.
Agar siz 180 darajadan kamroq burchakka ega bo'lishni istasangiz, unda siz rassomingiz uchun burilish belgilashingiz kerak.
Agar siz 60 daraja burchakka ega bo'lishni istasangiz, unda sizning rassomingiz 120 darajaga burilishi kerak.
Buning sababi 120 plyus 60 180ga teng.
Kvadrat yoki to'rtburchak ham chizishingiz mumkin.
Bunda sizga 90 daraja burchak kerak bo'ladi.
90 daraja burchagi bir yuz sakson gradusni o'rtada kesadi, ya'ni 90 daraja burchak uchun 90 darajaga burilish kerak bo'ladi.
Sizning rassomingiz atrofida aylanib, joyiga kelishini istasangiz, nima qilasiz? Bunda 180 darajaga burilish kerak.
Bu sizning rassomingizni atrofida aylanib
uni orqaga qaytarib yuboradi.
Qiziqarli fakt: agar siz 180 daraja o'ngga yoki chapga burilsangiz ham, siz o'zingizni xuddi shu joyda topasiz.
Bugun biz ko'p burchaklar haqida suhbatlashdik
Va endi siz Code.org-da burchaklar bilan o'ynashingiz mumkin.
Ulardan ko'rganimizdan ham ko'proq. Buni o'zingizni sinab ko'ring!
Dasturlashdan zavq oling!