Binar - ikkilik rasmlar.
Har bir jamoa uchun qog'ozni ushlab turgan o'yinchi ko'rsatmalar ham beradi.
Ular "o'chirish" belgisi nima qilishini va "yoqish" belgisi qanday ishlashini bilib olishlari kerak.
Men nima qiliman aytaman: qora bir bo'ladi
va oq ikki bo'ladi. Tayyormisan?
Yaxshi! 1, 1, 1, 1, 1, 1, 2, 2, 2, 2, 2.
Ikkilik format ikki harfli alfavitga o'xshaydi.
Go'yo, A va B - butun alifbo.
Lekin sizda 0 va 1.
Ikkilik ma'lumotlardan foydalanadigan eng keng tarqalgan usul "if" shartli operatordir.
Bu dasturlash uchun klassika. Dastur boshlanadi va aytadi:
"Agar biror narsa to'g'ri bo'lsa, buni qiling. Yoki to'g'ri bo'lmasa, boshqa biror narsa qiling. "
Agar biror murakkabroq narsa qilishni istasangiz, unda nima qilish kerak?
"Agar" operatori o'rniga siz kompyuterda rasm yoki ovoz kabi narsa bilan ishlashni xohlaysiz.
Kompyuter faqat ikkilik formatdagi ma'lumotlarni tushunadi. Lekin rasm ikkilik emasku, bir va nol emas.
Bunda nima qilasiz? Mana bir misol.
Sizda bu ajoyib rasm bor. Hozirda rasmlar axborotning asosiy shakli hisoblanadi.
Barcha ma'lumotlarni biror usulda
ikkilik shaklga keltirish mumkin.
buni qanday qilishni tushunish kerak xolos.
Ushbu rasm bilan biz qiladigan birinchi narsa ...
Bularning barchasi asosan sizning tasavvuringizda bo'ladi.
Keyin tasavvuringizni kodga tarjima qilasiz.
Bu panda ayig'i rasmi ustida panjara borligini tasavvur qiling. Har bir kvadrat
biz bu kvadrat ko'proq qora yoki ko'proq oq degan qaror qilamiz.
Keyin biz shunga mos ravishda kataklarni bo'yaymiz.
Panjaradagi har bir katak qora yoki
oq bo'ladi. Endi deylik qora kvadratlar
bu nol va oq kvadratlar birlar, ikkilik tizim.
Natijada, bir va nollar jamlamasiga ega bo'ldik.
Mana shunday tasvirni ikkilik formatda taqdim etish mumkin.