Biron o‘zgaruvchi bu siz ichiga biron qiymatni joylashingiz mumkin bo‘lgan idish.
Siz o‘sha o‘zgaruvchini biron algoritmda ishlatsangiz,
u idishni ochadi va ichidagi qiymatga qaraydi.
Bu sizga o‘zgaruvchining ichida joylangan qiymatga bog‘liq holda,
o‘zini turli xil tutadigan, aqilliroq algoritmlar yozish imkoniyatini beradi.
Masalan,
agar siz "Tug‘ilgan kuning bilan mening ukajonim, sen 10 ga o‘tding!" deydigan algoritmni yozishni xohlagan bo‘lsangiz,
bu hozir uchun ajoyib, ammo men uni kelasi yil ishlatmoqchi bo‘lsam,
"Tug‘ilgan kuning bilan mening ukajonim, sen 11 ga o‘tding!" deyishni xohlagan bo‘lardim.
Men ukamning yoshini joylash uchun bitta age (yosh) degan o‘zgaruvchi yarata olaman va
algoritmimda yosh o‘rnida age ni ishlatib,
"Tug‘ilgan kuning bilan mening ukajonim, sen agega o‘tding!"
kabi yoza olaman.
Chunki, o‘zgaruvchi har yili o‘zgara oladi, men o‘zgaruvchining qiymatini
'age' teng 'age' qo‘shilgan 1 qilib yangilay olaman.
Bu boshqotirmada biz san’atkorimiz chizadigan chiziqning uzunligini sozlashda biron bir o‘zgaruvchidan foydalanmoqchimiz.
Keyinroq kodimizda, oldinga harakatlanish bo‘limi qanaqa qiymat berilganligini ko‘rish uchun
o‘zgaruvchi uzunligini ko‘rib chiqadi.