Bu ikkilik bilakuzuklar haqidagi dars. Biz bilakuzuk bilan boshlang‘ich, uni taqish va barcha do‘stlarimizga ko‘rsatish bo‘yicha kodlarni yozmoqchimiz! Ikkilik bu ma’lumotni faqatgina ikkita tanlovdan foydalanib ifodalash yo‘li. Ba’zida buni odamlar faqat 0 va 1lar deb o‘ylashadi. Ammo siz ikkilikni o‘chiq va yoniq, tepa va past, ichki va tashqi holatlarning birlashmasi yoki qarama-qarshiliklarning istalgan to‘plami sifatida ham namoyish qilishingiz mumkin. Salom, Men Orionman va men shu yerda PlayIda robotlarni dasturlashtiraman. Barcha komputer va robot miyyalari ularning asosiy bosqichida kichkina elektronik darvozachalar bo‘ladi. Darvoza ochilganida, tok u yer bo‘ylab oqa oladi va yopilganida tok oqolmay qoladi. Robotdagi ikkilikning bitta misoli bu robotning ko‘zlaridir. Robotning ko‘zlari o‘chiq yoki yoniq holdagi yorug‘lik, ya’ni LEDlardan tashkil topgan. Bu ikkilik tizim, bir yoki boshqasi. Biz yorug‘likdan ikkilik sonlarni namoyish qilishda foydalana olamiz. Agar bizda robotlar to‘plami bo‘lsa, biz birinchi robot 1lar o‘rnida, ikkinchi robot 2lar, uchinchi robot 3lar, to‘rtinchi robot 4lar va hakazo deb ayta olamiz. Ikkilik sonlarni siz mana shunday tasvirlay olasiz. Robotlar buni ikkilik ko‘zlari bilan qiladi va siz uchun uni sanaydi.