Bu ikkilik bilakuzuklar haqidagi dars. Biz bilakuzuk bilan
boshlang‘ich, uni taqish va barcha do‘stlarimizga ko‘rsatish
bo‘yicha kodlarni yozmoqchimiz! Ikkilik bu
ma’lumotni faqatgina ikkita tanlovdan foydalanib ifodalash
yo‘li. Ba’zida buni odamlar faqat 0 va 1lar deb o‘ylashadi.
Ammo siz ikkilikni
o‘chiq va yoniq, tepa va past, ichki va tashqi holatlarning birlashmasi
yoki qarama-qarshiliklarning istalgan to‘plami sifatida ham
namoyish qilishingiz mumkin. Salom, Men Orionman
va men shu yerda PlayIda robotlarni dasturlashtiraman.
Barcha komputer va robot miyyalari
ularning asosiy bosqichida kichkina elektronik darvozachalar bo‘ladi.
Darvoza ochilganida, tok u yer bo‘ylab oqa oladi
va yopilganida tok oqolmay qoladi. Robotdagi ikkilikning
bitta misoli bu robotning ko‘zlaridir.
Robotning ko‘zlari o‘chiq yoki yoniq holdagi yorug‘lik,
ya’ni LEDlardan tashkil topgan.
Bu ikkilik tizim, bir yoki boshqasi.
Biz yorug‘likdan ikkilik sonlarni namoyish qilishda foydalana olamiz.
Agar bizda robotlar to‘plami bo‘lsa, biz birinchi robot
1lar o‘rnida, ikkinchi robot 2lar,
uchinchi robot 3lar, to‘rtinchi robot 4lar va hakazo deb ayta olamiz.
Ikkilik sonlarni siz mana shunday tasvirlay
olasiz. Robotlar buni ikkilik ko‘zlari bilan qiladi
va siz uchun uni sanaydi.