Men bu yerda turishimdan maqsad, soham,
sun'iy intellekt haqida
yangicha fikrlashni taklif qilish.
Menimcha SI ning maqsadi
bu insonlarni mashina intellekti
bilan kuchaytirishdir.
Mashinalar aqlliroq bo'lgan sari
biz aqlliroq bo'lamiz.
Men buni "insoniy SI" deb atayman.
Sun'iy intellekt odamlar bilan o'zaro
ishlashi va ularni rivojlanishiga
yordam berishi orqali insonlarning
ehtiyojlarini qondiradi.
Hozirgi kunda yordamchi intellekt
g'oyasi katta mavzuga aylanganligidan
juda hursandman.
Bu odamlar va SI o'rtasidagi faollikni
ifodalash uchun o'rinli metaforadir.
Men yaratishga hissamni qo'shgan SI
Siri deb ataladi.
Siz Sirini bilasiz.
Siri sizning maqsadingizni tushuna oladi,
hamda uni
amalga oshirishda yordam beradi,
va uni bajarishda qo'l keladi.
Ammo siz bilmaydigan bitta narsa bor:
Sirini aslida
ijtimoiy SI sifatida,
suhbat interfeysida
insonni o'rnini to'ldirib turishi uchun
va mobil hisoblash
vazifalarini bajarishda yordam
berishi uchun
ishlab chiqqan edik.
Hozirda ko'pchiligimiz uchun bu
texnologiyaning ta'siri ish bajarishni
biroz bo'lsa-da
yengillashtirishidadir.
Lekin mening do'stim Daniel uchun
buning ta'siri butun hayotini o'zgartirdi.
Bilasizmi,
Daniel juda ham kirishimli yigit,
lekin u ko'r va qo'l oyoqlari shol.
Shuning uchun biz bemalol ishlata
oladigan moslamalarni u ishlata olmaydi.
Ohirgi marta men uning uyiga borganimda
uning akasi
"Biroz kuting, Daniel hali tayyor emas.
U online tanishgan qizi bilan
gaplashyapti" dedi.
Men "Zo'rku, buni qanday uddaladi?" dedim.
Daniel ijtimoiy hayotini boshqarish
uchun Siridan foydalanadi.
U ko'makdoshining yordamisiz
e-mail, sms va qo'ng'iroq qila
olishi mumkin.
Bu qiziq, shunday emasmi?
Taqdir hazili shundaki,
Sun'iy Intellekt unga aqlli inson bilan
muloqot qilishda
yordam berayapti.
Bu insoniy Sun'iy Intellektdir.
Yana bir yorqin misol bu saraton
kasalligiga
tashhis qo'yishdadir.
Vrachlar saratonni gumon qilganda,
ular qondan namuna olib patologga
jo'natadi.
Patolog uni mikroskopda ko'radi.
Patologlar bir kunda yuzlab namunalar va
minglab hujayralarga qaraydi.
Bu vazifani yengillashtirish
maqsadida ba'zi olimlar tasniflagich
SI yaratishdi.
Ushbu tasniflagich namunalarga qarab
saraton bor
yoki yo'qligini aytadi.
Dastlab tasniflagich juda yaxshi
ishlayotgan edi, lekin inson kabi
doim ham to'g'ri aytib bera olmasdi.
Ammo qachonki olimlar inson intellekti va
mashina qobiliyatini birlashtira olganda
aniqlik 99.5 foizga oshdi.
Shunda SI bilan hamkorlikda ishlash
patologlar bir o'zlari
ishlaganda qiladigan xatoliklarini
85 foizga kamaytirdi.
Bu juda ham ko'p oldi olinmagan
saraton kasalliklaridir.
Qizig'i shundaki, insonlar yolg'on
alomatni inkor etishni yaxshi uddalasa,
mashina esa aniqlanishi qiyin
bo'lgan alomatlarni topa oladi.
Bundagi saboq qaysi biri tasniflash
vazifasini
yaxshi bajara olishida emas.
Chunki narsalar doim o'zgarib turadi.
Balki,
inson va dastgoh qobiliyatini
birlashtirish orqali
superinsoniy vazifani bajarishda
sheriklik yaratilishidir.
Bu insoniy SI dir.
Keling, yana bir misolni olaylik.
Bu tezlikni
yaratishdir.
Masalan, siz muhandissiz.
Siz dron uchun rom yaratmoqchisiz.
Siz uni eng yoqtirgan dasturli
3D dasturingizda tayyorlaysiz
va shaklni hamda homashyolarni kiritasiz.
So'ng siz bajarilishini tahlil qilasiz.
Bu bitta dizaynni beradi.
Agar siz o'sha dastgohlarni SI ga
bersangiz,
u minglab dizaynlarni yarata oladi.
Autodesk yaratgan ushbu video ajoyib.
Bu haqiqatdan ham ajoyib.
U biz dizayn qilgan narsani yaratadi.
Muhandis inson dizayn bilan
nimaga erishish kerakligini aytadi
va mashina
"Mana namunalar" deb
ko'rsatadi va endi muhandisning vazifasi
inson sifatida o'zi
ma'qul deb biladigan, dizayn maqsadiga
mos tushadigan
variantni insoniy fikr va tajribaga
asoslanib
tanlaydi.
Natijada yaratilgan mahsulot
huddi tabiat yaratgan narsaday ko'rinadi.
Bir necha million yillik evolyutsiya
va shuncha keraksiz bo'lgan mo'yna.
Keling endi bu insoniy SI, agar biz uni
ortidan ergashsak, qayerga yetaklab
olib borishi mumkinligi haqida
gaplashaylik.
Biz hammamiz qanaqa rivojlanishni
istaymiz?
Kognitiv rivojlanishga nima deysiz?
"Biz mashinalarni qanchalik
aqlli qila olamiz?" deb so'rashni o'rniga,
keling, "Ular bizni
qanchalik aqlli qilishi mumkin?"
deb so'raylik.
Misol sifatida xotirani olaylik.
Xotira bu inson intellektining asosidir.
Lekin inson xotirasi kamchilikka egaligi
hammaga ma'lum.
Biz hikoya qilishda yaxshimiz, ammo uning
detallarida unchalik emas.
Va bizning xotiramiz vaqt o'tishi
bilan sustlashadi.
Ya'ni, 60-yillar qayga ketgan bo'lsa
men ham o'sha yerga ketaman.
(Kulgu)
Ammo sizda kompyuter xotirasi singari
xotira bo'lganda
nima qilgan bo'lardingiz?
Siz hayotingizda uchratgan har bir
inson ismini eslab,
ismini qanday qilib talaffuz qilishni,
ularning oilasiga taaluqli detallarni,
xatto
so'nggi bor qachon gaplashganingizni
eslay olganingizda nima bo'lardi?
Sizda shunday xotira
butun umr davomida bo'lsa, barcha
insonlar bilan qilingan suhbatlarni
ko'rish va ancha oldingi
munosabatlaringizni eslashga yordam bera
oladigan SI bo'lsa.
Agarda SI siz o'qigan har qanday narsani
o'qib bera olsa va eshitgan har qanday
musiqasini kuylab bera olsa
nima bo'lgan bo'lardi?
Kichkinagina ishora bilan u sizga
oldin eshitgan har qanday narsani
eslatib bera olsa, siz yangi aloqalar
qilish
va yangi g'oyalar shakllantirish
qobiliyatiga ega bo'lishni
tasavvur qilib ko'ring.
Bizning tanamizchi?
Biz yegan har bitta ovqatimiz, qabul
qilgan tabletkamiz
va yotishdan oldin qabul qilgan
dori ta'sirini eslay olganimizdachi?
Bizda to'plangan ma'lumotlardan kelib
chiqib, nimalar
o'zimizni yaxshi his qilishimizga undashi
haqida ilmiy ish qilishimiz mumkin.
Tasavvur eting, allergiya va surunkali
kasalliklarni
boshqarishimizda bu qanchalik
qo'l kelishini.
Men SI shaxsiy xotirani kuchaytira
olishiga ishonaman.
Men qachon va qanday omillar bilan
bog'liqligini aniq
aytolmayman, ammo bu muqarrarligi aniq,
chunki SI ni hozirgi kunda muvaffaqqiyatli
qilgan narsa bu
keng qamrovli ma'lumotlar bazasidir,
mashinalarning ushbu bazadan har
kunlik turmushda
foydalana olishidadir.
Ushbu ma'lumotlar bazasi hozir hammamiz
uchun mavjud,
chunki biz telefonda va online orqali
raqamli, vositali hayot olib borayapmiz.
Mening fikrimcha, shaxsiy xotira bu
xususiy xotiradir.
Biz nimani eslash kerakligini o'zimiz
tanlaymiz.
Bu mutlaqo alohida saqlanishi kerak.
Hozir, bizning ko'pchiligimiz
uchun rivojlangan shaxsiy xotira ta'siri
yaxshilangan ruhiy yutuq bo'lardi.
Ehtimol, bu ijtimoiy yutuq hamdir.
Lekin Altsgeymer va ruhiy kasalligiga
uchragan millionlab odamlar uchun
rivojlangan xotira ularning hayotiga
o'zgarish
kiritishi ular hayotidagi yolg'izlik, qadr-qimmat,
hamda o'zaro aloqadagi o'zgarishdir.
Biz hozir sun'iy intellektning renessans
davri o'rtasida turibmiz.
Ya'ni, o'tgan bir necha yil davomida
biz yillar davomida kurashib kelayotgan
SI muammolariga yechimni kuzatishimiz
mumkin.
Bu muammolar suhbatni anglash, yozuvni
va rasmni
fahmlashdan iborat edi.
Biz bunday kuchli texnologiyani qanday
foydalanishni o'zimiz tanlashimiz mumkin.
Biz SI ni bizni avtomatlashtirish va biz
bilan raqobatlasha olishi,
yoki undan bizni rivojlantirishi va biz
bilan birga ishlashi uchun,
bizning kognitiv cheklovlarimizni yengish
va biz qilayotgan ishni yaxshiroq
bajarish maqsadida
foydalanishimiz mumkin.
Biz mashinalarga intellekt o'rnatishning
yangi yo'llarini topganimiz sari,
ushbu intellektni sharoitidan qat'iy
nazar,
har bir ko'makdoshga muhtoj bo'lgan odamga
yordam berishga hissamizni qo'shishimiz
mumkin.
Shuning uchun,
har safar mashina aqlliroq bo'lgani sari
biz aqlliroq bo'lamiz.
Shu sababli SI boshqalar bilan
ulashishga arziydi.
Rahmat.
(Qarsaklar)