Men bu yerda turishimdan maqsad, soham, sun'iy intellekt haqida yangicha fikrlashni taklif qilish. Menimcha SI ning maqsadi bu insonlarni mashina intellekti bilan kuchaytirishdir. Mashinalar aqlliroq bo'lgan sari biz aqlliroq bo'lamiz. Men buni "insoniy SI" deb atayman. Sun'iy intellekt odamlar bilan o'zaro ishlashi va ularni rivojlanishiga yordam berishi orqali insonlarning ehtiyojlarini qondiradi. Hozirgi kunda yordamchi intellekt g'oyasi katta mavzuga aylanganligidan juda hursandman. Bu odamlar va SI o'rtasidagi faollikni ifodalash uchun o'rinli metaforadir. Men yaratishga hissamni qo'shgan SI Siri deb ataladi. Siz Sirini bilasiz. Siri sizning maqsadingizni tushuna oladi, hamda uni amalga oshirishda yordam beradi, va uni bajarishda qo'l keladi. Ammo siz bilmaydigan narsa bu, biz Sirini odamlar kimligi va qobiliyatiga qaramay, ularga mobil aloqa orqali suhbatlashish interfaolligini amalga oshirishda yordam beradigan insoniy sun'iy intellekt ekanligidir. Hozirda ko'pchiligimiz uchun bu texnologiyaning ta'siri ish bajarishni biroz bo'lsa-da yengillashtirishidadir. Lekin mening do'stim Daniel uchun buning ta'siri butun hayotini o'zgartirdi. Bilasizmi, Daniel juda ham kirishimli yigit, lekin u ko'r va qo'l oyoqlari shol. Shuning uchun biz bemalol ishlata oladigan moslamalarni u ishlata olmaydi. Ohirgi marta men uning uyiga borganimda uning akasi "Biroz kuting, Daniel hali tayyor emas. U online tanishgan qizi bilan gaplashyapti" dedi. Men "Zo'rku, buni qanday uddaladi?" dedim. Daniel ijtimoiy hayotini boshqarish uchun Siridan foydalanadi. U ko'makdoshining yordamisiz e-mail, sms va qo'ng'iroq qila olishi mumkin. Bu qiziq, shunday emasmi? Taqdir hazili shundaki, Sun'iy Intellekt unga aqlli inson bilan muloqot qilishda yordam berayapti. Bu insoniy Sun'iy Intellektdir. Yana bir yorqin misol bu saraton kasalligiga tashhis qo'yishdadir. Vrachlar saratonni gumon qilganda, ular qondan namuna olib patologga jo'natadi. Patolog uni mikroskopda ko'radi. Patologlar bir kunda yuzlab namunalar va minglab hujayralarga qaraydi. Bu vazifani yengillashtirish maqsadida ba'zi olimlar tasniflagich SI yaratishdi. Ushbu tasniflagich namunalarga qarab saraton bor yoki yo'qligini aytadi. Dastlab tasniflagich juda yaxshi ishlayotgan edi, lekin inson kabi doim ham to'g'ri aytib bera olmasdi. Ammo qachonki olimlar inson intellekti va mashina qobiliyatini birlashtira olganda aniqlik 99.5 foizga oshdi. Shunda SI bilan hamkorlikda ishlash patologlar bir o'zlari ishlaganda qiladigan xatoliklarini 85 foizga kamaytirdi. Bu juda ham ko'p oldi olinmagan saraton kasalliklaridir. Qizig'i shundaki, insonlar yolg'on alomatni inkor etishni yaxshi uddalasa, mashina esa aniqlanishi qiyin bo'lgan alomatlarni topa oladi. Bundagi saboq qaysi biri tasniflash vazifasini yaxshi bajara olishida emas. Chunki narsalar doim o'zgarib turadi. Balki, inson va dastgoh qobiliyatini birlashtirish orqali superinsoniy vazifani bajarishda sheriklik yaratilishidir. Bu insoniy SI dir. Keling, yana bir misolni olaylik. Bu tezlikni yaratishdir. Masalan, siz muhandissiz. Siz dron uchun rom yaratmoqchisiz. Siz uni eng yoqtirgan dasturli 3D dasturingizda tayyorlaysiz va shaklni hamda homashyolarni kiritasiz. So'ng siz bajarilishini tahlil qilasiz. Bu bitta dizaynni beradi. Agar siz o'sha dastgohlarni SI ga bersangiz, u minglab dizaynlarni yarata oladi. Autodesk yaratgan ushbu video ajoyib. Bu haqiqatdan ham ajoyib. U biz dizayn qilgan narsani yaratadi. Muhandis inson dizayn bilan nimaga erishish kerakligini aytadi va mashina "Mana namunalar" deb ko'rsatadi va endi muhandisning vazifasi inson sifatida o'zi ma'qul deb biladigan, dizayn maqsadiga mos tushadigan variantni insoniy fikr va tajribaga asoslanib tanlaydi. Natijada yaratilgan mahsulot huddi tabiat yaratgan narsaday ko'rinadi. Bir necha million yillik evolyutsiya va shuncha keraksiz bo'lgan mo'yna. Keling endi bu insoniy SI, agar biz uni ortidan ergashsak, qayerga yetaklab olib borishi mumkinligi haqida gaplashaylik. Biz hammamiz qanaqa rivojlanishni istaymiz? Kognitiv rivojlanishga nima deysiz? "Biz mashinalarni qanchalik aqlli qila olamiz?" deb so'rashni o'rniga, keling, "Ular bizni qanchalik aqlli qilishi mumkin?" deb so'raylik. Misol sifatida xotirani olaylik. Xotira bu inson intellektining asosidir. Lekin inson xotirasi kamchilikka egaligi hammaga ma'lum. Biz hikoya qilishda yaxshimiz, ammo uning detallarida unchalik emas. Va bizning xotiramiz vaqt o'tishi bilan sustlashadi. Ya'ni, 60-yillar qayga ketgan bo'lsa men ham o'sha yerga ketaman. (Kulgu) Ammo sizda kompyuter xotirasi singari xotira bo'lganda nima qilgan bo'lardingiz? Siz hayotingizda uchratgan har bir inson ismini eslab, ismini qanday qilib talaffuz qilishni, ularning oilasiga taaluqli detallarni, xatto so'nggi bor qachon gaplashganingizni eslay olganingizda nima bo'lardi? Sizda shunday xotira butun umr davomida bo'lsa, barcha insonlar bilan qilingan suhbatlarni ko'rish va ancha oldingi munosabatlaringizni eslashga yordam bera oladigan SI bo'lsa. Agarda SI siz o'qigan har qanday narsani o'qib bera olsa va eshitgan har qanday musiqasini kuylab bera olsa nima bo'lgan bo'lardi? Kichkinagina ishora bilan u sizga oldin eshitgan har qanday narsani eslatib bera olsa, siz yangi aloqalar qilish va yangi g'oyalar shakllantirish qobiliyatiga ega bo'lishni tasavvur qilib ko'ring. Bizning tanamizchi? Biz yegan har bitta ovqatimiz, qabul qilgan tabletkamiz va yotishdan oldin qabul qilgan dori ta'sirini eslay olganimizdachi? Bizda to'plangan ma'lumotlardan kelib chiqib, nimalar o'zimizni yaxshi his qilishimizga undashi haqida ilmiy ish qilishimiz mumkin. Tasavvur eting, allergiya va surunkali kasalliklarni boshqarishimizda bu qanchalik qo'l kelishini. Men SI shaxsiy xotirani kuchaytira olishiga ishonaman. Men qachon va qanday omillar bilan bog'liqligini aniq aytolmayman, ammo bu muqarrarligi aniq, chunki SI ni hozirgi kunda muvaffaqqiyatli qilgan narsa bu keng qamrovli ma'lumotlar bazasidir, mashinalarning ushbu bazadan har kunlik turmushda foydalana olishidadir. Ushbu ma'lumotlar bazasi hozir hammamiz uchun mavjud, chunki biz telefonda va online orqali raqamli, vositali hayot olib borayapmiz. Mening fikrimcha, shaxsiy xotira bu xususiy xotiradir. Biz nimani eslash kerakligini o'zimiz tanlaymiz. Bu mutlaqo alohida saqlanishi kerak. Hozir, bizning ko'pchiligimiz uchun rivojlangan shaxsiy xotira ta'siri yaxshilangan ruhiy yutuq bo'lardi. Ehtimol, bu ijtimoiy yutuq hamdir. Lekin Altsgeymer va ruhiy kasalligiga uchragan millionlab odamlar uchun rivojlangan xotira ularning hayotiga o'zgarish kiritishi ular hayotidagi yolg'izlik, qadr-qimmat, hamda o'zaro aloqadagi o'zgarishdir. Biz hozir sun'iy intellektning renessans davri o'rtasida turibmiz. Ya'ni, o'tgan bir necha yil davomida biz yillar davomida kurashib kelayotgan SI muammolariga yechimni kuzatishimiz mumkin. Bu muammolar suhbatni anglash, yozuvni va rasmni fahmlashdan iborat edi. Biz bunday kuchli texnologiyani qanday foydalanishni o'zimiz tanlashimiz mumkin. Biz SI ni bizni avtomatlashtirish va biz bilan raqobatlasha olishi, yoki undan bizni rivojlantirishi va biz bilan birga ishlashi uchun, bizning kognitiv cheklovlarimizni yengish va biz qilayotgan ishni yaxshiroq bajarish maqsadida foydalanishimiz mumkin. Biz mashinalarga intellekt o'rnatishning yangi yo'llarini topganimiz sari, ushbu intellektni sharoitidan qat'iy nazar, har bir ko'makdoshga muhtoj bo'lgan odamga yordam berishga hissamizni qo'shishimiz mumkin. Shuning uchun, har safar mashina aqlliroq bo'lgani sari biz aqlliroq bo'lamiz. Shu sababli SI boshqalar bilan ulashishga arziydi. Rahmat. (Qarsaklar)