Mening ismim Jens Bergensten, ammo meni ko'pchilik Jeb deb taniydi. Men mojang.comdagi
Minecraft*da bosh dasturchiman.
Adashmasam, 11 yoki 12 yoshligimda
o‘yinlar yaratishni xohlaganim uchun dasturlashni boshlaganman.
Dadamning do‘stlaridan biri menga o‘yinlar yaratish uchun dasturlashni o‘rganishim kerakligini aytgan edi.
Shunday qilib men boshladim. Men dizayn qilish va narsalarning arxitekturasini loyihalashni yaxshi ko‘raman.
Ayni shular men Minecraftning eng yoqtiradigan jihatlaridir. Keyingi soatda siz Alex va Steveni
Minecraft dunyosi bo‘ylab harakatlantirishni dasturlash orqali
komputer ilmining asoslarini o‘rganasiz.
An’anaviy dasturlash odatda matn ko‘rinishida bo‘ladi,
ammo bugun biz dasturlashda ko‘chirib qo‘ya olinadigan bloklar tizimi:
blockydan foydalanamiz. Aslida, bunda ham siz JavaScriptkodlarini yaratayapsiz.
Siz o‘rganadigan tushunchalarni komputer dasturchilari har kuni ishlatishadi va ular
komputer ilmining asosidir.
Mana bu yerda, Mojangda Minecraft mashg‘ulotini o‘tkazishda biz shu asosiy tushunchalardan foydalanamiz.
Boshlashingizdan oldin, qahramoningizni tanlab oling. Men Alexni tanlamoqchiman. Keling,
unga ekran bo‘ylab harakatlanishga yordam beradigan kod yozamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga ajratilgan.
Chap tomonda dasturingizni ishlatib ko‘rish uchun Minecraftning o‘yin maydoni joylashgan.
Har bir bosqich uchun
ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. Bu o‘rta maydon uskunalar panelii va
bu bo‘limlarning har biri Alexning harakatlarini
belgilaydigan buyruqlardir. O‘ngdagi oq joy
ish maydonii deb nomlanadi va
bu yerda biz dasturimizni yaratamiz.Agar men ish maydoniga moveForward(); bo‘limini olib kelsam
va keyin Run tugmasini bossam, nima sodir bo‘ladi?
Alex katakcha bo‘ylab bitta qadam oldinga siljiydi.
Va agar biz uni bitta joy oldinga siljigandan keyin nimadir qilishini xohlasakchi?
Biz dasturimizga yana boshqa bir blokni qo‘shishimiz mumkin. Men turnRight() blokini tanlamoqchiman
va men uni mana bu zarg'aldoq chiziq paydo bo‘lgunicha moveForward(); bloki ostiga olib qo‘yaman.
Endi men uni qo'yaman va bu ikki bo‘lim yonma-yon turib qoladi. Biz yana Runni bosganimizda, Alex ish maydonida yuqoridan pastga qarab
berilgan buyruqlarni bajarib boradi.
Va agar siz biron bo‘limni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz,
uni shunchaki taxlamdan olib uskunalar qutisiga qaytarib qo‘ying. Qilgan o‘zgartirishlaringizni ortiga qaytarish
va boshlang'ich holatda qaytish uchun ish maydonining yuqori o‘ng burchagidagi Start Over tugmasidan foydalaning.
Yana bir narsa, siz turn bloklaridagi
uchburchakchalarni ko‘rayapsizmi?
Bu kabi uchburchakchalar turli xil tanlovlar qila olishingiz mumkinligini anglatadi.
Keling, endi kodlashni boshlaylik!