0:00:00.099,0:00:05.060
Mening ismim Jens Bergensten, ammo meni ko'pchilik Jeb deb taniydi. Men mojang.comdagi [br]Minecraft*da bosh dasturchiman.
0:00:05.060,0:00:13.390
Adashmasam, 11 yoki 12 yoshligimda[br]o‘yinlar yaratishni xohlaganim uchun dasturlashni boshlaganman.
0:00:13.390,0:00:17.750
Dadamning do‘stlaridan biri menga o‘yinlar yaratish uchun dasturlashni o‘rganishim kerakligini aytgan edi.
0:00:17.750,0:00:26.090
Shunday qilib men boshladim. Men dizayn qilish va narsalarning arxitekturasini loyihalashni yaxshi ko‘raman.
0:00:26.090,0:00:33.329
Ayni shular men Minecraftning eng yoqtiradigan jihatlaridir. Keyingi soatda siz Alex va Steveni
0:00:33.329,0:00:39.219
Minecraft dunyosi bo‘ylab harakatlantirishni dasturlash orqali
0:00:39.219,0:00:45.940
komputer ilmining asoslarini o‘rganasiz.[br]An’anaviy dasturlash odatda matn ko‘rinishida bo‘ladi,
0:00:45.940,0:00:51.019
ammo bugun biz dasturlashda ko‘chirib qo‘ya olinadigan bloklar tizimi:
0:00:51.019,0:00:57.620
blockydan foydalanamiz. Aslida, bunda ham siz JavaScriptkodlarini yaratayapsiz.
0:00:57.620,0:01:02.530
Siz o‘rganadigan tushunchalarni komputer dasturchilari har kuni ishlatishadi va ular [br]komputer ilmining asosidir.
0:01:02.530,0:01:09.890
Mana bu yerda, Mojangda Minecraft mashg‘ulotini o‘tkazishda biz shu asosiy tushunchalardan foydalanamiz.
0:01:09.890,0:01:15.299
Boshlashingizdan oldin, qahramoningizni tanlab oling. Men Alexni tanlamoqchiman. Keling,
0:01:15.299,0:01:22.810
unga ekran bo‘ylab harakatlanishga yordam beradigan kod yozamiz. Sizning ekraningiz uchta asosiy qismga ajratilgan.
0:01:22.810,0:01:28.579
Chap tomonda dasturingizni ishlatib ko‘rish uchun Minecraftning o‘yin maydoni joylashgan.[br]Har bir bosqich uchun
0:01:28.579,0:01:34.740
ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. Bu o‘rta maydon uskunalar panelii va [br]bu bo‘limlarning har biri Alexning harakatlarini
0:01:34.740,0:01:40.899
belgilaydigan buyruqlardir. O‘ngdagi oq joy [br]ish maydonii deb nomlanadi va
0:01:40.899,0:01:46.920
bu yerda biz dasturimizni yaratamiz.Agar men ish maydoniga moveForward(); bo‘limini olib kelsam
0:01:46.920,0:01:53.340
va keyin Run tugmasini bossam, nima sodir bo‘ladi?
0:01:53.340,0:01:59.770
Alex katakcha bo‘ylab bitta qadam oldinga siljiydi.[br]Va agar biz uni bitta joy oldinga siljigandan keyin nimadir qilishini xohlasakchi?
0:01:59.770,0:02:05.140
Biz dasturimizga yana boshqa bir blokni qo‘shishimiz mumkin. Men turnRight() blokini tanlamoqchiman
0:02:05.140,0:02:11.380
va men uni mana bu zarg'aldoq chiziq paydo bo‘lgunicha moveForward(); bloki ostiga olib qo‘yaman.
0:02:11.380,0:02:17.260
Endi men uni qo'yaman va bu ikki bo‘lim yonma-yon turib qoladi. Biz yana Runni bosganimizda, Alex ish maydonida yuqoridan pastga qarab
0:02:17.260,0:02:22.670
berilgan buyruqlarni bajarib boradi.[br]Va agar siz biron bo‘limni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz,
0:02:22.670,0:02:28.700
uni shunchaki taxlamdan olib uskunalar qutisiga qaytarib qo‘ying. Qilgan o‘zgartirishlaringizni ortiga qaytarish
0:02:28.700,0:02:33.790
va boshlang'ich holatda qaytish uchun ish maydonining yuqori o‘ng burchagidagi Start Over tugmasidan foydalaning.
0:02:33.790,0:02:41.170
Yana bir narsa, siz turn bloklaridagi [br]uchburchakchalarni ko‘rayapsizmi?
0:02:41.170,0:02:46.620
Bu kabi uchburchakchalar turli xil tanlovlar qila olishingiz mumkinligini anglatadi.
0:02:46.620,0:02:48.750
Keling, endi kodlashni boshlaylik!