Salom, mening ismim Jon.
Men Googleda qidiruv va mashinalarni o'rganish
bo'yicha guruhlarga rahbarlik qilaman.
Menimcha, butun dunyodagi odamlar ahamiyatsiz
va yoki nihoyatda muhim savollar berish uchun
qidiruv tizimlariga
murojaat qilishlari hayratlanarli darajada qiziq.
Shuning uchun ularga eng yaxshi javoblarni berish
juda katta mas'uliyatdir.
Salom, mening ismim Akshaya va men Bing
qidiruv tizimi guruhida ishlayman.
Biz sun'iy intellekt va mashinani
o'rganishni ko'p marotaba boshlashimiz mumkin,
ammo foydalanuvchilar undan foydalanishi uchun
qaror qabul qilishimiz kerak,
chunki oxiri baribir jamiyatga ta'sir o'tkazishni xohlaymiz.
Keling, oddiy savol beraylik.
Marsga sayohat qilish uchun qancha vaqt ketadi?
Bu natijalar qayerda kelib chiqgan
va nega birinchisidan oldin ro'yxatga olingan?
Xo'sh, keling chuqurlashamiz va qidiruv tizimi
sizning so'rovingizni va natijangizni nimaga aylantirganini
ko'rib chiqamiz.
Siz bilishingiz kerak bo'lgan narsa shundan iboratki,
siz qidiruvni amalga oshirganingizda, qidiruv tizimi haqiqatan
real vaqtda qidirish uchun butun dunyo bo'ylab veb-saytga chiqmaydi.
Buning sababi, Internetda milliarddan ziyod
veb-saytlar mavjud va har daqiqa yuzlab veb-saytlar yaratilmoqda.
Qidiruv tizimi kerakli saytni topishi uchun
har bir saytni bosib o'tishi kerak bo'lsa,
bu abadiy davom etardi.
Shuning uchun qidiruvni tezlashtirish uchun,
qidiruv tizimlari keyinchalik qidirishingizga yordam
berishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni yozib olish
uchun doimiy ravishda Internetni skanerlashadi.
Shunday qilib, siz Mars sayohatini qidirayotganingizda
qidiruv tizimida sizga
real vaqtda javob berish uchun kerak
bo'lgan narsalarni berishi kerak.
Mana bu qanday ishlaydi.
Internet bir-biriga giperlinklar
orqali bog'langan veb-sahifadir.
Qidiruv tizimlari doimiy ravishda
veb-sahifalardan ular haqida
ma'lumot to'plash uchun
Spider deb nomlangan dasturdan foydalanadilar.
U har gal giperlinkni topganda,
Internet bo'ylab topadigan har bir
sahifasiga kirguniga qadar unga amal qiladi.
Spider tashrif buyurgan,
har bir sahifa uchun qidiruv indekslari deb nomlangan
maxsus ma'lumotlar bazasiga qo'shib qidirish uchun
kerak bo'lgan ma'lumotlarni yozib oladi.
Keling, avvalgi qidiruvga qaytamiz
va tizimning natijalarini
qanday qaytarganligini bilib olamiz.
Marsga qancha vaqt ketishini so'raganingizda,
qidiruv tizimi ushbu so'zlarni o'z ichiga olgan Internetdagi
barcha sahifalar ro'yxatini darxol
olish uchun qidiruv indeksidagi so'zlarning
har biriga qarab chiqadi.
Ammo qidiruv so'zlarni qidirib
topishi millionlab sahifalarni qaytarishi mumkin,
shuning uchun qidiruv tizimi sizni
birinchi natijangizni ko'rsatishi uchun
eng yaxshi mosliklarni aniqlay olishi kerak.
Bu juda qiyin bo'ladi, chunki qidiruv tizimida
nima qidirayotganingizni taxmin
qilish kerak bo'lishi mumkin.
Har bir qidiruv tizimi o'z algoritmidan foydalanib,
sahifalarni siz xohlagan narsaga
qarab saralashga imkon beradi.
Qidiruv tizimining reyting algoritmi
sizning qidiruv so'zingiz sahifa sarlavhasida
ko'rinishni tekshirishi mumkin,
barcha so'zlar bir-birining yonida ko'rinishini
tekshirishi mumkin,
yoki uni aniqlashga yordam beradigan
boshqa har qanday hisob-kitoblar,
qaysi sahifalarni ko'rishingiz va
qaysi birini ko'rmaslikni tekshirishi mumkin.
Google eng munosib qidiruv natijalarini tanlash bo'yicha
joriy sahifaga qancha veb-sahifalar
bog'langanligiga oid
eng mashhur algoritmni ishlab chiqdi.
Ushbu g'oya shundan iboratki,
agar ko'plab veb-saytlar sahifani qiziqarli deb hisoblasa,
ehtimol bu siz izlayotgan narsa bo'lishi mumkin.
Ushbu algoritm veb-sahifalarni reytingi uchun emas,
balki Google ga asos solgan,
ixtirochi Larry Page nomi bilan berilganligi uchun,
sahifalar reytingi deb ataladi.
Veb-saytga tez-tez tashrif buyurganingizda pul
ishlab topganligi sababli,
spammerlar doimiy ravishda qidiruv
algoritmini chetlab o'tishning
yo'llarini qidirmoqdalar,
natijada ularning sahifalari yuqoriroq bo'lib ko'rinadi.
Qidiruv tizimlari soxta yoki ishonchsiz saytlarni
yuqori darajaga chiqishiga yo'l qoymaslik uchun
o'zlarining algoritmlarini muntazam
ravishda yangilab turishadi.
Oxir oqibat, ushbu ishonchsiz sahifalarni
veb-manziliga qarab
va uni ishonchli manba
ekanligini tekshirib turishingiz kerak.
Algoritmlarni takomillashtirish uchun ular
raqobatchilariga qaraganda
yaxshi va tez natijalar beradi.
Zamonaviy qidiruv tizimlari
qisqartirishga yordam berishi uchun aniq berilmagan
ma'lumotlardan ham foydalanadi.
Masalan, agar siz kuchuklar parkiga bog'larni qidirsangiz,
ko'plab qidiruv tizimlari sizga
hatto siz joylashuvingizni kiritmagan bo'lsangiz ham.
yaqin atrofdagi barcha kuchuk parklarni natijalarini beradi.
Zamonaviy qidirish bo'yicha muhandislar
nafaqat sahifadagi so'zlarni,
balki ular qidirayotgan narsaga mos keladigan,
eng yaxshisini topish uchun
aslida nimani anglatishini tushunishadi.
Masalan, siz tezkor suv ichish idishini qidirsangiz,
u sportchi uchun izlayotganini bilib oladi.
Agar siz katta suv ichish idishini qidirsangiz,
u sizga oshxonangiz uchun variantlarni topadi.
So'zlarni yaxshiroq tushinish uchun
biz sun'iy intelllektning bir turi deb nomlangan,
mashinasozlikdan foydalanamiz.
Bu qidiruv algoritmlariga sahifadagi
so'zlarning alohida harflarini emas,
balki so'zlarning asosiy ma'nosini
ham tushinishga imkon beradi.
Internet su'ratlar bilan tez o'sib bormoqda,
agar qidiruv tizimlarini ishlab chiqaradigan jamoalar
bizning vazifamizni to'g'ri bajaradigan bo'lsa,
siz istagan ma'lumotlar har doim bir necha
marta bosilishi kerak, xolos.