Xo'sh, mening bu zaldagilarni qo'rqitish
niyatim yo'q, lekin
e'tiboringizni shunga
qaratmoqchimanki,
o'ng tomoningizdagi inson — yolg'onchi.
(Kulgu)
Va chap tomoningizdagi inson ham.
Xattoki, siz o'tirgan o'rindiqda
o'tirgan inson ham
— yolg'onchi.
Biz hammamiz yolg'onchimiz.
Va men bugun sizlarga tadqiqotlar
bizni nega aldashimiz haqida nima
deyishini, qanday qilib
yolg'onni aniqlash ustasi bo'lishingiz
va aslida yaxshisi oldinga intilib,
yolg'onni aniqlashdan ko'ra
haqiqatni qidirish ekanligi, va nihoyat,
ishonch atmosferasini
yaratish madaniyati haqda so'zlab beraman.
Aytancha, ishonch haqida gapirsak.
"Yolg'onni fosh etish" kitobini
yozganimdan beri, hech kim
men bilan yuzma-yuz uchrashgisi
kelmaydi, yo'q, yo'q, yo'q...
Ular deyishadi: "Yaxshi, siz
bilan e-mail orqali bog'lanamiz".
(Kulgu)
Men xattoki hech kimni Starbaksga qahva
ichishga taklif qilolmayman.
Xatto erim ham: "Azizam, qanday yolg'on?
Balki kulinariya bilan qiziqarsan?
Fransuz oshxonasi, masalan."
Boshlashdan oldin men sizlarga aniq
maqsadimni aytishim kerakki, men sizlarga
"mushuk-sichqon"
o'yinini o'rgatish niyatim yo'q.
Yolg'onni biluvchilar —
yosh bola emas,
ular "tutdimmi, fosh etdimmi!"
deb baqirishmaydi.
Qovog'ingiz uchadi, burningizni
"ishirasiz".
TVda "Meni alda" degan shou bor.
Sevib tomosha qilaman.
Yolg'on biluvchilar yolg'onni aniqlash
borasidagi kerakli bilimlar
bilan qurollangan. Ular bu bilimni
haqiqatni bilish uchun qo'llashadi.
Ular xuddi tajribali boshliqlar qiladigan
ishni qilishadi: murakkab insonlar bilan
muzokaralar qilishadi.
Va ba'zida bu juda qiyin kechadi.
Ular bu yo'lni asosiy ma'lumotni
qabul qilishdan boshlashadi, u esa
quyidagicha jaranglaydi:
Yolg'on — birgalikda bajariladigan
harakat.
O'ylab ko'ring, o'z-o'zidan yolg'on hech
qanday kuchga ega emas, deyarli bo'sh gap.
Va u faqatgina unga kimdir ishonishga
rozi bo'lgandagina kuchga ega bo'ladi.
Bilaman, bu shafqatsizlik yaxshilikdan
degandek eshitiladi. Lekin o'ylab ko'ring,
qaysidir vaziyatda sizni aldashlari
siz aldanishga rozi bo'lganingizdek gap.
Yolg'on haqida birinchi haqiqat:
"Yolg'on bu birgalikda harakat"
Va hamma yolg'on ham zararli emas.
Ba'zida biz o'zimiz yolg'onda
ishtirok etamiz,
insoniy qadr-qimmatni his etish yoki
saqlab qolish uchun.
Ba'zan esa sir qolishi kerak bo'lgan
narsani yashirish uchun.
Biz aytamiz: "Yaxshi qo'shiq".
"Azizam, yo'q, bu seni semiz qilib
ko'rsatayotgani yo'q".
Yoki biz internet-elitaga taqlid qilib:
"Bilasanmi, bu xabarni men hozirgina men
spamda ko'rib qoldim.
Uzr so'rayman".
Ba'zida o'zlarimiz istamay,
yolg'onda ishtirok etamiz.
Va bu bizga qimmatga tushishi mumkin.
O'tgan yili korporativ qalloblik
natijasida birgina
AQSHning o'zi 997 milliard
dollar yo'qotdi.
Bu deyarli butun boshli trillion dollar.
Bu davlat daromadining 7%i.
Yolg'on milliardlar turishi mumkin.
"Enron", Meddof, ipoteka
inqirozlarini eslang.
Yoki Robert Hansen, Oldrich Eyms kabi
ikkiyoqlama agent va
sotqinlar bilan bog'liq voqealarni eslang.
Yolg'on orqali vatanga xiyonat qilish ham
mumkin, u bizni xavfga qo'yishi,
tinchimizni buzishi va bizni
himoyalayotgan barcha narsani
yemirishi mumkin.
Yolg'on aslida jiddiy biznes
ko'rinishiga ega.
Genri Oberlender ismli firibgar,
shunday usta yolg'onchi ediki,
Britaniya rasmiylari fikricha, u butun
G'arb bank sistemasini buzib yuborishi
mumkin edi. Va siz uni
Google orqali topa olmaysiz, siz uni hech
qayerdan topa olmaysiz. Undan intervyu
olinganida shunday degan:
"Bilasizmi, menda faqat bitta qoida bor".
Genrining fikricha bu qoida shunday:
"Qarang, har kim sizga
nimadir berishga tayyor.
Insonlar sizga
nima bo'lsayam berishga tayyor, o'zlari
olishni xohlayotgan
narsa evaziga".
Savolning mazmuni shunda.
Agar siz aldanib qolishni xohlamasangiz,
tushunishingiz kerakki: siz aynan nimani
ko'proq xohlaysiz.
Va bizga buni tan olish umuman yoqmaydi.
Biz eng yaxshi erkak,
eng yaxshi ayol bo'lishni xohlaymiz,
aqlliroq bo'lishni, kuchlroq bo'lishni,
baland bo'yli, boy bo'lishni —
va bu ro'yxat cheksiz.
Yolg'on — bu faqat shu probellarni
to'ldirishga, kim bo'lishni xohlashimiz
bilan bog'liq xohish-istaklarimiz
va fantaziyalarimizni
reallik bilan birlashtirishga urinish.
Afsuski, biz
hayotimizdagi shunday probellarni yolg'on
bilan to'ldirishga
tayyormiz. Bir kun davomida,
tadqiqotlarga ko'ra, sizga
10 dan 200 martagacha yolg'on gapirishadi.
Aniqlanishicha, ularning ko'p qismi
"oq" yolg'on.
Boshqa tadqiqotlar ko'rsatadiki, notanish
insonlar suhbatning ilk 10 daqiqasida
bir-biriga uch marta yolg'on gapirishgan.
(Kulgu)
Va hozir, biz bu haqda eshitayotib
daxshatga tushamiz. Yolg'on
buncha ko'p uchrashiga ishona olmaymiz.
Tabiatan biz yolg'on gapirishga qarshimiz.
Lekin e'tibor bersak,
hammasi yanada nozik.
Notanishlarga
biz hamkasblarimizga nisbatan
ko'proq yolg'on gapiramiz.
Ekstravertlar introvertlarga qaraganda
ko'proq aldashadi.
Erkaklar o'zi haqda boshqalar
haqda aldagandan
sakkiz marta ko'proq aldaydi.
Ayollar esa ko'proq kimnidir
himoya qilish uchun aldaydi.
Agar siz o'rtahol oilaviy juftlik
bo'lsangiz,
siz bir-biringizga 1/10 miqdorda
yolg'on gapirasizlar.
Siz bu yomon deb o'ylashingiz mumkin.
Agar xali turmush qurmagan
bo'lsangizlar,
bu ko'rsatkich 3/10.
Yolg'on — murakkab.
U bizning kundalik hayotimiz va ishimiz
bilan uzviy bog'liq.
Bu borada biz qarama-qarshilikka duch
kelamiz.
Biz uni muhim bo'lgandagina
ishlatamiz.
Ezgu amallar bahonasi bilan.
Ba'zida esa hayotimizdagi probellarni
anglamayotganda.
Va bu yolg'on haqidagi ikkinchi haqiqat.
Biz yolg'onga qarshimiz,
lekin qalbimiz tub-tubida biz u
tomondamiz,
azaldan beri shunday bo'lib kelmoqda,
va hozir ham.
Yolg'on dunyo kabi qadimiydir.
U bizning tariximiz va madaniyatimizning
bir qismiga aylangan.
Dante, Shekspir, Bibliya va
dunyo yangiliklarini esalang.
(Kulgu)
Yolg'on biz uchun tur sifatida evolyutsion
ahamiyatga ega.
Olimlar allaqachon
bilishadiki, tur qanchalik aqlli bo'lsa,
u turning miyasi shunchalik rivojlangan
va yolg'onga shu darajada moyil bo'ladi.
Kokoni eslang.
Kimdir Kokoni eslaydimi? Imo-ishoralarga
o'rgatilgan gorillani.
Kokoni imo-ishoralar orqali muloqot
qilishga o'rgatishadi.
Bu yerda esa biz Kokoni mushukcha bilan
ko'ryapmiz. Bu
uning kichkinagina, sevimli mushukchasi.
Koko bir kuni o'zini aybini mushukchaga
to'nkaydi,
devordan uzilgan rakovina uchun.
(Kulgu)
Tabiat bizga liderlik xususiyatini bergan.
Va bu juda juda erta boshlangan.
Qanchalik erta?
Go'dak ba'zida yolg'ondan yig'lay oladi,
kim kelayotganini bilish uchun bir to'xtab
oladi va yana yig'lashda davom etishadi.
Bir yoshdagi bolalar haqiqatni yashirishni
o'rganishadi.
(Kulgu)
Ikki yoshli go'dak esa aldashga urinadi.
Besh yoshli esa qiynalmay yolg'on
gapiradi.
Atrofdagilarni maqtov bilan
manipulyatsiya
qiladi, 9 yoshda esa
niqoblanish ustalariga aylanishadi.
Kollejga kiradigan yoshga yetib esa
siz onangizga 1/5 holatda aldashga
tayyorsiz.
Katta bo'lib, o'zimizni ta'minlash uchun
ish dunyosiga kirgach,
biz spamlarga to'la,
soxta internet-
o'rtoqlarga, ig'vochi matbuotga,
ayyor shaxsiy ma'lumot o'g'rilariga,
dunyo darajasidagi moliyaviy piramida
quruvchilariga to'la,
va yolg'on epidemiyasiga duchor bo'lgan,
bir gap bilan aytganda, bitta muallif
ataganidek "post-haqiqat jamiyati"ga
duch keladi.
Bu azaldan beri bizni tushkunlikka soladi,
va bu hozirgacha davom etmoqda.
Xo'sh, biz nima qilishimiz kerak?
Bu loyqa yo'l orqali o'zimizga yo'l qurish
oldini olishi kerak bo'lgan qadamlar bor.
Yolg'on sezuvchi insonlar haqiqatga
90% holatda yetib boradi.
Boshqalari haqda aytadigan bo'lsak,
ular 54% holatdagina aniq.
Nega buni o'rganish shunchalik oson?
Yaxshi va yomon yolg'onchilar bor.
Asl yolg'onchilar bo'lmaydi.
Hammamiz bir xil xatolar qilamiz
va bir xil texnikaga egamiz.
Hozir men sizlarga
yolg'onning ikkita belgisini ko'rsataman.
Keyin "issiq nuqtalarini" ko'rib chiqamiz,
mustaqil ravishda
ularni topa olamizmi.
Va biz mana bu nutqdan dan boshlaymiz.
(Video)
Bill Klinton: Men sizlar meni
tinglashingizni xohlayman.
Men yana bir bor
aytaman.
Menda u ayol, miss Levinski bilan
jinsiy aloqa bo'lmagan.
Men hech qachon hech
kimni yolg'on gapirishga majburlamaganman,
biror marta ham, hech qachon.
Va bu isibotsiz ayblovlar adolatsizdir.
Va men ishga qaytishim
kerak, barcha amerikaliklar uchun.
Rahmat.
Pamela Meyer:
Yaxshi, qayerda yolg'on belgilari bor?
Birinchi navbatda biz mutlaqo
inkorni eshitdik.
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, inkor etish
bilan band insonlar
norasmiyga qaraganda ko'proq
rasmiy tilda gapirishadi.
Biz shuningdek, uzoqlashish tiliga
guvoh bo'ldik: "u ayol".
Biz bilamizki, yolg'onchilar ongsiz holda
o'zlarini obyektdan ma'lum bir masofaga
olishadi, buni qurol sifatida
ishlatishga urinib.
Agar Bill Klinton nutqini:
"Xo'sh, to'g'risini aytganda..." yoki
Niksonning iborasi:
"Butun samimiyat bilan"
deb boshlaganda, bu so'zlar
aldov sezuvchi
har bir inson uchun rad etib
bo'lmaydigan
dalil bo'lgan bo'lar edi.
Bu kabi kvalifikatsion til,
yanada ko'proq shubha uyg'otadi.
Agar u savolini takrorlaganida,
to'liq holida,
yoki nutqini tafsilotlar bilan
bo'yaganida, u bu ishni
qilmaganidan xursandmizki, u o'zini
yanada obro'sizlantirgan bo'lar edi.
Freyd haq edi.
Freyd haqiqatdan ham
muhimroq gapni aytgan:
"Birorta ham shunday jonzot yo'qki,
sirlarni saqlay oladigan.
Xattoki til gapirmasa ham, lablar
qimirlamasa ham, barmoq uchlari gapiradi".
Biz qanchalik
o'zimizni boshqara olishimizdan qat'iy
nazar hammamizda shunday.
Biz aslida barmoq uchlari bilan gapiramiz.
Hozir men sizga Dominik Strauss-Kanni
ko'rsataman, Barak Obama
bilan, ularning barmoq uchlari bilan
gaplashayotganini.
(Kulgu)
Xo'sh, bu bizni keyingi belgiga
olib keladi,
u tana tili deyiladi.
Bunga to'xtalsak,
mana siz uni qanday ishlatishingiz kerak.
Kallangizdagi barcha
tahminlarni chiqarib tashlashingiz
kerak bo'ladi. Ilm-fanga
yuzlanib bilimlarimizni
kuchaytirib olamiz.
Chunki bizning fikrimizcha, yolg'onchilar
doim asabiylashadi.
Aslida ular aldaganda tashqi belgilarni
muzlatishni bilishadi.
O'ylaymizki, ular ko'zga
tik qaramaslikni afzal bilishadi.
Ular aldayotib ko'zingizga tik qarashadi,
odatdagidan ham uzoqroq,
ishontirish uchun.
Biz o'ylaymizki, suhbatdoshning
samimiyligi va tabassumi
to'g'rilik va samimiyatni anglatadi deb.
Lekin yolg'on aniqlashga usta inson bir
mil' naridagi yolg'on tabassumni
ko'ra oladi. Bu yerda soxta
tabassumni aniqlay oladiganlar bormi?
Siz keragicha yanoq mushaklarini
qisqartirishingiz mumkin.
Lekin chin tabassum ko'zlarda
va atrofidagi ajinlardan bilinadi.
Undagi mushaklarni xohlagancha qisqartirib
bo'lmaydi, ayniqsa sizda boteks bo'lsa.
Boteksga unchalik berilmang,
aks holda sizga hech kim ishonmay
qo'yadi. Endi esa issiq
nuqtalarga o'tamiz.
Bu suhbatda nima bo'layotganini aytib bera
olasizmi? So'zlar va harakatlar
bir-biri bilan to'g'ri
kelmaydigan holatlarni qidirgan holda
issiq nuqtalarni qidira olasizmi?
Bilaman,
bu oddiy ko'rinadi, lekin siz yolg'onda
shubha qilayotgan inson bilan o'zingiz
gaplashayotganingizda sizning u insonga
munosabatingiz
yolg'on-rost aniqlashini og'irlashtiradi.
Rostgo'y inson hamkorlik qiladi.
U siz tomoningizda ekanini ko'rsatishga
harakat qiladi.
Shijoatga to'la bo'ladi.
Haqiqatni qidirishda yordam berishga
tayyorligini bildiradi.
Muammoni yechishda aloqada bo'lishga,
shubhalari bilan ulashishga
tayyor bo'ladi.
U deydi: "Qara, cheklarni ishchilar
shtatidagi yigitlar sohtalashtirgan
bo'lishi ham mumkin".
Undan sababsiz shubha qilinayotganini
bilganda, jahli chiqadi,
butun intervyu davomida,
har onda bir emas.
U butun intervyu davomida
g'azabda bo'ladi. Va agar
siz kimdandir pullarni soxtalashtirgan
insonlarni qanday jazolash haqda
fikrini so'rasangiz,
rostgo'y inson katta ehtimol bilan,
eng qattiqqo'l jazoni aytadi, yengilidan
ko'ra. Endi keling faraz qilaylik,
yolg'onchi inson bilan aniq bir narsa
haqida gaplashayapsiz.
Bu inson yopilib
qolishi mumkin, oyog'i ostiga qarashi,
pichirlab gapirishi, to'xtab qolishi,
taktsiz bo'lishi mumkin.
Yolg'onchidan
o'zining tarixini so'zlab
berishni so'rang,
va u hikoyasini keraksiz,
aloqador bo'lmagan detallarga
to'ldirib tashlaydi.
Undan tashqari, u hikoyasini aniq
xronologik tartibda aytib beradi.
Tajribali tergovchilar
bir necha soatlab vaqt davomida
shoshmasdan
tafsilotlarga chuqur kirib borishadi.
Keyin esa tergov qilinuvchidan
shu hikoyani
teskari tartibda aytib berishni
so'rashadi. Va qanday
asabiylashayotganining guvohi bo'lishadi,
shu tarzda aynan qaysi savollar
uni aldashga majbur qilganini
bilib olishadi. Ular nega shunday qiladi?
Menimcha hammamiz
bir xilmiz.
Biz nutqimizni mashq qilamiz
lekin imo-ishoralarimizni deyarli mashq
qilmaymiz.
Biz "xa" deymiz, lekin boshimiz
"yo'q" deb ishora qiladi.
Biz juda ishonarli hikoylarni aytamiz
va ozgina yelkamizni qisib qo'yamiz.
Biz og'ir jinoyat qilib qo'yamizda,
keyin jilmayamiz, suvdan
quruq chiqishni o'ylab.
Savdoda bunaqa tabassum "ahmoq qildim"
deb nomlanadi. Hozir biz bu
videoda shuning guvohi bo'lamiz.
Boshladik, bu insonni bilmaydiganlar
uchun
— AQSH prezidentligiga
nomzod Jon Edvards, nikohsiz farzandning
otasi bo'lib butun Amerikani
hayron qoldirgan. Biz hozir uning
otalik genetik analizi o'tkazish
haqidagi suhbatini kuzatamiz.
Kuzating, siz uni fosh eta olasizmi?
Xa deyayotib,
u boshi bilan "yo'q" deyapti,
yelkalarini ozgina qisib qo'ygan holda.
Jon Edvards:
Men bunda qatnashishdan mamnun
bo'lgan bo'lar edim.
Men bilamanki, bu go'dak meniki bo'lishi
mumkin emas, agar muddatini hisobga olsak.
Men aniq bilaman, buning iloji yo'q.
Men bu
testdan o'tishdan baxtiyor bo'lar edim va
uning natijasini ko'rib hursand bo'lardim.
Jurnalist: Va siz buni tez orada
qilasizmi? Kimdir...
Jon Edvards: Bilasizmi, men bu testning
bir tomoniman xolos.
Lekin men bunda qatnashishdan hursand
bo'lgan bo'lar edim.
Pamela: Agar siz bu yerda nima izlashni
bilsangiz, aynan bosh
harakatlaridan bilish
osonligini bilasiz.
Vaqti-vaqti bilan
insonning yuzi bir xil ifoda ko'rsatadi,
aslida boshqa ifodani niqoblagan va
onda-sonda ko'ringan holda.
Ma'lumki, qotillarni qayg'u fosh etadi.
Yangi biznes-sherigingiz siz bilan qo'l
tashlashi mumkin, siz bilan ovqatlanishi,
va birdan g'azab belgilarini sezib
qolishi mumkin.
Biz bir kechada yuz ifodalari bo'yicha
ekspert bo'lib qolmasmiz,
lekin bir narsa borki, men sizga buni
oson o'rgata olaman.
Bu nafrat ifodasi.
Gap g'azab haqda ketganda,
biz buni bir xil sharoyitda turgan
ikkita insonning ishi deymiz.
Bu sog'lom munosabatlarga o'xshaydi.
Lekin agar g'azab nafratga aylansa,
siz hisobdan o'chirilasiz.
Nafrat axloqiy ustunlik bilan bog'liqdir.
Va shu sabab undan qutulish juda
ham qiyin.
Mana u nimaga o'xshaydi.
Nafratda shunday lab burchaklari bo'ladi,
sal ko'tarilgan va orqaga tortilgan.
Bu assimetrik yuz ifodasi xolos.
Agar nafrat mavjud bo'lsa va
uning ortida yolg'on yashiringan
bo'lishiga
qaramay,
odatda ular nafratli
munosabatlarda yonma-yon kelmaydi,
belgilarni boshqa tomondan qidiring,
bitimni ko'rib chiqing,
shunday deng: "Yo'q, rahmat.
Menimcha shu joyida to'xtaymiz. Rahmat".
Fan tomonidan
juda ko'p indikatorlar aniqlangan.
Masalan, biz bilamizki, aldayotgan insonda
ko'z ochib-yumish chastotasi o'zgaradi,
oyoqlari esa chiqish tomonga qarab turadi.
Ular turli metodlarni qo'llashadi,
to'siq sifatida ularni o'zi va suhbatdoshi
orasiga qo'yadi.
Ular ovoz tonini o'zgartirishadi,
odatda, uni sal tushirgan holda.
Endi esa — eng muhimi.
Bunday harakat — oddiy bir harakat xolos.
Uni yolg'onning isboti deyish mumkin emas.
Bu qizil bayroqchalar.
Hammamiz insonmiz.
Kun davomida hammamiz yolg'on haqida xabar
beruvchi turliv ishoralar qilamiz.
Yakka holda ular ko'p narsa
anglatmaydi.
Lekin siz bunday belgilarning
juda ko'pini bir vaqtda ko'rsangiz,
bu sizga signal bo'lishi
kerak. Kuzating, yaxshilab
tinglang, qiyin savollar bering va
oson o'rganish rejimini tark eting,
qiziquvchanlik rejimiga
o'ting, ko'proq savollar bering,
shaxsiy qadr-qimmatingizni
saqlab qoling, suhbatdosh
bilan o'zaro tushinishga erishing.
O'z o'ljasini tan olishga majburlaydigan
"Qonun va tartib" kabi
TV-shoulardagilardek bo'lishga intilmang.
Haddan ortiq agressiv bo'lmang,
bu ishlamaydi.
Demak, biz yolg'onchi bilan
qanday muloqot
qilish kerakligi va qanday uni fosh etish
mumkinligi haqda biroz gaplashib oldik.
Va'da qilganimdek, endi rost nimaga
o'xshashini ko'rib chiqamiz.
Sizga ikki videoni ko'rsatishni
xohlayman,
biri rost, biri yolg'on gapirayotgan
ikkita onani.
Bu roliklar Kaliforniyalik tadqiqotchi
Devid Matsumoto tomonidan o'rganilgan.
Va menimcha, ular haqiqat nimaga o'xshash
ekanligining yorqin misoli bo'la oladi.
Bu ona Dian Dauns, u o'z bolalarini
masofadan otib tashlagan, ularni
shifoxonaga olib borgan, ular mashinada
qonga botib yotgan
bir paytda buni notanish
kal odam qildi deb ko'rsatma bergan.
Videoni ko'rib, bolalari
uchun kuyinayotgan
onaga umuman o'xshamasligini tushunasiz.
Bunda siz topishingiz mumkin bo'lgan
jihat,
u aytib berayotgan daxshatli
voqealar bilan
uning sovuq, ehtiyotkor o'zini tutishi
o'rtasida aqlbovar qilmas
nomuvofiqlikdir.
Butun video davomida "ahmoq qildim"
ifodasini ko'rish mumkin.
Diana Dauns:
Tunda ko'zimni yumganimda,
men mashinadan menga qo'lini uzatayotgan
Kristini ko'raman,
va uning og'zidan qon kelishda davom
etayotgan bo'ladi.
Balki, vaqt o'tib bu o'tib ketar,
lekin men unday o'ylamayman.
Mana meni nima ko'proq xavotirlantiradi.
Pamela Meyer:
Hozir esa men sizlarga
haqiqiy ona qayg'usini, Erin Runnion,
qizining qotiliga qarshi suddagi nutqini
ko'rsataman.
Siz bunda soxta emotsiyalarni
ko'rmaysiz,
faqat onaning chuqur qayg'usi.
Erin Runnion:
Men bu arizani sen qizimni
o'g'irlab ketganingdan uch kun
o'tib yozdim
va sen uni qiynading,
sen uni yo'q qilding,
sen uni yuragi to'xtab
qolgunicha qo'rqitding.
U kurashgan, men bilaman,
u sen bilan kurashgan.
Men bilaman, u senga ajoyib jigarrang
ko'zlari bilan qaragan,
sen esa shundayam uni o'ldirishni
xohlagansan.
Va men buni tushunmayman,
hech qachon tushuna olmayman.
Pamela Meyer: Xo'sh, bu hissiyotlarning
haqiqiy ekaniga hech qanday shubha yo'q.
Bugungi kunda haqiqatni aniqlovchi
texnologiya
ilm-fan yutuqlari bilan borgan sari
rivojlanmoqda.
Masalan, bizga ma'lumki, hozirda
ko'z harakatlari trekeri va infraqizil
miya skanerlari, rezonans
magnitli tomograflar bor va
ular biz aldashga urinayotganimizda
bu haqda signallar beradi.
Va bu texnologiyalar tez orada hammamizga
taklif qilinadi,
yolg'ondan qutilishning yo'li sifatida.
Qachondir ular o'zining foydasini
isbotlashadi. Lekin shunday
vaqtda siz o'zingizdan so'rashingiz kerak:
Kim bilan siz barrikadaning bir tarafida
bo'lishni xoxlardingiz,
haqiqatni aniqlay oladigan inson bilanmi
yoki 200 kg elektroensefalografni joyidan
siljitishga intilayotgan inson bilanmi?
Yolg'onni ko'ra oluvchilar ko'proq insoniy
emotsiyalar mavjudligiga qarashadi.
Bir paytlar kimdir ushbu gapni aytgan:
"Xarakter bu sening qorong'ulikda kim
ekanligingdir".
Va eng qizig'i shuki,
bugun shu qorong'ulik juda kam.
Bizning dunyoda sutkasiga 24 soat
chiroqlar yoniq.
U shaffof,
ijtimoiy hayotni tanlagan butun
yangi avlodning mish-mishlarini keng
yoyadigan bloglar va ijtimoiy tarmoqlar
hisobiga.
Hozirgi dunyo ancha shovqinli.
Shuning uchun ham bizning vazifamiz qiyin:
haddan tashqari ochiqlik —
rostgo'ylik emasligini unutmaslik.
Bizning daxshatli darajada
Twitterda muloqot qilishga va xabarlar
almashishga tashnaligimiz qadr-qimmatga
ega bo'lib kelgan insoniyat xulqining
nozik jihatlari, xarakter
butunligi kabi faktorlarni soyada
qoldirishi mumkin.
Shuning uchun hozirgidek shovqinli dunyoda
axloqiy me'yorlarimiz bilan bog'liq
bo'lgan jihatlarga yanada jiddiyroq
yondashish alohida o'rin tutadi.
Siz yolg'onni fosh etishni o'rganish bilan
diqqat bilan eshitish va kuzatishni
birlashtirsangiz o'zingizni yolg'onlardan
asragan bo'lasiz.
Atrofingizdagilarga: "Mening dunyoyim,
bizning dunyo rost dunyo bo'ladi.
Mening dunyoyimda rost hamma narsaga qodir
va yolg'onni fosh etib, unga e'tibor
bermaydilar"
deyotgandan holda,
siz ushbu katta aniqlikka qarab
yo'l boshlaysiz.
Va siz buni uddalaganingizda
atrofingizdagi dunyo asta-sekin
o'zgarishni boshlaydi.
Va bu chin haqiqat. Rahmat.
(Qarsaklar)