Ushbu videoning asosiy maqsadi noldan 100 gacha bo'lgan sonlarni yozish. Lekin men buni qiziq uslubda qilmoqchiman, ya'ni bizga raqamlardagi ketma-ketlikni ko'rish imkonini beruvchi uslubda. Demak, keling boshlaymiz, men nol, bir, ikki deb boshlayman uch, to'rt, besh, olti, yetti. sakkiz va to'qqiz, va albatta keyingi raqam 10 ligini bilamiz, uni o'rniga uni ham yozishim mumkin edi ammo bunday qilishni o'rniga men bularni hammasidan nusxa olib qo'yaman. Demak hammasida nusxa olib qo'yamiz va bu bizga nima berishini ko'ramiz. Agar shunday qilsam, bu bizga nima beradi? Biz keyingi raqam 10 ekanligini bilamiz, bu haqida o'ylashlikni bir yo'li bu nol ketidan bir Undan keyin qaysi son keladi? Bu 11, ya'ni bir va yana bir. Undan keyin qaysi son? Bu 12, ya'ni bir va ketidan ikki. undan keyin 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19. Tushunarli bo'ldi. Bu keyingi sonlar qatori 10 dan 19 gacha ko'rinishdan xuddi avvalgilarga o'xshaydi, ya'ni ikkinchi son bir xil sariq rangda, faqatgina ularning oldiga pushti ranglik birni qo'shdim. Bular haqida o'ylashni yana bir yo'li bu, ushbu sonlardan, pushti rangli qo'shganlarim 10 ni bildiradi. Demak 11 ni xuddi 10 qo'shuv bir deb tasavvur qilsak bo'ladi. 12 ni esa 10 qo'shuv ikki deb ko'rsak bo'ladi. Keling bularni davom ettirib ko'ramiz. Demak yana bir qator sonlar qo'shamiz. Keling boya nusxa olgan sonlar qatorimni yana bir bora olamiz, va 19 dan keyin qaysi son keladi? Albatta, 19 dan keyin 20 keladi. Demak 20, ikki nol va keyin 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29. O'ylashimcha bu yerda ketma-ketlikni ko'rishni boshlagan bo'lsangiz ajab emas. Keyingi qator bilan nima qilamiz? To'g'ri, endi biz 30lar ichidamiz. Demak birinchi son bu 30 ya'ni 30 qo'shuv nol, 30 qo'shuv bir, 30 qo'shuv ikki, 30 qo'shuv uch ya'ni 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39. Shunaqa davom ettiraverib, o'ylashimcha siz ketma-ketlikni ko'rib, tushungan bo'lsangiz kerak. O'ng tarafdagi sonlarda nol, bir, ikki, ketma-ketlikda davom etadi uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz, va keyin chap tarafdagi son, agarda biz 10 va 19 orasida bo'lsak, bu yerda har doim bir bo'ladi. Agarda siz 20 va 29 orasida bo'lsangiz, bu yerda doimo ikki bo'ladi. Agarda 30 va 39 orasida bo'lsangiz, bu yerda doim 3 bo'ladi. Endi buni qanday qilib 99 gacha olib borib tugatsam bo'ladi? Keling buni bajaramiz, demak endi mening 40 larim bo'ladi. Uni hali yozganimcha yo'q. Endi bunisi mening 50 larim bo'ladi, bunisi mening 60 larim, 70 lar, 80 lar va keyin bu yerda mening 90 larim bo'ladi. Bunisi avvalroq aytib o'tganimdek mening 40 larim bo'ladi, bulari mening 50 larim, bulari Men iloji boricha har xil ranglardan foydalanishga harakat qilyapman, mening 60 larim, bulari mening 70 larim bo'ladi, va keyin meinng 80 larim va keyin albatta mening, keling uni rangini, magentani yana bir bor ishlatamiz, bular mening 90 larim bo'ladi. Agarda bunday qilsamchi, keling mana bu yerdagidan, nusxa olib qo'yaman. Demak nusxa oldim, va keyin qo'yaman. Menda hozir 41, 51, 61, 71, 81 va 91 bor. Endi bu yerda ham shunday qilsam bo'ladi, 42, 52, 62, 72, 82, 92. Va men shu uslubni har bir ustun uchun qaytarib chiqaman. Demak bunisi, hozir, 44, 54, 64, 74, 84 va 94. Qlib bo'lganimdan so'ng biz to'liq ketma-ketlikni ko'rishimiz mumkin. To'liq ketma-ketlikni ko'ryapmiz va men deyarlik tugatdim. Men sonlarimni 0 dan 99 gacha to'ldirishni deyarli tugatdim. 49, 59, 69, 79, 89, 99 va o'zimizni yaxshi his qilmoqlik uchun, hohlasak 100 ni yozib qoyamiz mana bu yerga 100. Ko'rib turibsizki ketma-ketligimiz hali ham ishlayapti, biz birdan boshladik, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz, endi bizda 10 va uni ketidan nol bor. Bu mashqimiz juda aniq bo'ldi.