Bu noyoblik ba'zi so'zlarda 'C'larni chetga surib o'rniga 'K'larni qo'llashda undadi, masalan, e'tiborni tortish uchun 'K' uchun 'Kraze', yoki 'Katch' so'zini qo'llashgan. Asosiy g'oya shunday ediki, reklamalarda bunday o'zgarishlar ancha e'tiborni tortardi, 'Klearflax Linen Rugs' yoki 'Kook-Rite Stove' kabi so'zlar bunga misoldir. Va bu vizual strategiya hozirgacha qo'llaniladi: buni hozirda 'Krispy-Kreme' va 'Kool-Aid' kabi logotiplarda ko'rishimiz mumkin. K harfi ularni esda qolarli qiladi. 1890-yillarda OK ning ilk Bostoncha ma'nosidan ancha yiroqlashganda gazetalar uning kelib chiqishi borasida ancha izlanishdi, miflar to'qishdi, insonlar esa ishonishdi. Ulardan biri shunday deydi: 'Choctaw'chada 'okeh' so'zi "huddi shunday" degan ma'noni bergan. Choctaw bizga OK so'zini berdi... OK'ning kelib chiqishi aniq emasdi, lekin endi bu ahamiyatsiz edi, chunki bu so'z tilimizga o'rnashib bo'lgan edi. Bugungi kunda biz uni "neytral tasdiq" belgisi sizfatida ishlatamiz. OK, unda. Okey unda. O'zingizni sevishni o'rganing. OK. OK. Shu joyda to'xta! OK! Men nima deyishni bilmayman. OK degin. OK Unda bu hal bo'ldi. Allan Metkalf OK'ning batafsil tarixini yozgan va u shunday tushuntiradi: "baxolashlarsiz tasdiqlaydi", ya'ni, u hech qanday his anglatmaydi, u axborotni tan oladi va qabul qiladi. Agar siz "uyga uy yetib oldim OK" desangiz, bu sizni xatarsiz yetib olganingizni anglatadi. Agar siz "ovqat - OK" desangiz, bu uning qoniqarli ekanini bildiradi. Va OK rejalar o'zgarganini tasdiqlaydi. Bu hatto refleksga aylangan, biz uni kunda nechta marta qo'llashimizni ham bilmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerak, inson Oyga ilk qadam qo'yganida aytilgan birinchi so'z ham "OK" edi. 1830-yillarning oddiy hazili uchun bu yomon emas. Yaxshi, birodarlar, buni kesib oling.