Tasavvur qiling, siz Amerikadagi biror ko'chada turibsiz
va Yaponiyalik kishi sizga yaqin kelib, so'rasa:
"Kechirasiz, bu bo'lak/ kvartal qanday ataladi?"
Siz esa aytasiz, "Uzr. Bu Oak ko'chasi, bu esa Elm ko'chasi.
Bu 26-ko'cha, ana u 27-ko'cha."
U aytadi, "Yaxshi. Ana u kvartal qanday ataladi?"
Siz aytasiz, "Kvartalning nomi bo'lmaydi.
Ko'chalarning nomi bo'ladi; kvartal shunchaki
ko'chalarning orasidagi nomsiz joylar."
U biroz tushunmagan va norozi holatda yo'lida davom etadi.
Endi esa, tasavvur qiling, siz Yaponiyadagi biror ko'chada turibsiz,
yoningizdagi kishiga qarab, shunday deysiz,
"Kechirasiz, bu ko'chaning nomi nima?"
Ular aytadi, "Ho'p, ana u 17-kvartal (mahalla) va bu 16- kvartal (mahalla)."
Siz esa shunday deysiz, "Lekin, bu ko'chaning nomi nima?"
Ular aytadi, "Ko'chalarning nomi bo'lmaydi.
Mahallalarning nomi bo'ladi.
Mana bu yerdagi Google xaritasiga qarang. 14, 15, 16, 17, 18, 19 - kvartallari bor.
Bu hamma kvartallar nomlari bor.
Ko'chalar shunchaki kvartallar, bo'laklar orasidagi nomsiz joylardir.
So'ngra siz aytasiz, "Unday bo'lsa, siz uy manzilingizni qanday bilasiz?"
U aytdi, "Bu juda oson, bu 8-tuman.
Ana 17-mahalla, 1-uy."
Siz esa aytasiz, "Ho'p. Lekin bu atrofda aylanib yurib,
uy raqamlari tartib bo'yicha emasligini angladim."
U aytadi, "Albatta. Ular qurilish tartibi bo'yicha bo'ladi.
Mahlladagi birinchi bo'lib qurilgan uy 1-uy bo'ladi.
Ikkinchi bo'lib qurilgan uy - ikkinchi uy bo'ladi.
Uchinchisi esa uchinchi raqamli uy. Bu oson va oddiy."
Hullas, menga shunisi yoqadiki, bizda yo'q deb o'ylagan
tushunchalarni anglashimiz uchun
ba'zida dunyoning bohqa tomoniga borishimiz kerak
va bu tushunchalarning aksi ham to'g'ri bo'lishi mumkinligini anglaymiz.
Masalan, Xitoyda shunday shifokorlar borki,
ularning o'ylashicha, sizni sog'lom bo'lishingiz ularning vazifasidir.
Siz sog'lom bo'lgan oylarda siz ularga maosh to'laysiz,
kasal bo'lganingizda to'lamaysiz, chunki ular vazifasini uddalay olmagan bo'ladirlar.
Siz kasal bo'lganingizda emas, aksincha, siz sog'lom paytingizda ular boy bo'ladi.
(Qarsaklar)
Ko'pchilik musiqada biz "bir" ni
musiqiy birikmaning boshlanishi deb tushunmaiz. Bir, ikki uch to'rt.
Ammo, G'arbiy Afrika musiqasida "bir"
birikmaning oxiri deb tushuniladi,
huddi gap ohiridagi nuqta kabi.
Buni nafaqat birikmalarda eshitasiz, balki musiqani sanash usulida ham eshitasiz.
Ikki, uch, to'rt, bir.
Bu xarita ham juda to'g'ri.
(Kulgi)
Shunday gap bor: Hindiston haqida qanday to'g'ri gap ayta olsang,
uning aksi ham to'g'ri.
Kelinglar, shuni unutmaylik, TEDdami yoki boshqa joydami,
qanday ajoyib g'oyalarni bilasiz yoki eshitasiz,
ularning aksi ham to'g'ri bo'lishi mumkin.
Domo arigato gozaimashita. (Rahmat).