Agar siz malakali IT mutaxassislarga ega bo‘lmasangiz, bu mashinalar qancha miqdorda
ma’lumot to‘play va ishlay olishi, ekrandagi ko'rinishlar qanday hosil bo'lishini biladigan odamlar ahamiyatini bilmasangiz
bu poygada qatnashishni o'ylamasa ham bo'ladi.
Bu boshqotirmalarni yechisda, siz qalam bilan turli xil shakllarni chizadigan rassomdek bo'lasiz.
Sizning rassomingiz qayerga bormasin,
ortidan chiziq qoldiradi.
Kanvas ichida harakatlanish uchun siz oldinga harakatlanish (move forward) blokidan foydalanasiz. Bu yerda oldinga harakatlanish bloki
oldinga 100 piksel siljishni aytmoqda. Biz runni bosganimizda, nima sodir bo‘ladi? Rassom ma’lum bir miqdorda oldinga siljiydi
va bu miqdor 100 pikselga teng. Piksellar sodda qilib aytganda, komputeringiz ekranidagi juda ham kichkina kvadratchalardir.
Bu boshqotirmadagi yana bitta bo‘lim 90 gradusga o‘ngga burilishni aytmoqda. Va biz buni tortib qo‘ysak,
u rassomni malum bir miqdorga burilishiga olib keladi.
Shunday qilib, siz rassom qanday burchakka
burilishini sinab ko‘rishingiz mumkin.
Bu 90 gradusga burilish. Bu esa 120 gradusga burilish.
Esingizda bo‘lsin, bu piksel va gradus qiymatlarini raqamlar yonidagi yo‘nalish belgili
tugmalarni bosish orqali o‘zgartira olasiz.
Rassomingiz bilan shakllar chizib zavq oling!