Agar siz komputer ilmi bo‘yicha malakali mutaxasislarga ega bo‘lmasangiz, bu mashinalar qancha miqdorda ma’lumot to‘play olishi va namoyishni qanday barpo etish uchun qay tarzda ish olib borishingizni hisoblab chiqadigan dasturlarni tuza oladigan odamlarga ega bo‘la olish zarurati ahamiyatga egaligi tufayli musobaqada qatnashish huquqidan mahrum bo'lardingiz. Bu boshqotirmalarni yechisda, siz turli xil shakllarni chizishda qalamdan foydalanadigan bir san’atkor bo‘lasiz. Sizning san’atkoringiz qayerga bormasin, u sizning ortingizda bitta chiziq chizadi. Kanvas atrofida harkatlanish uchun, siz oldinga harakatlanish (move forward) bo'limidan foydalanasiz. Bu yerda oldinga harakatlanish bo‘limi oldinga 100 piksel siljishni aytmoqda. Biz runni bosganimizda, nima sodir bo‘ladi? San’atkor ma’lum bir miqdorda oldinga siljiydi va bu miqdor 100 piksel. Piksellar asosan, sizning komputeringiz ekranidagi juda ham kichkina kvadratchalardir. Bu boshqotirmadagi bizda bor yana bitta bo‘lim 90 gradusga o‘ngga burilishni aytmoqda. Va biz buni tortib qo‘yib yuborsak, u bizning san’atkorimizni malum bir miqdorga buradi. Shunday qilib, siz san’atkorni qanchalik uzoqlikda burishni xohlasangiz, qilib ko‘rishingiz mumkin. Bu 90 gradusga burilish edi. Bu esa 120 gradusga burilish. Esingizda bo‘lsin, bu piksel va gradus qiymatlarini raqamlar yonidagi yo‘nalish belgili tugmalarni bosish orqali o‘zgartira olasiz. San’atkoringiz bilan chizishdan rohatlaning!