Biron IF-ELSE boyonoti bu ikki narsa o‘rtasidagi qarordir. Aytaylik, misol uchun, hozir o‘qish kunlari, maktabga borish kerak, aks holda siz uyda qola olardingiz va mazza qilardingiz. Endi keling, biz zombie bilan IF-ELSE boyonotini qanday ishlatishni ko‘rib chiqamiz. Bu bo‘lim IF bo‘limi bilan bir xildek ko‘rinadi, ammo pastki qismda ELSE deb yozilgan qo‘shimcha qism ham mavjud. Agar men u "do" deb aytadigan joyga "move" bo‘limini va "else" deb aytilgan joyga "turn left" bo‘limini qo‘ysam, bu agar oldinda yo‘l bo‘lsa, zombie oldinga harakatlanishini bildiradi, va agar oldinda yo‘l bo‘lmasa, zombie chapga buriladi. U qaror qabul qilayapti va bu qarorga asoslanib, ulardan birini bajarayapti. IF bo‘limlarga o‘xshab, siz IF-ELSE bo‘limlarni ham REPEAT bo‘lim ichida qo‘ya olasiz. Endi keling, o‘sha Zombielarni boshida ular qayerda bo‘lgan bo‘lsa o‘sha yerga qaytaramiz.