Targ‘ib qilinmagan amaliyot | Haqiqiy hayot algoritmlari: Urug‘ ekish algoritmi Bu dars urug‘ ekish deb nomlanadi, va u bizga algoritmlarni o‘rganishga yordam bermoqchi. Algoritmlar nimanidir bajarishni ketma-ketlik bilan tushuntiradigan maxsus ko‘rsatmalardir. Hattoki har kungi nonushta qilish yoki tishingizni cho‘tkalash ham ishni bajarish uchun kichik qadamlarni talab etadigan algoritmlar hisoblanadi. Komputerlar haqiqatda aqlli bo‘la olishadi, ammo ular faqatgina siz ularga aynan nimani xohlashingizni bosqichma-bosqich aytsangizgina tushuna oladi xolos. Algoritmlarning yaxshi jihati agar siz bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga rioa qilsangiz, siz hali oldinda qanday amalga oshirishni bilmagan nimanidir qila olishingiz mumkin. Bu xuddi biron retsept bilan ishlashga o‘xshaydi. Bugun biz biron algoritmdan foydalanib, o‘z urug‘larimizni ekmoqchimiz. Demak, birinchi biz tuvakni tuproq bilan to‘ldirib chiqishimiz kerak to‘g‘rimi? To‘g‘ri. Bu rasmlarni alohida qilib kesish orqali o‘z algoritmingizni yarating. Urug‘ ekishdagi bosqichlarni ko‘rsatadigan rasmlarni tanlang va keyin o‘sha rasmlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda tartiblab chiqing. Endi, algoritmingiz ishlayotgan ishlamayotganini ko‘rish vaqti keldi. Algoritmdagi ko‘rsatmalarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma bosqich bajaring. Ular to‘g‘ri tartiblanganmi? Siz algoritmga asoslangan holda urug‘larni ekishda muvaffaqiyotga erishdingizmi? Bu xuddi rasmlar bilan dasturlashga o‘xshaydi! Agar biz shokalad qilishni xohlasak, bu jarayonni amalga oshirish uchun juda ko‘p katta bosqichlar mavjud. Va bu katta bosqichning har biri o‘zining kichikroq bosqichlar to‘plamidan tashkil topgan. Shokolad qanaqa ta’mli bo‘lishini xohlashimizga qarab, turli xil resteptlar va algoritmlar mavjud. Har bir bosqich muhim, hattoki eng kichiklari ham. Demak, biror bosqichsiz, ularning qolganlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqalar ham tushuna oladigan algoritmlar yaratish haqiqatda muhim. Shunda yozib qo‘yilgan har bir bosqichni kim qilishidan qat’i nazar natija bir xil bo‘laveradi.