Targ‘ib qilinmagan amaliyot |
Haqiqiy hayot algoritmlari: Urug‘ ekish
algoritmi
Bu dars urug‘ ekish deb nomlanadi, va u bizga algoritmlarni
o‘rganishga yordam bermoqchi. Algoritmlar nimanidir bajarishni
ketma-ketlik bilan
tushuntiradigan maxsus ko‘rsatmalardir. Hattoki har kungi
nonushta qilish yoki tishingizni cho‘tkalash ham ishni bajarish
uchun kichik qadamlarni talab etadigan algoritmlar hisoblanadi.
Komputerlar
haqiqatda aqlli bo‘la olishadi, ammo
ular faqatgina siz ularga aynan nimani xohlashingizni bosqichma-bosqich
aytsangizgina tushuna oladi xolos.
Algoritmlarning yaxshi jihati agar siz bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarga
rioa qilsangiz, siz hali oldinda qanday amalga oshirishni
bilmagan nimanidir qila olishingiz mumkin. Bu xuddi
biron retsept bilan ishlashga o‘xshaydi.
Bugun biz biron algoritmdan foydalanib, o‘z urug‘larimizni
ekmoqchimiz. Demak, birinchi biz
tuvakni tuproq bilan to‘ldirib chiqishimiz kerak to‘g‘rimi?
To‘g‘ri. Bu rasmlarni
alohida qilib kesish orqali o‘z algoritmingizni yarating.
Urug‘ ekishdagi bosqichlarni ko‘rsatadigan rasmlarni tanlang
va keyin o‘sha rasmlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda tartiblab chiqing.
Endi, algoritmingiz ishlayotgan ishlamayotganini ko‘rish vaqti keldi.
Algoritmdagi ko‘rsatmalarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma bosqich bajaring.
Ular to‘g‘ri tartiblanganmi? Siz algoritmga asoslangan holda
urug‘larni ekishda muvaffaqiyotga erishdingizmi?
Bu xuddi rasmlar bilan dasturlashga o‘xshaydi!
Agar biz shokalad qilishni xohlasak, bu jarayonni amalga oshirish uchun
juda ko‘p katta bosqichlar mavjud.
Va bu katta bosqichning har biri o‘zining kichikroq bosqichlar to‘plamidan tashkil topgan.
Shokolad qanaqa ta’mli bo‘lishini xohlashimizga qarab,
turli xil resteptlar va algoritmlar mavjud.
Har bir bosqich muhim, hattoki eng kichiklari ham.
Demak, biror bosqichsiz, ularning qolganlarini
amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqalar ham tushuna oladigan
algoritmlar yaratish haqiqatda muhim.
Shunda yozib qo‘yilgan har bir bosqichni kim qilishidan qat’i nazar
natija bir xil bo‘laveradi.