Ko'pchiligingiz bu ikki savdogar haqidagi hikoyani bilsangiz kerak
ular 1900 chi yillarda Afrikaga borishadi.
Ularning maqsadi u yerda oyoq kiyim sotish uchun
imkoniyat bor yoki yo'qligini aniqlash edi.
Va ular Manchesterga javob telegramma yuboradi.
Ularning biri shunday yozadi: " Bu yerda umid yo'q. Nuqta.
Bular oyoq kiyim kiymas ekan."
Va ikkinchisi esa shunday yozadi: " Juda zo'r imkoniyat.
Bularda hali oyoq kiyim yo'q ekan."
(Kulgi)
Hozirda mumtoz musiqa dunyosida shunga o'xhshash holat,
chunki ba'zi odamlar mumtoz musiqa
yo'qolib borayapti deb o'ylaydi.
Va oramizda ba'zilarimiz siz hali hech narsa ko'rmagansiz deb o'ylaymiz.
Hisobotlar va qaysi yo'nalishda ketayotganimiz,
orkestrlar yopilishi, va musiqa kompaniyalarining
qisqarishi haqida gapirgandan ko'ra,
men bugun bir tajriba o'tkazsak deyman- tajriba.
Aslida, bu haqiqiy tajriba emas, chunki men natijasini bilaman.
Lekin bu huddi tajribaday. Endi, boshlashdan oldin-
(Kulgi)
-avvalambor ikkita narsadan boshlashimiz kerak.
Birinchisi, men sizga yetti yashar bola
pianinoni qanday o'ynashini eslatmoqchiman.
Balki uyingizda shunday bola bordir.
U bunday o'ynaydi.
(Pianino)
Ba'zi birlaringizga bu tanish.
Agar u yana bir yil mashq qilsa, sakkiz yoshda endi
u bunday o'ynaydi.
(Pianino)
U yana bir yil darslar olib mashq qiladi, va endi u to'qqiz yoshda.
(Pianino)
Keyin u yana bir yil mashq qiladi, u endi o'n yoshda.
( Pianino)
Mana shu paytda ular odatda musiqa chalishni to'xtatadi.
(Kulgi)
(Qarsaklar)
Agar siz yana bir yil kutganingizda,
mana buni tinglagan bo'lar edingiz:
(Pianino)
Bu siz o'ylganingiz emas, unda birdan ishtiyoq
va qiziqish paydo bo'lgani yo'q, yoki yangi
o'qtuvchi olgani yo'q, yoki ulg'ayib qolgani va boshqa sabablar ham emas.
Aslida o'zgarish shundaki uning impluslari, yani urg'u berishi kamaydi
Birinch marta o'ynaganida
u har bir notaga urg'u berib chalgandi.
(Pianino)
Ikkinchi martasida esa har ikki notaga bir urg'u beradi.
(Pianino)
Buni mening boshimga qarab bilasiz.
(Kulgi)
To'qqiz yashar, to'qqiz yashar esa
urg'uni har to'rtta notaga bir beradi.
(Pianino)
Va o'n yashar esa har sakkiz notaga bir urg'u beradi.
(Pianino)
Va 11-yashar esa butun qismni bir urg'u bilan o'ynaydi.
(Pianino)
Men tanam bunday holatga qanday kelib qolganini bilmayman
(Kulgi)
Men, birnichi, yelkamni keyin tanamni bir tomonga yonbo'stiraman deganim yo'q.
Yo'q, bu musiqa meni siljitdi,
men buni bir bo'ksada o'ynash deyman.
(Pianino)
yoki boshqa tomonga yonboshlasa bo'ladi.
(Pianino)
Bir kuni men yosh pianinochi bilan ishlab
ko'rsatayotgan taqdimotimni bir kishi kuzatib turgandi.
U Ohayo shtatidagi bir korporatsiyaning prezidenti edi.
Va men yosh pianinochiga shunday dedim
" sening muammong shundaki sen ikkala bo'ksang bilan o'ynayapsan.
Sen bir bo'ksada o'ynashing kerak"
Va u chalayotgan paytda men uning tanasini bir tomonga yonboshlatib siljitdim.
Va birdaniga musiqa yuksalib ketdi.Go'yo qanot chiqarganday.
Tomoshobinlar farqni eshitgan zahoti hayajondan oh urishdi.
Va keyin men o'sha kuzatib turgan kishidan xat oldim.
U shunday deb yozdi: " Men shunchalik ta'sirlanib ketdimki,
men qaytgach butun kompaniyamni bir bo'ksali
kompaniyaga o'zgartirdim."
(Kulgi)
Men sizga aytmoqchi bo'lgan yana bir narsa bu Siz haqingizdadir.
menimcha bu yerda 1600 odam bor.
Menimcha orangizda 45 tangiz
mumtoz musiqani juda katta ishtiyoq bilan yoqtiradi.
Siz uni judayam yaxshi ko'rasiz. Radiongizni har doim mumtoz musiqa kanaliga buraysiz.
Va mashinangizda Disklar bor, va siz simfoniya konsertlariga borasiz.
Va sizning bolalaringiz ham musiqa asboblarini chaladi.
Siz hayotingizni mumtoz musiqasiz tasavvur qilolmaysiz.
Bu birinchi guruh; juda kichik guruh.
Keyin sal kattaroq guruh bor.
Bu odamlarga mumtoz musiqa xalaqit bermaydi.
(Kulgi)
siz uzun kun tugab uyga kelgach,
vino ichib, oyog'ingizni ko'tarib o'tirganda
Vivaldi musiqasi o'ynab tursa hech narsa qilmaydi.
(Kulgi)
Bu ikkinchi guruh.
Yana uchinchi guruh bor.
Bu odamlar hech qachon mumtoz musiqa tinglamaydi.
Unga sizning hayotingizda umuman o'rin yo'q.
siz uni aeroportlarda eshitishingiz mumkin, xuddi chekuvchilar yonida turib sigaret hidini hidlaganday- lekin
(Kulgi)
balki atrofda chalinib turgan Aida marshidan
biroz tinglarsiz. Lekin undan tashqari siz hech qachon uni tinglamaysiz.
Bu balkim eng ko'pchlikdir.
Va yana bir kichik guruh bor.
Bu odamlar o'zlarida ohang yo'q deb o'ylaydi.
Juda ajablanarli ko'pchilik o'zlarini ohangga moyil emas deb o'ylaydi.
Aslida, men buni ko'p eshitaman: " Mening erimda musiqiy ohanglik yo'q" deyishadi.
(Kulgi)
Aslida sizda ohang bo'lmasligi mumkin emas. Heck him ohangsiz emas.
Agar siz ohang farqiga bormaganingizda, mashinangizda
qo'l bilan boshqarishni eplayolmagan bo'lardingiz.
Siz Texaslik va Rimlik odamlarni gapirishidan
farqini aytib berolmagan bo'lardingiz.
Va telefonda, onangiz telefon qilsa
va sizga "salom" desa, siz nafaqat uning kimligini bilasiz,
balki uning kayfiyatini ham sezasiz.
Sizning quloqlaringiz juda ajoyib. Hammaning quloqlari ajoyib.
Shunday ekan, hammada ohangrabolik bor.
Lekin sizga shuni aytay. Meni bu mumtoz musiqani
yaxshi ko'radigan va unga umuman
qiziqmaydigan odamlar soni orasidagi
katta farq meni tinch qo'ymaydi
va menda musiqiy ohangli quloq yo'q deydiganlar endi bu yerda yo'q.
Baribir bu uchta guruh orasidagi farq juda katta.
Shuning uchun men bu xonadagi har bir odamni
uzoq yaqindagi, Aspenda turib bizni tomosha qilayotganlar
va hamma hammani mumtoz musiqani sevadigan qilaman.
Hozir mana shuning ustida ishlaymiz.
Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, mening hayolimda umuman shubha yo'q
yuzimda bundan darak yo'q, to'g'rimi?
Mana shu liderning ya'ni boshlovchi odamning belgisidir.
ya'ni o'z orzusini odamlar amalga oshira olishiga bir zum ham
shubhalanmaslikdir.
Tasavvur qiling-a, Martin Luther King " Mening orzuim shuki.
Va albatta , odamlarning bunga tayyorligiga shubham bor" desa
( Kulgi)
Xo'sh, endi Chopin yozgan musiqani chalay.
Bu kompozitor Chopinning juda chiroyli musiqasi. Ba'zilaringiz bilarsiz.
( Musiqa)
Men sizga aytaymi bu yerda hozir nima bo'ldi?
Men chalish boshlaganda, siz " bu naqadar go'zal" deb o'yladingiz
( Musiqa)
" Kelasi yil yozgi ta'tilda biz o'tgan
yilgi joyga bormasak yaxshi bo'lardi"
( Kulgi)
Bu juda qiziq, shundaymi? Hayol qay tomonga
boshlab ketishini qarang.
Va albatta-
( qarsaklar)
va albatta, agar musiqa uzun bo'lsa va siz kun bo'yi charchagan
bo'lsangiz, aslida bu sizni uyquga eltishi mumkin.
Va sherigingiz sizni turtib
" Uyg'onsangchi axir, bu madaniyat!" desa, siz o'zingizni undan ham yomon his qilasiz.
Hech o'ylaganmisiz, siz mumtoz musiqa tinglaganda
mizg'ib ketishingizga sabab sizda emas, balki bizda bo'lsachi?
Men chalganimda, hech biringiz "u nega
shuncha ko'p urg'u berib o'ynayaptimi "deb o'yladingizmi?
Agar men buni boshim bilan ko'rsatganda, albatta e'tibor bergan bo'lardingiz.
(Musiqa)
Va endi umringiz oxirigacha, har safar mumtoz musiqa tinglaganda
siz bu umpuls, urg'ularni seza oladigan bo'lasiz.
Keling yaqindan ko'rib chiqaylik.
Bizda B (bi) ohangi bor, Bu Bi, keyingi nota C (si).
Sining vazifasi Bini homush qilishdir. Qarang-a!
(Kulgi)
Kompozitorlar buni biladi. Agar homush musiqa kerak bo'lsa
mana shu ikki notani o'ynashadi.
(musiqa)
Aslida bu faqat Bi, 4 ta homush nota bilan.
(Kulgi)
Endi A (Ei) ga o'tamiz.Keyin G ( Dji) va keyin F (ef).
Endi bizda, Bi, Ei, Dji, Ef, va yana bu B,A,G, F bo'lsa
keyingisi nima bo'ladi? Oh, qaytadan harakat qilingchi.
Qani TED Xori, Ooh.
(Kulgi)
Ko'rdingizmi? hammada ohangrabolik bor.
Bangladeshning har bir qishlog'idan tortib
Xitoyning har bir burchagidagi odamlar- hamma hamma buni biladi:
ta-ta-ta-ta.. Hamma keyin E ( i) kelishini biladi.
Endi Chopin E ( I) ga birdan yetib borgisi kelmaydi,
chunki aks holda u tugab qoladi. Huddi Gamletga o'xshab.
Gamletni eslaysizmi. 1 chi qism, 3 chi ko'rinishi:
U tog'asi otasini o'ldirganini bilib qoladi.
Eslasangiz u borib tog'asini o'ldirmoqchi bo'ladi
yaqinlashadiyu, lekin yana orqaga qaytadi
va u yana yaqinlashib, uni o'ldirmoqchi bo'ladi, lekin yana qaytadi.
Va orqa qatorda o'tirgan tanqidchilar
fikr bildirish kerak bo'lganda " Gamlet ishni orqaga qoldiradiganlardan" degan bo'lardi.
(Kulgi)
Yoki ular " Gamlet Edipus kasaliga uchragan" deydi.
Yo'q, aks holda spektakl oxiriga yetgan bo'lardi.
Shuning uchun Shekspir Gamlet spektakliga bu narsalarni qo'shgan.
Yani Ofelianing aqldan ozishi, spektakl ichida spektakl
Yorikning kallasi, go'r qazuvchilar,
bularning bari o'ldirish sahnasini biroz ortga surib turish uchundir.
Chopin ham shunday qiladi. Yani E notasiga yetay deganda
u " qani bunga bir aylanib qaytib kelaychi " deydi
shuning uchun u yana takrorlaydi.
Endi u hayajonlanib ketadi- bu hayajon,
bu haqida qayg'urmay qo'ya qoling.
Endi u keskin Ef (F) notaga o'tadi, va oxiri E -i notasiga yeta boshlaydi,
lekin bu noto'g'ri nota, chunki u izlayotgani
mana bu, va uning o'rniga u shuni chaladi...
biz buni aldovchi qadam deymiz, chunki u bizni aldaydi.
Men har doim talabalarimga shunday deyman: " Agar sizda aldovchi qadam bo'lsa,
qoshalringizni bir ko'tarib qo'ying, shunda hamma biladi "
(Kulgi)
(Qarsaklar)
Endi u E (i) notasiga keladi, lekin bu noto'g'ri nota.
Va u yana E ni chalib ko'radi. Lekin davomiylik yo'q.
U yana E ni chaladi. U yana to'g'ri kelmaydi.
Endi u yana E (i) notasini chalib ko'radi, yana to'g'ri kelmaydi.
va oxiri..
mana bu birinchi qatordagi kishi " mmm..." deyishini ko'ring.
U uzun kundan keyin uyiga kelib, mashinadan tushganida
huddi shunday yengil tortadi.
" Ahh..Men uydaman". Chunki biz hammamiz uy nimaligi bilamiz.
Va mana bu yerda uzoqdan uyiga keladi.
Va men boshidan boshlab chalaman
va siz men bilan birga kuzating. B, Si, B, Si, B, Si, B-
dan A gacha, va G (Dji) va F (ef) gacha.
E ga boray boray deydi, lekin bormaydi, aks holda musiqa tugagan bo'lardi.
Va u yana B (Bi) ga qaytadi. Va hayajonlanadi, keyin keskin F (ef) ga buriladi. Keyin E ( i) ga boradi.
Bu noto'g'ri nota. Noto'g'ri nota. Noto'g'ri nota.
va oxiri u E (i) ga keladi, huddi uyga kelganday.
Va siz hozir bir bo'ksada yonboshlab chalishimga guvoh bo'lasiz.
(Kulgi)
Chunki men Bi va E notalarini birlashtirishim uchun
oradagi hamma notalar haqida alohida o'ylamasdan,
balki Bi dan E gacha bo'lgan uzun yo'lni o'ylashim kerak.
Bilasizmi, biz yaqinda Janubiy Afrikada bo'ldik, va Janubiy Afrikaga borganda
Mandela 27 yil qamoqda bo'lganini o'ylamay qo'ymaysiz.
U nima haqida o'ylagan ekan shuncha payt? Tushlik haqidami?
Yo'q, u Janubiy Afrikaning kelajagini orzu qilgan
va odamzot hayotini yaxshilashni o'ylagan. Ana shu narsa-
uning orzulari va niyatlari uni maqsadiga yetkazdi. Bu o'sha uzun chiziqdir.
Huddi qushlar uzun dalalar ustidan uchganday
ular pastdagi devorlarga qaramaydi to'g'rimi?
Va siz hozir men bilan B dan E notasigacha davomiylikni kuzatasiz.
Boshlashimdan oldin , sizdan bir narsani so'rayman.
Siz juda yaxhshi ko'rgan, lekin endi orangizda bo'lmagan odam haqida o'ylang.
Sevimli buvingizmi, sevgan odamingizmi,
kimdir, siz butun qalbingiz bilan yaxshi ko'rgan inson
lekin u odam orangizda endi yo'q.
Ana shu insonni hayolingizga keltiring, va ayni paytda
B dan E notasigacha bo'lgan chiziqni kuzating,
va shunda siz Chopin aytgisi kelgan hamma narsani tinglay olasiz.
( Musiqa)
(Qarsaklar)
Siz balki hayron bo'lgandirsiz
Nima uchun men qarsak chalayapman.
Men Bostonda bir maktabda shunday qildim
taxminan 70 ta 12 yoshli yettinchi sinf o'quvchilariga.
Men ularga hozir siz bilan nima qilgan bo'lsam
huddi shunday qildim, ularga aytdim, tushuntirdim.
Va oxiri ular hayajonlanib qarsak chalishdi.
Men ham qarsak chaldim. Ular ham qarsak chaldi.
Oxiri men aytdim: Men nima uchun qarsak chalayapman?"
Kickhina bolalarning biri esa : " Chunki biz sizni tingladik" deb javob berdi.
(Kulgi)
O'ylab ko'ringa, 1600 odam, band odamlar
har hil ish bilan mashg'ul odamlar.
Chopinning musiqasini, tinglab, uni tushinib ta'sirlandi.
Bu e'tiborga sazovordir.
Har bir odam buni tushunib, ta'sirlanganiga
ishonaman. Albatta men bunga aminman deb aytolmayman.
Lekin men sizga bir narsani aytaman.
Men Irlandiyada 10 yil oldin muammo paytlarida bo'lgandim
va men Katolik va Protestant bolalari orasida
qarama qarshilikni hal qilish ustida ishlayotgandim. Va men ham ular bilan huddi shunday qildim.
Bu xavfli, chunki ular ko'chada o'sgan bolalar.
Ertasiga bolarning biri menga kelib shunday dedi:
" Bilasizmi, men hayotimda hech qachon mumtoz musiqa tinglamaganman,
lekin siz o'sha "shopping" ni chalganda... (shopping- bozor qilish degani. Bola Chopinni adashtirib Shopping deydi)
(Kulgi)
u shunday dedi " mening akam o'tgan yili otib o'ldirilgan edi. Men u uchun hech yig'lamagandim
Lekin kecha siz o'sha musiqani chalganda
men u haqida o'ylayotgan edim.
va men ko'z yoshlarimni to'xtata olmadim.
Bilasizmi, men akam uchun yig'lab, ancha yengil tortdim."
Va men shunda bir qarorga keldim
y'ani mumtoz musiqa hamma uchundir. Hamma uchun.
Lekin qanday yashash mumkin, qanday yurish mumkin-
chunki mening musiqiy kasbim buni ko'rmaydi.
Ular aytadiki, aholining 3 foizi mumtoz musiqani sevadi.
Agar biz ularning sonini 4 foizga ko'tarsak, muammolarimiz hal bo'lardi deyishadi.
men esa aytaman, qanday qilib yurish mumkin, qanday qilib so'zlash mumkin,
agar aholining faqat 3 foizi mumtoz musiqani sevadi deb o'ylasangiz, qanday yashash mumkin?
Agar faqatgina 4 foizga ko'tarsak. Qanday qilib yurasiz?
Qanday qilib gapira olasiz? Agar hamma mumtoz musiqani
sevadi, lekin ular o'zlari hali buni tushunib yetishgani yo'q
desangizchi, qanday qilib yashardingiz?
(Kulgi)
Qarang-a bu umuman boshqa dunyo.
Men 45 yoshimda bir ajoyib narsa sodir bo'ldi.
Men 20 yildan beri derejer bo'lgach, birdaniga shuni tushunib yetdim:
Orkestraning direjori umuman ovoz yoki musiqa chiqarmaydi.
Mening rasmim CD yuzida chiqadi-
(Kulgi)
-lekin dirijor umuman tovush chiqarmaydi.
Uning bor kuchi boshqa odamlarni kuchlantirishdan iboratdir.
Buni tushunib yetish mening hayotimni butunlay o'zgartirdi.
Mening orkestramdagi odamlar mendan
" Ben, senga nima bo'ldi?" deb so'rash boshladi. Menga ana shu narsa sodir bo'ldi.
Men shuni angladimki, mening ishim boshqa odamlarning qobiliyatlarini uyg'otishdan iborat.
Va albatta, men buni bajarayapmanmi yo'qmi bilgim keldi.
Buni qanday bilsa bo'ladi? Ularning ko'zlaridan.
Agar ularning ko'zlari porlab tursa, to'g'ri ish qilayotganingizni bilasiz.
Qarang, mana bu kishing ko'zlari bilan butun qishloqni yoritsa bo'ladi.
(Kulgi)
Haqiqatdan, agar ko'zlari porlasa , demak siz to'g'ri ish qildingiz.
Agar ko'zlari charaqlamasa, o'zingizga savol bering.
Savol shuki:
Men ularning ko'zlari charaqlamaydigan nima qilayapman?
Va biz farzandlarimiz bilan ham shunday qilsak bo'ladi.
mening farzandlarim ko'zlari porlamaydigan nima ish qilayapman?
Bu umuman boshqa dunyo.
Biz mana bir tog'dek ajoyib haftaning yakuniga kelayapmiz,
va biz kundalik hayotlarimizga qaytamiz.
biz shuni so'rasak bo'ladi:
men kundalik hayotga qaytib, dunyoda kim bo'layapman?
Bilasizmi, muvaffaqiyatni men qanday ta'riflayman.
Men uchun bu juda sodda. Bu boylik, mashhurlik yoki kuch emas.
Bu atrofimda porlab turgan ko'zlar sonidadir.
Va mening oxirgi bir o'yim shuki,
biz aytgan so'zlarimiz ahamiyati katta.
Og'zimizdan chiqqan har bir so'z narsalarni o'zgartira oladi.
Men buni Osventsim (Aushvitz) fashist qamoq lageridan qutulib chiqqan
tirik qolgan ozchilik odamlar orasidagi bir ayoldan o'rgandim.
U 15 yoshida Aushvitzga boradi,
uning ukasi esa 8 yoshli edi, ota-onalari yo'qolgan edi.
Va u menga aytdiki, " Biz Aushvitzga poezdda
ketayotganda, ukamning oyoq kiyimi
yo'qligini ko'rib qoldim, va unga
"Shunchalik ham ahmoq bo'lasanmi, narsalaringa
qarab yurolmaysanmi, voy-ey?" dedim,
huddi opa ukasiga gapiradiganday.
Afsuski, bu unga aytgan oxirgi so'zlari edi
chunki u ukasini qaytib hech ko'rmadi. Ukasi tirik qolmadi.
Va u Aushvitzdan qutulib chiqqanda, shunday ont ichdi.
U menga aytdi : Aushvitzdan hayotga qaytganda
men ont ichdim. Ont shuki, men hech qachon so'nggi
so'z bo'lolmaydigan narsani aytmayman"
Biz shunday qila olamizmi? Yo'q. Biz o'zimizni va
boshqalarni ham noto'g'ri qilamiz. Lekin bu nazarda tutadigan ehtimol, imkoniyatdir. Rahmat.
(Qarsaklar)
Charaqlagan ko'zlar, porlagan ko'zlar.
Rahmat sizga, Rahmat.
( Musiqa)