Kompyuterlar amallarni takrorlashda juda yaxshi.
Siz 10, 20 yoki 100 gacha sanashingiz mumkin.
Biroq, kompyuter bir milliard yoki trilliongacha sanashi mumkin.
U aslo zerikmaydi va bunga faqat bir necha soniya sarflaydi.
Bu hisob, yoki rasm chizish yoki ixtiyoriy boshqa narsa bo'lsin - kompyuterlar
yuz yoki hatto milliard marta uni takrorlashi mumkin.
Dasturlashda biz buni sikl deb ataymiz.
Sikl sizning kodingizni qayta-qayta bajarish uchun bir usul.
Keyingi jumboqda siz "takrorlash" blokidan foydalanib Annaga kvadrat yaratishga yordam berishingiz kerak.
"Takrorlash" blokiga kiritilgan har qanday kod bloklari siz xohlaganingizcha ko'p marta takrorlanadi.
Kvadratni chizish uchun siz "oldinga siljish" va "o'ng tomonga burilish" bloklarini 4 marta ishlatishingiz mumkin.
Biroq, kompyuterga "oldinga siljish" va "90 daraja o'ngga burilish" bir marta aytish
keyin unga bu amallar juftligini 4 marta takrorlashni aytish osonroq.
Buning uchun siz "oldinga siljish" va "o'ngga burilish" bloklarini "takrorlash" bloki ichiga joylashingiz kerak.
Esda tuting, "Takrorlash" bloki maydonidagi miqdorni kerakli har qanday songa o'zgartirishingiz mumkin
va undagi amallar siz ko'rsatgan sonda takrorlanadi.