1 00:00:05,120 --> 00:00:09,040 Mening ismim May-Li XO, men dizayner va ixtirochiman. 2 00:00:10,300 --> 00:00:15,680 Men Apple uchun ba'zi dizayn ishlanmalarini qilganman, va hozirda bolalarga maktablarda foydalanishda 3 00:00:15,680 --> 00:00:18,060 osonlik tug'dirishi uchun mahsulotlar dizaynini ishlab chiqmoqchiman. 4 00:00:18,060 --> 00:00:22,300 Bundan tashqari DJ-lik va raqsga tushish bilan ham shug'ullanaman. 5 00:00:25,620 --> 00:00:27,960 Kompyuterlar hamma joyda mavjud! 6 00:00:27,960 --> 00:00:33,180 Ular bizning cho'ntaklarimizda, bilaklarimizda, mashinalarda. 7 00:00:33,180 --> 00:00:35,460 Hozir, masalan, ryukzakingizning cho'ntagida bo'lishi mumkin. 8 00:00:36,160 --> 00:00:38,820 Ammo, kompyuterni kompyuter qilgan narsa nima? 9 00:00:38,820 --> 00:00:41,000 Aslida kompyuterni nima kompyuter qiladi? 10 00:00:41,000 --> 00:00:42,980 Va u qanday ishlaydi? 11 00:00:46,380 --> 00:00:50,180 Salom, mening ismim Nat! Men Xbox-ning asl dizaynerlaridan biri edim. 12 00:00:50,460 --> 00:00:56,040 Men yetti yoshimdan boshlab kompyuterlar bilan ishladim va virtual reallik ustida ishladim. 13 00:01:07,180 --> 00:01:10,520 Inson sifatida biz har doim muammolarni hal qilishga yordam beradigan vositalarni yaratdik. 14 00:01:10,600 --> 00:01:15,900 G'ildirakli arava, bolg'a, bosmaxona va traktor tirkamasi kabi vositalar. 15 00:01:15,900 --> 00:01:19,220 Ushbu ixtirolarning barchasi bizga qo'l ishlarida yordam beradi. 16 00:01:19,220 --> 00:01:21,280 Vaqt o'tishi bilan odamlar tenglamalarni yechish yoki 17 00:01:21,380 --> 00:01:25,560 osmondagi yulduzlarni kuzatib borish orqali qiladigan aqliy ishimizga 18 00:01:25,560 --> 00:01:29,820 yordam beradigan mashinani ishlab chiqish va qurish mumkinmi, deb o'ylay boshlaydilar. 19 00:01:29,820 --> 00:01:34,280 Iflos predmetlar va tosh kabi jismoniy narsalarni ko'chirish o'rniga, 20 00:01:34,280 --> 00:01:38,300 bu mashinalar axborotni boshqara olishi kerak edi. 21 00:01:40,040 --> 00:01:43,740 Informatika kashfiyotlari fikrlash mashinasini loyihalashtirishni o'rgangach, 22 00:01:43,740 --> 00:01:46,920 to'rt xil vazifani bajarishi kerakligini angladilar. 23 00:01:48,240 --> 00:01:50,240 Axborotni kiritish, 24 00:01:51,080 --> 00:01:52,360 axborotlarni saqlash, 25 00:01:53,400 --> 00:01:56,180 qayta ishlash va natijalarni olish kerak bo'ladi. 26 00:01:56,700 --> 00:01:58,580 Bu oddiy tuyulishi mumkin, 27 00:01:58,580 --> 00:02:01,980 ammo to'rtta vazifa hamma kompyuter uchun umumiydir. 28 00:02:02,740 --> 00:02:05,620 Aynan mana shu kompyuterni kompyuter qiladi. 29 00:02:07,940 --> 00:02:10,419 Dastlab kompyuterlar yog'och va metalldan 30 00:02:10,419 --> 00:02:12,580 mexanik qo'llari bilan ishlangan. 31 00:02:13,360 --> 00:02:17,600 20-asrga kelib kompyuterlardan elektr orqali foydalanila boshlandi. 32 00:02:17,600 --> 00:02:21,100 Dastlabki kompyuterlar juda katta va juda sekin edi. 33 00:02:21,100 --> 00:02:25,380 Oddiy matematik masalani yechish uchun xona o'lchamidagi kompyuter soatlab vaqt talab qilishi mumkin edi. 34 00:02:27,400 --> 00:02:33,040 Ushbu mashinalar yaltiroq, rang-barang metall va ko'plab miltillovchi chiroqlardan iborat bo'lgan. 35 00:02:33,320 --> 00:02:36,100 Kompyuterlar asosiy kalkulyator sifatida ishlay boshladilar, 36 00:02:36,100 --> 00:02:40,760 ya'ni o'sha paytda bu juda ajoyib edi va ular faqat raqamlar bilan ishlardi. 37 00:02:40,800 --> 00:02:47,220 Ammo biz ularni bir-birimiz bilan suhbatlashish, o'yin o'ynash, robotlarni boshqarish 38 00:02:47,220 --> 00:02:49,980 va tasavvur qilgan har qanday aqldan ozadigan ishlarni bajartirish uchun ishlatishimiz mumkin. 39 00:02:50,920 --> 00:02:54,120 Zamonaviy kompyuterlar xuddi eski mashinalarga o'xshaydi, 40 00:02:54,120 --> 00:02:56,580 ammo ular hali hamon to'rt vazifani bajaradilar. 41 00:03:02,740 --> 00:03:04,740 Birinchidan, biz kiritish haqida gaplashamiz. 42 00:03:04,740 --> 00:03:07,180 Bu mening eng yoqtirganim, chunki kiritish shunday narsaki, 43 00:03:07,180 --> 00:03:12,240 dunyo yoki siz qiladigan narsalar kompyuterni nimadir qilishiga imkon beradi. 44 00:03:12,240 --> 00:03:14,160 Siz kompyuterga klaviatura bilan nima qilishni aytasiz, 45 00:03:14,160 --> 00:03:18,640 ularga sichqoncha, mikrofon, kamera bilan nima qilishni ayta olasiz. 46 00:03:18,640 --> 00:03:22,400 Va agar siz bilagingizga kompyuter taqib olgan bo'lsangiz, u sizning yurak urushingizni tinglashi 47 00:03:22,400 --> 00:03:25,520 yoki mashinangiz nima qilayotganini tinglashi mumkin. 48 00:03:25,520 --> 00:03:31,180 Sensorli ekran rostdan ham barmog'ingizni sezishi mumkin va buning uchun u nima qilayotgani kiritilishi kerak. 49 00:03:36,200 --> 00:03:40,680 Ushbu kiritishlarning barchasi kompyuterga axborot beradi va keyinchalik xotirada saqlanadi. 50 00:03:41,860 --> 00:03:45,480 Kompyuterning protessori xotiradan ma'lumotlarni oladi. 51 00:03:45,480 --> 00:03:47,920 Bu shunchaki buyruqlar qatori bo'lgan algoritm 52 00:03:47,920 --> 00:03:49,980 bilan uni boshqaradi yoki o'zgartiradi. 53 00:03:49,980 --> 00:03:54,180 Va qayta ishlagan ma'lumotni xotirada saqlash uchun yuboradi. 54 00:03:54,200 --> 00:03:58,620 Bu jarayon qayta ishlagan ma'lumot chiqarilguncha davom etadi. 55 00:04:03,320 --> 00:04:07,260 Kompyuter ma'lumotni qanday chiqarishi - nima uchun mo'ljallanganligiga bog'liq. 56 00:04:07,260 --> 00:04:13,180 Kompyuter displeyi matnni, fotosuratlarni, videofilmlarni yoki interaktiv o'yinlarni namoyish qilishi mumkin -- hatto reallikni ham! 57 00:04:13,180 --> 00:04:17,279 Kompyuterning chiqarishi hatto robotni boshqarish signallarini ham o'z ichiga oladi. 58 00:04:17,279 --> 00:04:19,820 Va kompyuterlar Internet orqali 59 00:04:19,820 --> 00:04:23,880 ulanganda, bitta kompyuterning natijasi boshqasiga kirishga aylanadi va aksincha. 60 00:04:25,620 --> 00:04:29,760 Bugungi kunda biz foydalanayotgan kompyuterlar haqiqatan ham fikrlash mashinalaridan farq qiladi. 61 00:04:29,760 --> 00:04:32,620 Va ertaga qanday kompyuterlar bo'lishini kim biladi? 62 00:04:32,620 --> 00:04:37,480 Umid qilamanki, ertangi kunning kompyuterlari qanday bo'lishini hal qilishda yordam berasiz. 63 00:04:37,480 --> 00:04:41,480 Ammo barcha kompyuterlar foydalanilgan texnologiyalardan qat'i nazar 64 00:04:41,480 --> 00:04:44,580 ular doim to'rt narsani bajaradilar. 65 00:04:44,580 --> 00:04:46,360 Ular axborot olishadi, 66 00:04:46,360 --> 00:04:47,980 saqlashadi, 67 00:04:47,980 --> 00:04:49,520 qayta ishlashadi, 68 00:04:49,520 --> 00:04:51,460 so'ngra natijani berishadi.