Mening ismim May-Li XO, men dizayner va ixtirochiman.
Men Apple uchun ba'zi dizayn ishlanmalarini qilganman, va hozirda bolalarga maktablarda foydalanishda
osonlik tug'dirishi uchun mahsulotlar
dizaynini ishlab chiqmoqchiman.
Bundan tashqari DJ-lik va raqsga tushish bilan ham shug'ullanaman.
Kompyuterlar hamma joyda mavjud!
Ular bizning cho'ntaklarimizda, bilaklarimizda, mashinalarda.
Hozir, masalan, ryukzakingizning cho'ntagida bo'lishi mumkin.
Ammo, kompyuterni kompyuter qilgan narsa nima?
Aslida kompyuterni nima kompyuter qiladi?
Va u qanday ishlaydi?
Salom, mening ismim Nat! Men Xbox-ning asl dizaynerlaridan biri edim.
Men yetti yoshimdan boshlab kompyuterlar bilan ishladim va virtual
reallik ustida ishladim.
Inson sifatida biz har doim muammolarni hal qilishga yordam
beradigan vositalarni yaratdik.
G'ildirakli arava, bolg'a, bosmaxona va traktor tirkamasi kabi
vositalar.
Ushbu ixtirolarning barchasi bizga qo'l ishlarida yordam beradi.
Vaqt o'tishi bilan odamlar tenglamalarni yechish yoki
osmondagi yulduzlarni kuzatib borish orqali qiladigan aqliy
ishimizga
yordam beradigan mashinani ishlab chiqish va qurish mumkinmi, deb
o'ylay boshlaydilar.
Iflos predmetlar va tosh kabi jismoniy narsalarni ko'chirish o'rniga,
bu mashinalar axborotni boshqara olishi kerak edi.
Informatika kashfiyotlari fikrlash mashinasini loyihalashtirishni
o'rgangach,
to'rt xil vazifani bajarishi kerakligini
angladilar.
Axborotni kiritish,
axborotlarni saqlash,
qayta ishlash va natijalarni olish kerak bo'ladi.
Bu oddiy tuyulishi mumkin,
ammo to'rtta vazifa hamma kompyuter uchun umumiydir.
Aynan mana shu kompyuterni kompyuter qiladi.
Dastlab kompyuterlar yog'och va metalldan
mexanik qo'llari bilan ishlangan.
20-asrga kelib kompyuterlardan elektr
orqali foydalanila boshlandi.
Dastlabki kompyuterlar juda katta va juda sekin edi.
Oddiy matematik masalani yechish uchun xona o'lchamidagi
kompyuter soatlab vaqt talab qilishi mumkin edi.
Ushbu mashinalar yaltiroq, rang-barang metall
va ko'plab miltillovchi chiroqlardan iborat bo'lgan.
Kompyuterlar asosiy kalkulyator sifatida
ishlay boshladilar,
ya'ni o'sha paytda bu juda ajoyib edi va ular faqat raqamlar
bilan ishlardi.
Ammo biz ularni bir-birimiz bilan suhbatlashish,
o'yin o'ynash, robotlarni boshqarish
va tasavvur qilgan har qanday aqldan ozadigan ishlarni
bajartirish uchun ishlatishimiz mumkin.
Zamonaviy kompyuterlar xuddi eski mashinalarga o'xshaydi,
ammo ular hali hamon to'rt vazifani bajaradilar.
Birinchidan, biz kiritish haqida gaplashamiz.
Bu mening eng yoqtirganim, chunki kiritish shunday narsaki,
dunyo yoki siz qiladigan
narsalar kompyuterni nimadir qilishiga imkon beradi.
Siz kompyuterga klaviatura bilan nima qilishni aytasiz,
ularga sichqoncha, mikrofon,
kamera bilan nima qilishni ayta olasiz.
Va agar siz bilagingizga kompyuter taqib olgan bo'lsangiz, u sizning yurak
urushingizni tinglashi
yoki mashinangiz nima qilayotganini tinglashi mumkin.
Sensorli ekran rostdan ham barmog'ingizni sezishi mumkin
va buning uchun u nima qilayotgani kiritilishi kerak.
Ushbu kiritishlarning barchasi kompyuterga
axborot beradi va keyinchalik xotirada saqlanadi.
Kompyuterning protessori xotiradan ma'lumotlarni oladi.
Bu shunchaki buyruqlar qatori bo'lgan algoritm
bilan uni boshqaradi yoki o'zgartiradi.
Va qayta ishlagan ma'lumotni xotirada saqlash uchun yuboradi.
Bu jarayon qayta ishlagan ma'lumot chiqarilguncha davom etadi.
Kompyuter ma'lumotni qanday chiqarishi - nima uchun
mo'ljallanganligiga bog'liq.
Kompyuter displeyi matnni, fotosuratlarni, videofilmlarni yoki
interaktiv o'yinlarni namoyish qilishi mumkin -- hatto reallikni ham!
Kompyuterning chiqarishi hatto robotni
boshqarish signallarini ham o'z ichiga oladi.
Va kompyuterlar Internet orqali
ulanganda, bitta kompyuterning natijasi boshqasiga kirishga
aylanadi va aksincha.
Bugungi kunda biz foydalanayotgan kompyuterlar haqiqatan ham
fikrlash mashinalaridan farq qiladi.
Va ertaga qanday kompyuterlar bo'lishini kim biladi?
Umid qilamanki, ertangi kunning kompyuterlari qanday bo'lishini
hal qilishda yordam berasiz.
Ammo barcha kompyuterlar foydalanilgan
texnologiyalardan qat'i nazar
ular doim to'rt narsani bajaradilar.
Ular axborot olishadi,
saqlashadi,
qayta ishlashadi,
so'ngra natijani berishadi.