Kodlash soati | Raqs bazmi: Xususiyatlar
Mening ismim Maria.
Men Vashington Universitutining uchinchi kurs talabasiman
va men Amazon kompaniyasining bo‘lajak muhandisiman.
Men kompyuter ilmini sevaman, chunki
u muammolarni hal etish va tanqidiy fikrlashni o‘z ichiga oladi.
Va soatlab nimanidir ustida ishlaganingizdan so‘ng
siz haqiqatda ajoyib va rag‘batlantiruvchi nimagadir erishasiz.
Shu paytgacha, sizda turli xil raqqoslar bilan o‘ynashga imkoniyat bor edi
va siz ularni turli xil raqs harakatlari uchun dasturlab ko‘rdingiz.
Ammo, bu harakatlar aslida qanday ishlaydi?
Har bir raqs harakati frame (kadr)lar deb nomlanadigan
ko‘plab rasmlardan tashkil topgan.
Har bir frame o‘zidan oldingisidan ozgina farq qiladi.
Dasturingiz ishlaganida, kompyuter framelarni ketma-ket ko‘rsatadi.
Ular shunchalik tez ko‘rsatiladiki, raqqos harakatlanayotgandek ko‘rinadi.
Bu animatsiya ortida yashiringan sir.
Siz nafaqat raqqosingizning harakatlarini,
balki raqqosingizning xususiyatlarini ham o‘zgartira olasiz.
Xususiyatlar raqqosning ekrandagi joylashuvi,
raqqosning o‘lchami,
raqqosning rangi kabilarni ifodalaydi.
Biron raqqosning xususiyatlarini o‘zgartirish uchun, siz set bo‘limidan foydalanasiz.
Keling, raqqosimiz kichikroq ko‘rinishi uchun set bo‘limini ishlatib ko‘ramiz.
Birinchi, set bo‘limini dasturingizga joylab oling.
Keyin, o‘zgartirmoqchi bo‘lgan raqqosingizni tanlang
va ekranda ko‘rinadigan o‘lchamda yozing.
To‘liq o‘lcham 100.
Agar siz kichikroq sonni tanlasangiz, raqqosingiz ham kichikroq bo‘ladi.
Raqqos qancha kichkina bo‘lsa, u shuncha uzoqroqda ko‘rinadi.
Bu orqaroqda turgan raqqoslar yasash uchun yaxshi usul.
Set bo‘limidan foydalanib, siz raqqosning yo‘nalishi,
aylanishi,
joylashuvi
va rangini ham o‘zgartira olasiz.
Bu xususiyatlar bilan ishlab ko‘rib, siz barcha turdagi o‘zgarishlarni qilib ko‘rishingiz
va ularni qo‘shiqning turli xil qismlari bilan
bog‘lashingiz mumkin.
Unutmang, siz faqatgina raqqosda allaqachon bor bo‘lgan xususiyatlarnigina sozlay olasiz.
Sizning set bo‘limingiz "Make a new dancer" bo‘limidan keyin kelayotganiga amin bo‘ling.
Tajriba qiling, yaratuvchan bo‘ling,
va zavqlaning!