Demak, siz nechanchi sinfsiz? Ikkinchi. O‘ninchi sinf.
Birinchi sinf. Dasturlashni o‘rganganimda men
sakkizinchi sinf edim. Birinchi komputerimni olganimda oltinchi sinf bo‘lganman.
Odamlarning muammolarini to‘g‘irlay olish
men uchun maroqli. Biron fikr orqali o‘zingizni ifodalay olasiz,
nimalarnidir yarata olasiz.
Komputer ilmi keyingi yigirma yoki o‘ttiz
yillarda kollej talabalari
va malakalilar qiladigan juda ko‘p narsalar uchun asos bo‘ladi. Men dasturlashni yoqtiraman
chunki,
men odamlarga yordam berishni yoqtiraman. Menda odamlar hayotini
osonlashtiradigan nimadir yaratishga imkoniyat bo‘ladi.
O‘ylashimcha, bu biz katta kuchga ega bo‘lishimizga yaqin narsa.
Boshlab olish eng muhim qism hisoblanadi.
Men o‘zim ham yangi o‘rganuvchiman va men sizlarni men bilan o‘rganishingizni xohlayman.
Siz doimo yaratishni xohlagan biron sevimli video o‘yiningiz bormi? Yaxshi, biz faqatgina
Play Lab dan foydalangan holda o‘yinlar yaratishni boshlamoqchimiz. Yaxshi o‘yinlarning
o‘z hikoyasi bo‘ladi va har bir hikoyada
aktyorlar qatnashadi. Aktyorlar gapirish, harakatlanish va o‘zaro ta’sirlashish kabilarni bajarishadi,
balki,
hattoki o‘yin qoidalariga asoslangan holda ball yig‘ish kabilarni ham.
hayvonlar kabi qiziqarli aktyorlar bilan bu narsalarning barchasini qanday qilishni o‘rganamiz va
keyin ulashsa bo‘ladigan va telefonda ham o‘ynasa bo‘ladigan biron o‘yin yaratamiz.
Ekraningiz 3 asosiy qismga ajratilgan. Chapda sizning dasturingiz ishlaydigan o‘yin maydoni
joylashgan. Har bir bosqich uchun ko‘rsatmalar pastda yozib qo‘yilgan. O‘rta maydon uskunalar qutisi,
va bu bo‘limlarning har biri kod parchalaridir. O‘ngdagi oq joy ish joyi deb nomlanadi va
biz bu yerda dasturimizni yaratamiz.
Boshlab olish uchun, siz bo‘limlaringizni sabzirang "when run" bo‘limiga bog‘lashingiz kerak. Siz ko‘plab bo‘limlarni
sariq chiziq paydo bo‘lmaguncha
tortib olib kelib qo‘yish orqali bir-biriga bog‘lashingiz mumkin, va
shunda ular birgalikda joylashib qoladi.
Bu birinchi bosqotirmada, bizning aktyorimiz pingvin va biz uni say bo‘limini olib kelib,
uni when run bo‘limiga bog‘lab hamda "Hello" deb yozish orqali "Hello" deb aytadigan qilamiz.
Biz yana pingvinni move right va move left bo‘limlari yordamida harakatlanidigan ham qila olamiz.
Bo‘limlaringizni joylashtirib olganingizdan so‘ng, nimani dasturlashtirganingizni ko‘rish uchun run button tugmasini bosing. Boshladik
va oxirigacha siz o‘zaro ta’sirlasha oladigan, xursand yoki xafa bo‘la oladigan, ball yig‘a oladigan yoki olovli to‘plarni uloqtira oladigan yoki
hattoki bir-biriga zarar yetkazadigan barcha turdagi o‘yinchilar bilan o‘z o‘yiningizni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bularning barchasi sizga va siz qanday o‘yin yaratmoqchi ekanligingizga bog‘liq.