Butun hayotimiz davomida bizni nima sog’lom va xursand qiladi? O’ylab ko’ringchi, yoruq kelajakingiz uchun o’z kuch va vaqtingizni nimalagra sarflagan bo’lar edingiz? Yaqinda bo’lib o’tgan so’rovlar natijasiga qarasak, Millenium avlodining 80 foizi hayotlaridagi eng asosiy maqsad, bu hayotlarida boylikkar ega bo’lishdir. Qolgan yoshlarning 50%i uchun esa, hayotdagi eng asosiy maqsad, bu mashxur bo’lish ekan. (Kulgi) Bizga har doim ko’proq ishlash, tirishish va katta etishuvlavga harakat qilish kerakligi haqida ta'kidlashadi. Bizda shunga harakat qilsak, yaxshiroq hayot kechiramiz, degan taassurot tu’giladi. Hayotning to’la rasmi inson qilgan qarorlari va ular qilgan qarorlarning oqibatlari taassurotiga esa, amalda yetib ham bo’lmaydi. Insoniyat hayoti to’g’risidagi aksariyat bilimlar, inson o’tmishi haqidagi xotirasiga bog’langan. Lekin xotiraga 100% ishonish mumkin emasligini hammamiz bilamiz. Biz o’tmishda bo’lgan ko’p narsalarni esdan chiqazamiz va ba’zan xotiralar boshqacha bo'lib qolishlari mumkin. Agarda bizda, hayotni butunlay qanday o’tyapganini ko’rishga imkoniyatimiz bo’lgandachi? Insonlarning o’smirlikdan boshlab, to qariylik chog’igacha kuzatish imkoniyatimiz bo’lgandachi, ularni nima rostdan ham sog’lom va baxtli qilishini ko’ra olsakchi? Biz buni qila oldik. Garvardning Kattalar Rivojlanishi bo’yicha o’tkazgan tadqiqotni, eng uzoq muddatli tadqiqot sifatida ko’rib chiqish mumkin. 75 yil davomida biz, 724 erkak kishining hayotini kuzatdik. Yildan yilga ularga ish to’g’risida, shaxsiy hayot va so’gliqlari haqida savollar berdik, lekin ularning hayoti qanday shakllanishini bilmas edik. Bunday tadqiqotlar juda kam bo’ladi. Deyarli barcha, shunga o’xshash loyihalar o’n yil ham davom etmaydi, chunki, ishtirokchilarning ko’pchligi ketganligi tufayli, yoki mablag’ bilan ta’minlashning tugashi tufayli, yoki ishtirokchilar qiziqishi o'zgaradi, yoki o’limlari tufayli, izdoshlari yo’qligi paytida tugaydi. Lekin baxtli tasodiflar va tadqiqotchilarning bir nechta avlodi tirishqoqligi tufayli, bu loyiha oxirgacha ish yuritdi. Bizning 724 erkak kishidan 60 tasi haligacha tirik va loyihada qatnashishni davom etishyapti. Ko’pchiligi 90 yoshdan oshgan. Endi esa biz, shu insonlarning 2000 dan ortiq bolalari orqasidan, kuzatishni boshlayapmiz. Men shu loyihaning 4-rahbariman. 1938 yildan boshlab, 2 guruhga bo’lingan, erkak kishilarning hayotini kuzatmoqdamiz. Birinchi guruh ishtirokchilari, loyiha boshida, Garvardning 2 kurs talabalari edilar. Ular o’qishni, Ikkinchi Jahon Urushi paytida bitirishgan va ularning ko’pchiligi urushda qatnashishgan. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa, Bostonning eng kambag’al tumanlarida tug'ilib-o'sishgan. O'rganish uchun tanlangan bolalar asosan Bostonning 1930-yillardagi eng noxush va e’tibordan chetda qolgan oilalarga mansub ekanligi sababli tanlanishgan. Ularning aksariyati suvsiz bo’lgan ijaraga olingan xonadonda yashar edilar. Loyihani boshlashdan oldin, barcha yigitlar bilan suhbat o’tkazildi. Barcha yigitlar tibbiy ko'rikdan o’tishdi. Biz ularning uyiga kelib, ota-onalari bilan suhbatlashdik. Keyin esa bu yigitlar ulg’ayishdi, o’zining xilma-xil taqdirlari bilan. Ular zavod xodimlari, huquqshunoslar, shifokorlar va quruvchilar bo’lishdi, bittasi hatto AQSH Prezidenti bo’ldi! Kimdir alkogolik bo’ldi. Ba’zilari esa shizofreniya bilan kasal. Ba’zilari ijtimoiy o’sish bo’yicha pastdan eng tepaga harakat qilishdi, ba’zilari esa qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilishdi. Loyihaning asoschilari hatto eng sirli orzularida ham, men bugun 75 yil o'tib, shu yerda turib, loyiha hali ham ish yuritmoqdaligini haqida aytib berishimni, tasavvur ham qilisha olishmagan. Har ikki yil, bizning sabrli va o’z ishiga sodig bo’lgan xodimlarimiz, bizning ishtirokchilarimizga telefon qilib, hayotlari haqida anketa yuborsak bo'ladimi deb so'rashadi. Boston markazida yashuvchi yigitlarning ko’pchiligi so'rashadi: Nima uchun meni kuzatishni davom etyapsiz? Hayotimda qiziqarli hech narsa yo’q. Garvad bitiruvchilari bu kabi savolni berishmaydi. (Kulgi) Ularning hayotlari haqida aniqlik kiritish uchun, biz nafaqat ularga anketa yuboramiz. Biz ular bilan ularning uylarida suhbatlashamiz. Shifokorlardan bemorning tibbiy kitobchalarini olamiz. Ular qon topshirishadi, ularning miyasini tekshiramiz bolalari bilan suhbat qilamiz. Biz ular xotinlari bilan, eng chuqur tashvishlari suhbatini videoga yozamiz. Nihoyat, o’n yil oldin biz, ularning xotinlariga, loyihada ishtirok etishni taklif qilganimizda, ularning ko’pchiligi “Nihoyat taklif qildila!” deyishdi. (Kulgi) Demak, biz nimani o’rgandik? Ularning hayoti to’g’risidagi, minglab sahifalarda yig’ilgan axborotlardan qanday natijalarga biz ega bo’ldik? Demak, bu natijalar boylik yoki shuhrat va ko’proq ishlash kerak ekanligida emas. Balki 75 yillik tadqiqotlardan so’ng, bizga ma'lum bo'lgan eng yorqin fikr bu: yaxshi munosabatlar bizni sog’lomroq va baxtliroq qilishadi. Bo’ldi. Biz munosabatlar haqida uchta asosiy saboqni o’rganib oldik. Birinchidan – odamlar bilan munosabatlar biz uchun juda foydali, yolg’izlik esa o’ldiradi. Shunisi ma’lum bo’ldiki, oilasi, do’stlari va jamiyat bilan aloqasi kuchli bo’lgan insonlar, yolg’izlikni tanlagan insonlardan, baxtliroq, jismonan sog’lom va uzoqroq umr ko’rishar ekan. Yolg’izlik o’zi esa, insonni zaharlashi mumkinligi aniqlandi. O’zining niyatisiz boshqa insonlardan, ko’proq ajralgan odamlar, yolg’iz emas insonlarga ko’ra, o’zini baxtsizroq his qilishadi, yosh paytlarida salomatligi tezroq yomonlashadi, miya harakati sekinlashi boshlanadi va hayoti qisqaroq bo’lishi kuzatildi. Eng achinarli narsa shundaki, qachon so’rashingizdan qat’iy nazar, beshtadan kamida bitta amerikalik sizga, men yolg’izman deb javob beradi. Biz bilamizki, insonlar olomonda ham, turmush hayotda ham yolg’iz bo'lishadi, shunday qilib, biz bilib olgan 2 saboq: bu do'stlaringiz qanchaligida emas, yoki doimiy juftungiz borligi haqida emas, balki yaqinlaringiz bilan orangizdagi munosabatlaringiz sifatidadir. Mojaro holatida yashas, bizning sog’ligimizga juda zararli ekan. Masalan, sevgi va muhabbat yetishmaydigan ixtilofli oilalar, insonning sog’ligiga juda zararlidir, balki ajralishdan ham ta’siri kattaroq. Yaxshi ruhiy muhitdagi hayot esa, biz uchun himoya hisoblanadi. Bizning ishtirokchilarimizning yoshi 80 dan oshgandan so’ng, biz orqaga nazar tashlashga qaror qildik, kim baxtli va sog’lom 80 yasharlik kishi bo’ladi va kim bo’la osmasligini, bashorat qila olarmidik degan savol tug’ildi. Biz ishtirokchilarimizning 50 yashar paytlaridagi barcha ma’lumotlarni yig’ib, ular keksayib qanday bo’lishlari, ularning u yoshdagi xolesterin darajasi bog’liq emas. Balki ularning munosabatlari qanday rivojlanishiga bog’liq. 50 yoshda munosabatlari bilan mamnun bo’lgan insonlar, 80 yoshda sog’lomroq bo’lishar ekan. Yaxshi va yaqin munosabatlar, bizni taqdir zarbalari va keksalikdan himoya qiluvchi qalqon kabi bo’lar ekan. 80 yoshdan oshgan eng baxtli juftliklar, bizga shunday deyishgan, hatto eng qattiq jismoniy og’riqlar paytlarida ham, ular yaxshi kayfiyatda qolishar ekan. Lekin, baxtsiz munosabatda bo'lgan insonlar esa, jismoniy og’riqlar paytida, hissiy og’riq ularga qo’shilib, ularning azobi kuchayar ekan. Biz munosabatlar va sog’liq haqidagi o’zlashtirib olgan 3-saboqimiz, yaxshi munosabatlar nafaqat tanamizni himoyalaydi, balki miyamizni ham himoyalaydi Shu narsa aniqlandiki, 80 yoshdan so’ng, mustahkam va ishonchli munosabatlarda bo'lish, siz uchun himoya bo'ladi, boshqa insonga qiyin paytlarda tayana oladigan munosabatlarda bo'lgan insonlarning xotirasi yaxshiroq saqlanib qolinishi ma'lum bo'ldi. Va boshqa insonga qiyin paytlarda tayana olmaydigan munosabatlarda bo'lgan insonlarda xotira bilan muammolar ancha oldin sodir bo’ladi. Shu bilan birga, yaxshi munosabatlar, har doim beg’uborlik degani emas. 80 yoshdan oshgan ba’zi juftliklarimizda, kecha va kunduz janjal davom etishi mumkin, lekin, modomiki ular, bir-birlarini qo’llab-quvvatlashni davom etishsa, bunday janjallar ularning xotirasiga, katta zarar yetkazib bera olmasligi ma'lum bo'ldi. Asosiy fikr shundaki, yaxshi va yaqin munosabatlar, salomatlik va yaxshi kayfiyat garovidir, ha, bu donolik dunyo kabi eskidir. Nima uchun buni o’zlashtirish qiyin, e’tiborsiz qoldirish esa oson? Chunki biz oddiy odammiz. Biz hayotimizni yaxshilaydigan va uni shunday qoldiradigan qisqa va tez muddatli echimlarni afzal ko’ramiz. Lekin munosabatlarda hech qanday kafolat yo’q, ular juda murakkab va sizdan har doim oila va do’stlaringiz uchun harakatni talab qilashadi. Bu butun umr ishidir. Va buning oxiri yo’q. Bizning 75 yillik tadqiqotimizda, o’z hamkasblarini do'st qilgan ishtirokchilarimiz, nafaqaga chiqqan eng baxtli insondirlar. Huddi Millenium avlodi orasida o’tkazilgan so’rovlarga kabi, ishtirokchilarimizning yoshlik paytida ko’pchiligi, ulg’aygan paytlarida, boylik, shuhrat va ulkan muvaffaqiyatlar, ularga baxtli hayot uchun eng kerakli narsa deb, chin dildan ishonishar edi. Lekin 75 yil davomida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, do’stlari, oilasi va yaqin insonlari bilan mustahkam munosabatlar qurish yaxshiroq ekanligi, bizga qayta-qayta isbot bo’ldi. Siz nima deb o’ylaysiz? Aytaylik, hozir siz 25, 40 yoki 60 yoshdasiz. Siz uchun munosabatlarga kuch sarflamoq nimani anglatadi? Imkoniyatlar esa deyarli cheksiz. Bu ekran yonida o’tirishning o’rniga, boshqa insonlar bilan vaqt o’tkazish, yoki munosabatlarni yangilash uchun qiziq fikrlar o’ylab topish: ko’chada aylanish yoki kechki uchrashuvdir, yoki uzoq vaqtdan beri gaplashmagan qarindoshga telefon qilish, chunki hammamizga ma’lumki, bunday narsalar, ko’pincha oilalardagi kelishmovchiliklar sababi bilan bo’ladi. Men Mark Tvenning so’zlari bilan yakunlamoqchiman. Bir asrdan oldin, u o’z o’tgan hayotiga qarab, shunday yozgan edi: “Vaqt yo’q – umr juda qisqa, fitnalikka, avf etishga, safro va javobga da’vad qilishga. Sevish uchun faqat vaqt bor, lekin, shunga ham bir zum bor”. Yaxshi hayot faqat yaxshi munosabatlar orqali quriladi. Rahmat. (Qarsaklar).