Butun hayotimiz davomida bizni
nima sog’lom va xursand qiladi?
O’ylab ko’ringchi, yoruq kelajakingiz
uchun o’z kuch va vaqtingizni
nimalagra sarflagan bo’lar edingiz?
Yaqinda bo’lib o’tgan so’rovlar
natijasiga qarasak,
Millenium avlodining 80 foizi
hayotlaridagi eng asosiy maqsad,
bu hayotlarida boylikkar ega bo’lishdir.
Qolgan yoshlarning 50%i uchun esa,
hayotdagi eng asosiy maqsad,
bu mashxur bo’lish ekan.
(Kulgi)
Bizga har doim ko’proq ishlash, tirishish
va katta etishuvlavga harakat qilish
kerakligi haqida ta'kidlashadi.
Bizda shunga harakat qilsak,
yaxshiroq hayot kechiramiz,
degan taassurot tu’giladi.
Hayotning to’la rasmi
inson qilgan qarorlari va
ular qilgan qarorlarning oqibatlari
taassurotiga esa,
amalda yetib ham bo’lmaydi.
Insoniyat hayoti to’g’risidagi
aksariyat bilimlar,
inson o’tmishi haqidagi
xotirasiga bog’langan.
Lekin xotiraga 100% ishonish mumkin
emasligini hammamiz bilamiz.
Biz o’tmishda bo’lgan ko’p
narsalarni esdan chiqazamiz
va ba’zan xotiralar boshqacha
bo'lib qolishlari mumkin.
Agarda bizda, hayotni butunlay
qanday o’tyapganini ko’rishga
imkoniyatimiz bo’lgandachi?
Insonlarning o’smirlikdan boshlab,
to qariylik chog’igacha
kuzatish imkoniyatimiz bo’lgandachi,
ularni nima rostdan ham sog’lom
va baxtli qilishini ko’ra olsakchi?
Biz buni qila oldik.
Garvardning Kattalar Rivojlanishi bo’yicha
o’tkazgan tadqiqotni, eng uzoq muddatli
tadqiqot sifatida ko’rib chiqish mumkin.
75 yil davomida biz, 724 erkak
kishining hayotini kuzatdik.
Yildan yilga ularga ish to’g’risida,
shaxsiy hayot va so’gliqlari
haqida savollar berdik,
lekin ularning hayoti qanday
shakllanishini bilmas edik.
Bunday tadqiqotlar juda kam bo’ladi.
Deyarli barcha, shunga o’xshash loyihalar
o’n yil ham davom etmaydi,
chunki, ishtirokchilarning ko’pchligi
ketganligi tufayli,
yoki mablag’ bilan ta’minlashning
tugashi tufayli,
yoki ishtirokchilar qiziqishi o'zgaradi,
yoki o’limlari tufayli,
izdoshlari yo’qligi paytida tugaydi.
Lekin baxtli tasodiflar va
tadqiqotchilarning bir nechta avlodi
tirishqoqligi tufayli,
bu loyiha oxirgacha ish yuritdi.
Bizning 724 erkak kishidan 60 tasi
haligacha tirik va loyihada
qatnashishni davom etishyapti.
Ko’pchiligi 90 yoshdan oshgan.
Endi esa biz, shu insonlarning
2000 dan ortiq bolalari orqasidan,
kuzatishni boshlayapmiz.
Men shu loyihaning 4-rahbariman.
1938 yildan boshlab, 2 guruhga bo’lingan,
erkak kishilarning hayotini kuzatmoqdamiz.
Birinchi guruh ishtirokchilari,
loyiha boshida, Garvardning
2 kurs talabalari edilar.
Ular o’qishni, Ikkinchi
Jahon Urushi paytida bitirishgan
va ularning ko’pchiligi
urushda qatnashishgan.
Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa,
Bostonning eng kambag’al
tumanlarida tug'ilib-o'sishgan.
O'rganish uchun tanlangan bolalar
asosan Bostonning
1930-yillardagi eng noxush va
e’tibordan chetda qolgan oilalarga
mansub ekanligi sababli tanlanishgan.
Ularning aksariyati suvsiz bo’lgan
ijaraga olingan xonadonda yashar edilar.
Loyihani boshlashdan oldin,
barcha yigitlar bilan suhbat o’tkazildi.
Barcha yigitlar tibbiy ko'rikdan o’tishdi.
Biz ularning uyiga kelib,
ota-onalari bilan suhbatlashdik.
Keyin esa bu yigitlar ulg’ayishdi,
o’zining xilma-xil taqdirlari bilan.
Ular zavod xodimlari, huquqshunoslar,
shifokorlar va quruvchilar bo’lishdi,
bittasi hatto AQSH Prezidenti bo’ldi!
Kimdir alkogolik bo’ldi.
Ba’zilari esa shizofreniya bilan kasal.
Ba’zilari ijtimoiy o’sish bo’yicha
pastdan eng tepaga harakat qilishdi,
ba’zilari esa qarama-qarshi
yo’nalishda harakat qilishdi.
Loyihaning asoschilari
hatto eng sirli orzularida ham,
men bugun 75 yil o'tib, shu yerda turib,
loyiha hali ham ish yuritmoqdaligini
haqida aytib berishimni,
tasavvur ham qilisha olishmagan.
Har ikki yil, bizning sabrli va o’z ishiga
sodig bo’lgan xodimlarimiz,
bizning ishtirokchilarimizga
telefon qilib,
hayotlari haqida anketa yuborsak
bo'ladimi deb so'rashadi.
Boston markazida yashuvchi
yigitlarning ko’pchiligi so'rashadi:
Nima uchun meni kuzatishni davom etyapsiz?
Hayotimda qiziqarli hech narsa yo’q.
Garvad bitiruvchilari bu kabi
savolni berishmaydi.
(Kulgi)
Ularning hayotlari haqida
aniqlik kiritish uchun,
biz nafaqat ularga anketa yuboramiz.
Biz ular bilan ularning
uylarida suhbatlashamiz.
Shifokorlardan bemorning
tibbiy kitobchalarini olamiz.
Ular qon topshirishadi,
ularning miyasini tekshiramiz
bolalari bilan suhbat qilamiz.
Biz ular xotinlari bilan, eng chuqur
tashvishlari suhbatini videoga yozamiz.
Nihoyat, o’n yil oldin biz,
ularning xotinlariga, loyihada
ishtirok etishni taklif qilganimizda,
ularning ko’pchiligi
“Nihoyat taklif qildila!” deyishdi.
(Kulgi)
Demak, biz nimani o’rgandik?
Ularning hayoti to’g’risidagi, minglab
sahifalarda yig’ilgan axborotlardan
qanday natijalarga
biz ega bo’ldik?
Demak, bu natijalar boylik yoki shuhrat
va ko’proq ishlash kerak ekanligida emas.
Balki 75 yillik tadqiqotlardan so’ng,
bizga ma'lum bo'lgan eng yorqin fikr bu:
yaxshi munosabatlar bizni
sog’lomroq va baxtliroq qilishadi. Bo’ldi.
Biz munosabatlar haqida
uchta asosiy saboqni o’rganib oldik.
Birinchidan – odamlar bilan munosabatlar
biz uchun juda foydali,
yolg’izlik esa o’ldiradi.
Shunisi ma’lum bo’ldiki,
oilasi, do’stlari va jamiyat bilan
aloqasi kuchli bo’lgan insonlar,
yolg’izlikni tanlagan insonlardan,
baxtliroq, jismonan sog’lom va
uzoqroq umr ko’rishar ekan.
Yolg’izlik o’zi esa,
insonni zaharlashi mumkinligi aniqlandi.
O’zining niyatisiz boshqa insonlardan,
ko’proq ajralgan odamlar,
yolg’iz emas insonlarga ko’ra,
o’zini baxtsizroq his qilishadi,
yosh paytlarida salomatligi
tezroq yomonlashadi,
miya harakati sekinlashi boshlanadi
va hayoti qisqaroq bo’lishi kuzatildi.
Eng achinarli narsa shundaki,
qachon so’rashingizdan qat’iy nazar,
beshtadan kamida bitta amerikalik sizga,
men yolg’izman deb javob beradi.
Biz bilamizki, insonlar olomonda ham,
turmush hayotda ham
yolg’iz bo'lishadi,
shunday qilib, biz bilib olgan
2 saboq:
bu do'stlaringiz qanchaligida emas,
yoki doimiy juftungiz borligi haqida emas,
balki yaqinlaringiz bilan orangizdagi
munosabatlaringiz sifatidadir.
Mojaro holatida yashas,
bizning sog’ligimizga juda zararli ekan.
Masalan, sevgi va muhabbat
yetishmaydigan ixtilofli oilalar,
insonning sog’ligiga juda zararlidir,
balki ajralishdan ham ta’siri kattaroq.
Yaxshi ruhiy muhitdagi hayot esa,
biz uchun himoya hisoblanadi.
Bizning ishtirokchilarimizning yoshi
80 dan oshgandan so’ng,
biz orqaga nazar tashlashga qaror qildik,
kim baxtli va sog’lom
80 yasharlik kishi bo’ladi va kim bo’la
osmasligini, bashorat qila olarmidik
degan savol tug’ildi.
Biz ishtirokchilarimizning
50 yashar paytlaridagi
barcha ma’lumotlarni yig’ib,
ular keksayib qanday bo’lishlari,
ularning u yoshdagi xolesterin
darajasi bog’liq emas.
Balki ularning munosabatlari
qanday rivojlanishiga bog’liq.
50 yoshda munosabatlari bilan
mamnun bo’lgan insonlar,
80 yoshda sog’lomroq bo’lishar ekan.
Yaxshi va yaqin munosabatlar,
bizni taqdir zarbalari
va keksalikdan himoya qiluvchi
qalqon kabi bo’lar ekan.
80 yoshdan oshgan eng baxtli juftliklar,
bizga shunday deyishgan,
hatto eng qattiq jismoniy
og’riqlar paytlarida ham,
ular yaxshi kayfiyatda qolishar ekan.
Lekin, baxtsiz munosabatda
bo'lgan insonlar esa,
jismoniy og’riqlar paytida,
hissiy og’riq ularga qo’shilib,
ularning azobi kuchayar ekan.
Biz munosabatlar va sog’liq haqidagi
o’zlashtirib olgan 3-saboqimiz,
yaxshi munosabatlar nafaqat
tanamizni himoyalaydi,
balki miyamizni ham himoyalaydi
Shu narsa aniqlandiki,
80 yoshdan so’ng,
mustahkam va ishonchli munosabatlarda
bo'lish, siz uchun himoya bo'ladi,
boshqa insonga qiyin paytlarda
tayana oladigan munosabatlarda
bo'lgan insonlarning
xotirasi yaxshiroq saqlanib qolinishi
ma'lum bo'ldi.
Va boshqa insonga
qiyin paytlarda tayana olmaydigan
munosabatlarda bo'lgan
insonlarda xotira bilan muammolar
ancha oldin sodir bo’ladi.
Shu bilan birga, yaxshi munosabatlar,
har doim beg’uborlik degani emas.
80 yoshdan oshgan ba’zi juftliklarimizda,
kecha va kunduz
janjal davom etishi mumkin, lekin,
modomiki ular, bir-birlarini
qo’llab-quvvatlashni davom etishsa,
bunday janjallar ularning xotirasiga,
katta zarar yetkazib bera olmasligi
ma'lum bo'ldi.
Asosiy fikr shundaki,
yaxshi va yaqin munosabatlar,
salomatlik va yaxshi kayfiyat garovidir,
ha, bu donolik dunyo kabi eskidir.
Nima uchun buni o’zlashtirish qiyin,
e’tiborsiz qoldirish esa oson?
Chunki biz oddiy odammiz.
Biz hayotimizni yaxshilaydigan va
uni shunday qoldiradigan
qisqa va tez muddatli echimlarni
afzal ko’ramiz.
Lekin munosabatlarda hech
qanday kafolat yo’q,
ular juda murakkab va sizdan har doim
oila va do’stlaringiz
uchun harakatni talab qilashadi.
Bu butun umr ishidir.
Va buning oxiri yo’q.
Bizning 75 yillik tadqiqotimizda,
o’z hamkasblarini do'st qilgan
ishtirokchilarimiz, nafaqaga chiqqan
eng baxtli insondirlar.
Huddi Millenium avlodi orasida
o’tkazilgan so’rovlarga kabi,
ishtirokchilarimizning yoshlik paytida
ko’pchiligi,
ulg’aygan paytlarida, boylik, shuhrat
va ulkan muvaffaqiyatlar,
ularga baxtli hayot uchun eng kerakli
narsa deb, chin dildan ishonishar edi.
Lekin 75 yil davomida o’tkazilgan
tadqiqotlar natijasida,
do’stlari, oilasi va yaqin insonlari bilan
mustahkam munosabatlar qurish
yaxshiroq ekanligi, bizga
qayta-qayta isbot bo’ldi.
Siz nima deb o’ylaysiz?
Aytaylik, hozir siz 25, 40
yoki 60 yoshdasiz.
Siz uchun munosabatlarga kuch
sarflamoq nimani anglatadi?
Imkoniyatlar esa deyarli cheksiz.
Bu ekran yonida o’tirishning o’rniga,
boshqa insonlar bilan vaqt o’tkazish,
yoki munosabatlarni yangilash uchun
qiziq fikrlar o’ylab topish:
ko’chada aylanish
yoki kechki uchrashuvdir,
yoki uzoq vaqtdan beri gaplashmagan
qarindoshga telefon qilish,
chunki hammamizga ma’lumki,
bunday narsalar,
ko’pincha oilalardagi kelishmovchiliklar
sababi bilan bo’ladi.
Men Mark Tvenning so’zlari
bilan yakunlamoqchiman.
Bir asrdan oldin,
u o’z o’tgan hayotiga qarab,
shunday yozgan edi:
“Vaqt yo’q – umr juda qisqa,
fitnalikka, avf etishga, safro
va javobga da’vad qilishga.
Sevish uchun faqat vaqt bor,
lekin, shunga ham bir zum bor”.
Yaxshi hayot faqat yaxshi
munosabatlar orqali quriladi.
Rahmat.
(Qarsaklar).