QOZOQFILM
QOLDIRG'OCHNING DUMI
NEGA AYRI?
(Qozoq Ertagidan)
Rejissor - A.Haydarov
Kompozitor - N.Tlendiev
Podshohlarning boshlarini olgan,
Tog'larning toshlarini talqon qillgan,
Ajdarho umr suribdi,
Hukmdor bo'lib ko'p yil turibdi.
Yillardan yillar o'tgannda,
Qarilik ildamlab kelganda,
Olldingi g'ayrati so'nibdi,
Ajdarho bir dardga yo'liqibdi.
Umrining oxirgi damlarida,
Ajdarho esiga oldi,
Qudratli kuchli damlarini,
Ezib tashlagan boshlarini,
Yamlamay yutgan kezlarini,
Yanchib tashlagan vaqtlarini.
Ajdarho ozib ketdi,
Tanasida kuch qolmadi, tinka madori quridi.
A'yonlari shoshib qoldi,
Nima qilishini bilmasdan boshi qotti.
Adrning ortida jarlik bor edi,
U jarlikda ayyor tulki bor edi.
Uning kasallarni tuzatadigan,
Hunari bor edi.
Bemorning oldiga kelgan tulki,
Uning tomirini ushlab ko'radi.
Shirin qon izlab topsangiz,
Sizning podshohingiz tuzaladi debdi.
Har qilni amallarni qilib,
Baliqning suyagini o'shanga soladi.
Agar solinngan qon baliqqa jon ato etsa,
O'sha qon podshohga ham malham bo'ladi.
Bigiz tumshuqli chivin bor edi,
Uning ichgani faqat qon edi.
Kelishi bilan ishga kirishib,
Qo'liga idishni olib jo'nadi.
Chivinday mal'un zolimga,
Yomonlik yasash qiyinmi?
Beshikda yotgan norasida,
Eng beg'ubor jon emasmi?
Shunday deb chaqdi bolani,
Bola yig'lab qoldi.
Qonni idishga solibdi,
Baliqqa jon kiribdi.
Ajdaho tomonga yo'l oldi,
Ajdaho shuni olibdi.
Qaytadan xalqni qon qiladi,
Dunyoni ostin ustun qiladi.
Zolimlikka qarshi bo'lgan,
Bir qaldirg'och bor edi.
Bu ko'rgilikni eshitib,
Uning yuragi kuyundi.
Chivinni ortidan qidirib,
Qirlardan qirlarga oshibdi.
Ajdahoga yetkizmay,
Uning qo'lidagini yo'q qilmoqchi bo'libdi.
Zulmning ko'zin o'ymoqchi,
Chivinni yutib qo'ymoqchi.
Xatarsiz kurash qayda bor?
Qaldirg'ochning ajdarho,
Dumini yo'lib olibdi,
Ayrilik shundan qolibdi.
Shunday qilib buyon nozik qaldirg'och,
Bo'lsa ham kuchsiz va holsiz,
Erlik jasoratini ko'rsatib,
Odamning jonini qutqarib qolibdi.
FILM TUGADI