Kod soati | Raqs bazmi: Bazm boshlandi
Tabriklar!
Siz hozirgina kompyuter ilmi asoslarini o‘rgandingiz.
Endi siz bu bo‘limlar yordamida do‘stlaringiz bilan ulashish uchun
o‘zingiz xohlagan dizayndagi
raqs bazmini yarata olasiz.
Agar siz uskunalar qutisiga qarasangiz,
siz oldin ko‘rmagan yangi bo‘limlarni topasiz.
Misol uchun, siz raqqoslarni ekrandagi turli xil yo‘llar bo‘ylab
tartiblash uchun layout bo‘limidan foydalanishingiz mumkin.
Atrofga nazar soling va bu yangi bo‘lim va xususiyatlar bilan tajriba qilib ko‘rishga harakat qiling.
O‘zingizning sevimli qo‘shig‘ingizga mos raqs yaratasizmi?
Yoki do‘stlaringiz bilan raqsga tushasizmi?
Yoki birdaniga barchasini qilasizmi?
Darsning so‘nggida
siz yaratgan narsa havolasini do‘stlaringiz bilan ulasha olasiz.
Tasavvuringizni kengaytiring va shunchaki zavqlaning!